O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat universiteti



Yüklə 3,95 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə40/179
tarix12.10.2023
ölçüsü3,95 Mb.
#130066
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   179
12594 2 F73689EE6175CBCB594F6BEABC06D737E9CA1955

2.4. Zamonaviy monetarizm nazariyasi. 
AQSHning Chikago Universiteti professori Xalqaro Nobel
mukofoti sohibi Fridmen XX asrning 70-yillarida yaratdi. II jahon
urushidan 
keyin 
AQSHda 
J.M.Keynsning 
pul 
kredit
konsepsiyasinining qabul qilinishi AQSH iqtisodiyotini 1960-
yillarga qadar inqirozsiz rivojlantirish imkonini berdi. 
60- yillarga kelib Keynsning konsepsiyasi AQSHda ishlamay
qoldi. Ya`ni past va barqaror foiz stavkalari sharoitida ishsizlik
darajasi oshib ketdi. Inflyatsiyaning yillik darajasi 10 % ga yetdi. 
Maydonga M.Fridmen chiqdi. U aytadiki: AQSHdagi
hozirgi inqiroz holati pullar taklifining keskin ko`payganligi bilan
bog’liq. Shuning uchun pul massasining o`sish sur`atlarini nazorat
ostiga olishimiz kerak. U taklif qildi. Pul massasining o`sishi 3-5 
% darajasida bo`lishi kerak. Agar pul massasining yillik o`sish
massasi 3 % dan ortiq bo`lsa, bu pul massasining o`sish suratini
sekinlashishiga olib keldi. Agar pul massasining yillik o`sishi 5 % 
dan yuqori bo`lsa mamlakatda inflyatsiya kuchayadi. Fridmen
ushbu taklifini amaliyotda qabul qilinishi AQSHda inflyatsiya
yillik darajasini bir yil ichida 10 % dan 5 % ga tushirish
imkonini berdi. 
1978 - yillarda AQSH kongresi AQSH federal zaxira tizimiga
M2 yoki M3 agregatlarini nazorat qilish vazifasini yukladi.


47 
Hozirgi kunda AQSH markaziy banki M3, O`zekiston M2 pul
agregatini nazorat qiladi.
Fridmen Markaziy bankning pullar taklifini tartibga solish 
imkoniyatiga qattiq ishonadi. U aytadiki, mamlakat bank tizimidagi 
ortiqcha pullarni Markaziy bankning ochiq bozor siyosati orqali olib 
qo`yish mumkin. Fridmen tijorat banklarining kredit ekspansiyasini 
jilovlash kerak degan g’oyani ilgari surgan. Uning fikricha banklar 
iqtisodiyotni haddan tashqari ko`p miqdorda kreditlab yuborishi 
mumkin, shu sababli Fridmen tijorat banklarining depozitlariga 100 % 
li majburiy zaxira qo`llash taklifini bergan. 
Shunday qilib, klassik miqdoriy nazariya uchun uchta qoida: 1) 
sabablilik (narxlar pullarning massasiga bog’liq bo`ladi); 2) 
mutanosiblik (narxlar pullar miqdoriga mutanosib ravishda o`zgaradi) 
3) universallik (pullar miqdorining o`zgarishi hamma tovarlarning 
narxlariga bir xilda ta`sir qiladi) xos bo`lgan. Pullar shakllarining 
rivojlanishiga qarab pullar massasi turli xildagi miqdordan iborat 
bo`ladi va nafaqat naqd pullarni, shu bilan birga turli shakllardagi 
bank omonatlarini ham o`z ichiga oladi. Narxlari turli tusda oshib 
boradigan tovarlarning har xil guruhlari ham pul massasining 
ko`payishiga turlicha munosabatda bo`ladi. Shuning uchun pullarning 
miqdoriy 
nazariyasining 
shundan 
keyingi 
rivojlanishi 
unga 
ekonometrik tahlil apparati va narxlar bo`yicha mikroiqtisodiy 
elementlarining qo`shilishi bilan bog’liq. Siyosiy iqtisod matematik 
maktabining yirik vakili, Xalqaro iqtisodiy jamiyat asoschilaridan biri 
va uning birinchi prezidenti (1931-1933) Irving Fisher (1867-1947) 
pullarning miqdoriy nazariyasini zamonaviylashtirishga katta hissa 
qo`shdi. U «Pullarning xarid qilish kuchi. Uning belgilanishi kredit, 
foizlar va tanazzullarga munosabati» asarida (1911) pullar massasi 
bilan 
tovarlar 
narxlari 
darajasi 
o`rtasidagi 
bog’liqlikni 
formallashtirishga harakat qilgan. Tovarlar uchun to`langan pullar 
soni va sotilgan tovarlar narxlari summasi teng bo`lgani uchun buni 
I.Fisher tarozi bilan o`xshatmoqchi bo`ladi. Matematik shaklda 
ayirboshlash tenglamasini quyidagi formula shaklida tasavvur etish 
mumkin:

Yüklə 3,95 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   179




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin