O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat universiteti



Yüklə 3,95 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə35/179
tarix12.10.2023
ölçüsü3,95 Mb.
#130066
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   179
12594 2 F73689EE6175CBCB594F6BEABC06D737E9CA1955

ikkinchi ustivor 
vazifa – pul 
qadrsizlanishining keskin ravishda kamaytirish bilan bevosita 
bog’liqdir.
Pulning barqarorligi deganda 
pulning sotib olish 
qiymatining 
o`zgarmasligi va valyuta doimiyligi 
tushuniladi. Shunga asosan uni 
sotib olish qobiliyati unga to`g’ri keladigan tovar va xizmatlarning 
miqdori 
bilan, pulga bo`lgan talab va taklifni muvozanati bilan, 
davlat byudjeti taqchilligining holati bilan, inflyatsiyaga qarshi 
ko`riladigan choralarga ko`p jihatdan bog’liq.
Pulning yana bir xususiyati bu uning yuqori likvidlik 
darajasidir. Pul eng likvid aktivdir, chunki u egasi tomonidan barcha 
majburiyatlarni oddiy o`tkazma yoki hisobvaraqlarga yozish orqali 
to`lash uchun foydalanishi mumkin. 
Naqd pullar (tangalar, xazina yozuvlari, banknotalar) mutlaq 
likvidlikka 
ega 
va 
naqd 
pulsiz 
(likvidlik 
bo`yicha 
bank 
hisobvaraqlaridagi mablag’lar) likvidligi pastroq. 
Pul – bu maxsus tovar, umumiy ekvivalent bo`lib, abstrakt 
mehnat xarajatlarini o`zida aks ettiradi va tovar xo`jaligidagi ijtimoiy 
ishlab chiqarish munosabatlarini ifodalaydi.
Bu ta`rif pulni quyidagi xususiyatlarini o`zida ifodalaydi: 
1. Pulning boshqa tovarlardan ajralib turuvchi maxsus 
tovarligi. 
2. Pul – bu umumiy ekvivalent – yagona tovar bo`lib qolgan 
tovarlar qiymatini o`zida ifoda qilishi. 
3. Pulning ekvivalent sifatida tovarni yaratishga ketgan mehnat 
va boshqa xarajatlarni o`zida ifoda qilishi. 


39 
4. Pulning har bir iqtisodiy tizimda, tovar ishlab chiqarishda
kishilar o`rtasidagi yuzaga keladigan iqtisodiy munosabatlarni ifoda 
qilishi va boshqalar (pulda ifodalanuvchi xususiy mehnat ijtimoiy 
mehnat sifatida namoyon bo`lishi). 
Pulni 
jamg’arish 
jarayonida 
odamlar 
ijtimoiy 
munosabatlarining moddiylashgan shakli bo`lgan umumiy ekvivalent 
sifatida yuzaga chiqdi. 
Zamonaviy pulning mohiyati uchta xususiyatning birligida 
ifodalanadi: 
1) to`g’ridan-to`g’ri almashinish xususiyati; 
2) konvertatsiya xususiyati; 
3) umum qabul qilingan. 
Pulda ushbu xususiyatlar birligining mavjudligi pul bilan naqd 
pulsiz to`lov vositalarining (veksellar, cheklar, bank kartalari) bir –
biridan farqidir


Yüklə 3,95 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   179




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin