O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat universiteti


 Markaziy banklarning mustaqillik shkalasi. AQSH Federal



Yüklə 3,95 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə132/179
tarix12.10.2023
ölçüsü3,95 Mb.
#130066
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   179
12594 2 F73689EE6175CBCB594F6BEABC06D737E9CA1955

15.2. Markaziy banklarning mustaqillik shkalasi. AQSH Federal 
zaxira tizimining mustaqillik darajasi. 
Sanoati 
rivojlangan 
mamlakatlar 
Markaziy 
banklari 
mustaqilligining ob`ektiv omillariga baho berishda quyidagi 
mezonlarni kiritish mumkin: 


245 

Markaziy bank kapitalida va foydani taqsimlashda davlatning 
ishtiroki; 

bank rahbarlarini tayinlash (saylash) dagi tartib va ularning 
faoliyat ko`rsatishi muddati hamda davlat tomonidan milliy bankning 
faoliyatini nazorat qilish shakli; 

Markaziy bank vazifalarini aniqlashning qonunchilikda 
yoritilish darajasi; 

Markaziy bank rahbariyati qarorini davlat organlari qrnatilgan 
qonun bilan tqxtatishini yoki davlatning umumiqtisodiy yo`nalishi 
bilan Markaziy bankning pul-kredit doirasidagi tadbirlarni tartibga 
solishning mavjudligi; 

mamlakat Markaziy bankining davlat xarajatlarini tqg’ri va egri 
moliyalashtirishini tartibga soluvchi qoidaning mavjudligi va uning 
shakllari. 
Markaziy bankning kapitalida va foydasini taqsimlashda 
davlatning ishtiroki omili Markaziy bank iqtisodiy mustaqilligining 
qanchalik darajadaligini ko`rsatadi. Lekin bu qaramlik ikkilamchi rol’ 
o`ynaydi, chunki Markaziy bankning kapitali tqg’ridan-tqg’ri davlatga 
tegishli bo`lmasa ham, qonunchilikda ma`lum sharh (izoh) mavjud 
bo`ladi. Agar mavjud bo`lmasa, davlat egri usullardan foydalanadi. 
Misol qilib, Avstriya Milliy banki haqidagi qonunni olaylik. Bu 
bank xuddi hissador jamiyati shaklida tuzilgan va faoliyat 
ko`rsatmoqda (Markaziy bankning 50 foiz kapitali Federatsiyaga, 
qolgan 50 foizi kapitali avstriyalik huquqiy va jismoniy shaxslarga 
tegishli). Markaziy bank kapitaliga faqat Moliya vazirligidan ruxsat 
olgan huquqiy va jismoniy shaxslargina ulush qqsha olish huquqiga 
egadirlar. 
Pay (ulush) meros (vorislik) orqali qtishi yoki Moliya Vazirligi 
ruxsati bilan sotilishi mumkin. SHu orqali davlat bilvosita nazoratni 
amalga oshirishi mumkin. 
Bundan tashqari, Markaziy bankning funktsiya va vazifalari 
qonunda ko`rsatilgan. SHu sababli ulush egalari yig’ilishi 
chegaralangan masalalarnigina echa oladi. Albatta, bu masalalar 
bankning iqtisodiy siyosati bilan to`g’ridan-to`g’ri bog’liq bo`lmaydi. 
SHunday qilib, mamlakat Markaziy bankining kapitalida 100 
foizi davlatning ishtiroki - ko`proq Markaziy bank salohiyatiga va 
an`analariga hamda ulush egalariga ham bog’liq. Misol tariqasida 


246 
AQSHning Federal Rezerv Tizimini va Germaniyaning Federal 
bankini ko`rsatish mumkin. Ikkala Markaziy bank jahonda eng 
mustaqil markaziy banklar sifatida tan olingan. SHunday bo`lsa-da, 
Nemis Federal bankining 100 foiz kapitali Federatsiyaga, Federal 
Rezerv Tizimi kapitali esa, 100 foiz a`zo-banklarning to`liq mulkiga 
tegishli. Va aksincha, banklar va sug’urta kompaniyalarining mulkiga 
tegishli bo`lgan Italiya Markaziy banki davlat boshqaruv organlariga 
qaramdir. 
Bu omilning tahlilidan kqrinadiki, markaziy banklar kapitali 
egalarining tarkibidan qat`iy nazar, ular uning pul-kredit siyosatidagi 
mustaqilligiga ahamiyatli ta`sir ko`rsata olmaydi. 
Markaziy bankning mustaqilligi darajasini belgilovchi keyingi 
omil, bank rahbarining saylanish tartibi hisoblanadi. 
Bu omil Markaziy bankning davlat organlari boshqaruvidan 
qanchalik darajada siyosiy mustaqilligini belgilashda muhim omil 
bo`lib hisoblanadi. Birinchi qarashda, mamlakatlar o`rtasidagi farq 
faqat Markaziy bankning boshqaruv lavozimiga nomzodlarni kim 
tavsiya etishida namoyon bo`ladi. Ko`pgina rivojlangan davlatlarda
YAponiya, AQSH, Avstriya) bank rahbariyatiga xukumat tavsiya 
etgan nomzodlar saylanadi yoki tayinlanadi. 
Markaziy banklarning raislari va boshqaruv a`zolarini qonun 
bo`yicha ishdan olish tartibi ham qiziqarli holatda rasmiylashtirilgan. 
Ko`pgina sanoati rivojlangan mamlakatlar (Germaniya, Buyuk 
Britaniya, YAponiya, AQSH, Daniya, Avstriya, SHveytsariya va 
Gollandiya)ning markaziy banklar raislarini, boshqaruv a`zolarini 
saylangan 
muddatlaridan 
ilgari 
ishdan 
bqshatib 
bo`lmaydi. 
Xukumatga yuqoridagi davlatlarga nisbatan qaramroq bo`lgan 
markaziy banklar bunga kirmaydi (Italiya, Frantsiya). 
Markaziy bankning siyosiy mustaqilligini ko`rsatuvchi uchinchi 
omil, uning qonunda ko`rsatilgan faoliyati darajasi va maqsadlari 
hisoblanadi. Bu omil bir tomondan, Markaziy bank faoliyatini 
erkinligiga chegara qqysa, boshqa tomondan, uning qonunda 
ko`rsatilgan vakolatlarini aniqlaydi. 
Bir qator mamlakatlarda, masalan, AQSH, SHvetsiya, Buyuk 
Britaniya va Italiyada Markaziy bank vazifalarining ta`rifi qonunda 
qayd etilmagan yoki umumiy holda ko`rsatilgan, xolos. SHunday 
bo`lsa ham, ikkala guruhda juda mustaqil va shu bilan birga qaramroq 
bo`lgan markaziy banklar bordir. 


247 
SHunday qilib, bu omilning ta`sirini faqat Markaziy bankning 
tashkil topishi sharoiti va urf-odatlar tahlili bilangina kqrish mumkin. 
Markaziy bankning vazifa va maqsadlari qonunda aniqlanish omili 
shu sababli ikkinchi darajali rol’ qynaydi. 
Markaziy bank mustaqilligining belgilovchi omillardan biri, uning 
pul-kredit siyosatiga davlat organlarining aralashishini qonun bo`yicha 
qanchalik darajada qrnatil-ganligidadir. Bu omil birinchi galda 
Markaziy bankning siyosiy mustaqilligiga ta`sir ko`rsatadi. 
Mustaqillik darajasi nisbatan past bo`lgan markaziy banklarga 
Frantsiya va Italiya markaziy banklarini misol qilib ko`rsatish 
mumkin. 
Bu davlatlarda pul-kredit siyosati yo`nalishini xukumat belgilashi 
qonun bilan mustahkamlangan. Markaziy bank esa, xukumat 
ko`rsatmalarini bajaradi va unga maslahatchi vazifasini o`taydi. 
Ikkinchi jahon urushi davridan boshlab Frantsiya banki Moliya 
Vazirligi 
qaramog’idadir. 
Pul 
bozoridagi 
interventsiyaning 
tashabbuskori ham, nemis markasiga nisbatan frantsuz franki kursini 
ushlash masalasi hamda Evropa Hamjamiyati bozorining tashkil 
topishida valyuta operatsiyalarini tartibga solishda ham xukumat 
ishtirok etmoqda. 
Albatta, Frantsiya Markaziy banki tomonidan xukumatning pul-
kredit siyosatini tartibga solishdagi harakatini qoralab chiqishlar 
bo`ldi. Masalan, 1982 yilda Markaziy bank Moliya Vazirligi talabiga 
binoan xukumatning kreditlayotgan summa miqdorini oshirishdan 
bosh tortdi. Biroq, Raisga qarshi tazyiq (siquv)lar bo`ldi va Frantsiya 
banki odatdagidek, Moliya Vazirligi ko`rsatmasiga bo`ysinishga 
majbur bo`ldi. 
AQSHning Federal Rezerv Tizimidan farqli ravishda Nemis 
Federal banki parlamentga hisobot bermaydi, u o`zfaoliyati vakolatini 
“Nemis Federal banki haqida”gi qonunga muvofiq amalga oshiradi. 
SHveytsariya, Italiya, SHvetsiya va Daniyada xukumatni 
kreditlash hajmini chegaralash rasman mavjud emasligi, ular markaziy 
banklarining bu mezon bo`yicha davlatga qattiq qaramliklarini 
ko`rsatadi. 
SHular orqali, tahlil qilingan besh omil ichidan uch asosiy 
(aniqrog’i: 2,4,5) va ikki qo`shimcha (1 va 3) omilni ajratish mumkin. 
Markaziy bankning xukumat boshqaruv organlaridan mustaqilligini 
belgilovchi asosiy ob`ektiv omillarga: 

bank rahbarini saylash va ishdan ozod qilish tartibi; 


248 

pul-kredit siyosatiga davlatning aralashishi huquqi; 

xukumatni 
Markaziy 
bank 
tomonidan 
kreditlash 
chegaralanganligining mavjudligi va qat`iyligini ajratib ko`rsatish 
mumkin. 
Markaziy bank kapitalida davlat ulushini va qonunchilikda 
Markaziy bankning maqsadi va vazifalarini aniq belgilanganligi 
yuqoridagi tahlildan ko`rinib turibdiki, u Markaziy bank mustaqilligi 
darajasini belgilashda hal qiluvchi rol’ o`ynamaydi va ular ikkilamchi 
omillar bo`lib hisoblanadilar. 
YUqorida qayd etilganlar asosida xulosa qilish mumkinki, 
rivojlangan mamlakatlar markaziy banklari o`zlarini mustaqil ta`sir 
o`tkaza oladigan institut sifatida ko`rsatishlari zarur. Bu bir tomondan, 
ularga qonun asosida ruxsat etilgan vositalar yordamida iqtisodiyotni 
tartibga solishni amalga oshirish huquqini beradi, boshqa tomondan 
esa, Milliy bank va pul tizimi manfaatlarining ximoyachisi sifatida 
maydonga chiqadi. 
SHu munosabat bilan Markaziy bankning iqtisodiyotni tartibga 
solish jarayonidagi va umuman iqtisodiyotdagi mavqeini, shuningdek, 
mamlakat xukumati bilan o`zaro munosabatlarini tahlil qilar ekanmiz, 
uning pul-kredit tizimi va xukumat organlari o`rtasida oddiy vositachi 
emasligini, balki ma`lumot, tadqiqot, tartibga soluvchi va nazorat 
qiluvchi markaz ekanligini alohida ta`kidlashni istardik. 
Biroq, mamlakat pul-kredit sohasidagi Markaziy bankning 
mustaqillik darajasi 
masalasi hanuzgacha 
munozarali bo`lib 
qolmoqda. Milliy pul birligi qadrini oshirish bilan bog’liq chora-
tadbirlar faqatgina pul-kredit sohasiga tegishli emas, balki u yaxlit 
butun iqtisodiyotga ta`sir qtkazadi, bu esa har qanday darajadagi 
iqtisodiy siyosat bilan kelishishni va davlatning barqarorlashtirish 
dasturi doirasidan chetga chiqmaslikni taqozo etadi. Bundan tashqari, 
Markaziy bankning mustaqillik darajasi ko`pgina makroiqtisodiy 
ko`rsatkichlarga faqat bilvosita ta`sir ko`rsatadi. 

Yüklə 3,95 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   179




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin