40
2-MODUL. PUL NAZARIYALARI
1.
Pulning metallilik nazariyasi.
2.
Pulning nominallik nazariyasi.
3.
Pulning miqdoriylik nazariyasi.
4.
Zamonaviy monetarizm nazariyasi.
2.1.Pulning metallilik nazariyasi
Pulning metallik nazariyasi bu turli davlatlarda turli tadqiqotchilar
tomonidan aytilgan ilmiy qarashlarning jamlanmasi bo`lib, ular pul
sifatida faqat oltin va kumushni ko`rdilar va ular jamiyat boyligining
manbai deb hisobladilar. Pul va uning sotib olish quvvati orasidagi
munosabat pul nazariyalarining markaziy masalalaridan biri bo`lib
kelgan. Xullas, iqtisodchilarning pulning mohiyati, uning funktsiyalari
va pul muomalasiga bo`lgan qarashlari pul nazariyalarini keltirib
chiqardi. Ilk tarixiy pul nazariyalari sifatida
nominallik va metallik
nazariyalarni keltirish mumkin. Kapitalizm taraqqiyoti bilan birga bu
nazariyalar ham o`zgarib yangi, miqdoriy nazariyaning paydo
bo`lishiga asos bo`ldi.
Pul nazariyalari - pul tabiati va pulning ishlab chiqarishni
shakllantirishga ta`siri haqidagi nazariyalardir. Bu nazariyalar
kapitalistik ishlab chiqarish usuligacha bo`lgan davrda vujudga keldi.
Kapitalistik
ishlab chiqarish usuli davrida, pul-tovar munosabatlari
xo`jalik sohasining hamma tarmoqlarini qamrab olgan davrdagina pul
nazariyasi keng tarqaldi. Pulning metallilik nazariyasi XVI asrda
fransuz olimi Nikolo Orezme tomonidan nazariya sifatida
shakllantirildi. Keyinchalik angliyalik iqtisodchi olimlar U.Stefford,
T.Men, P.Nors, CHayld, Fransiyada A.Monkreten, Germaniyada
U.YUst; Italiyada G.Skaruffi, F.Galiyani tomonidan rivojlantirildi.
Pulning metallilik nazariyasi merkantilizm g’oyalariga
asoslanadi.
Merkantilizm – dunyo tarixidagi
birinchi iqtisodiy maktab
hisoblanadi. Merkantilistlar 2 yirik guruhga bo`linadi:
1.
Ilk merkantilistlar.
2.
So`nggi merkantilistlar.
41
Ilk merkantilistlar - aktiv pul balansi degan g’oyani ilgari
suradilar. Ularning fikriga ko`ra oltin va kumush o`z tabiatiga
ko`ra pul hisoblanadi. Har bir jamiyatning boyligi uning oltin va
kumush zaxiralari bilan belgilanadi. Aktiv pul balansi - deganda
oltin va kumushning har doim mamlakatga
kirib kelish miqdori
ularni mamlakatdan chiqib ketish miqdoridan katta bo`lishi
tushiniladi. Ilk merkantilistlar davlat protektsionizm siyosatini
qo`llash shart deb hisoblaydilar. Ular aytadiki, davlat mamlakatdan
oltin va kumush pullarni chiqib ketishini to`sqinlik qilishi zarur.
So`nggi merkantilistlar pulning asosiy funktsiyasi bu jamg’arish
funktsiyasi deb hisoblaydilar. XVI asrning ikkinchi yarimidan XVII
asr oxiriga qadar Yevropada so`nggi merkantelistlarning qarashlari
hukmron g’oyaga aylandi. So`nggi merkantelistlarning eng taniqli
vakili Tomas Men hisoblanadi. T.Men ilk merkantalistlardan farqli
ravishda pulning muhimligi jamiyat boyligining
manbai ekanligida
emas balki mamlakat ichidagi tovarlar va pullarning harakatiga
ta`siridadir degan xulosaga keldi.
T.Men birinchi bo’lib metallilik nazariyasiga yangilik kiritdi.
Ushbu yangilik quyidagilardan iborat:
1.
Mamlakat savdo balansi ijobiy saldoga ega bo`lganda
tovarlarni import qilish mumkin.
2.
Agar mamlakat uchun foydali bo`lsa, oltin va kumushni
xalqaro savdoni rivojlantirish uchun ishlatish mumkin.
Tomas Men aytadiki pul savdoni yaratadi, savdo esa pulni
ko`paytiradi. Tomas Men birinchi bo`lib
umumiy savdo balansi
degan tushunchani kiritgan.
So`nggi merkantalistlar umumiy savdo balansi g’oyasini ilgari
surdilar. Bungacha xususiy savdo balanslari mavjud edi. Ular
mamlakatning alohida olingan bitta mamlakat bilan savdo
munosabatlarini aks ettirar edi.
Merkantilistlar oltin va kumush tangalarni yemirilib ketishini
tan olmaganlar. Lekin amaliyot ko`rsatadiki oltin va kumush
tangalar ishqalanish xususiyatiga ega. Ushbu tangalar vaqt o`tishi
bilan o`z vaznining bir qismini yo`qotadi,
natijada ayirboshlash
munosabatlarida notenglik holati yuzaga keladi. VIII asrga kelib
metall tangalarning yemirilishi isbotlandi. Shuningdek, birinchi jahon
urushi ta`sirida Yevropada oltin standarti bekor bo`ldi.
42
Dastlab merkantilistlar Adam Smit va Jorj Styuard tomonidan
qattiq tanqidga uchradi. Ushbu olimlarning fikriga ko`ra pul
jamiyatning boyligi emas, balki shartli hisob birligidir. Pullar
baho masshtabi sifatida ayirboshlash munosabatlarini ifoda etadi.
Taniqli iqtisodchi olimlar P.Samuelson , J.Key
metall pullar
muomalasini inkor etganlar.
Dostları ilə paylaş: