6.15-rasm. Manba:
Markaziy bank hisob-kitoblari.
Inflyatsion kutilmalar indeksi – kelgusida kutilayotgan inflyatsiya
darajasini aniqlash bo`yicha berilgan savollarga respondentlar
tomonidan belgilangan barcha javoblarning balanslashtirish usuli
orqali umumlashtirilgan ko`rsatkichi. Indeks diapazoni 0 dan, barcha
respondentlar narxlar pasayishini ko`rsatgan taqdirda, 1000 gacha,
barcha respondentlar narxlar yuqori darajada oshishini kutayotganda.
134
2018 yil iyun oyidan boshlab aholi va tadbirkorlik sub`ektlarining
inflyatsion kutilmalari oshishi kuzatildi. Bu qishloq xo`jalik
mahsulotlari narxlarining mavsumiy o`sishi, ish haqi va kommunal
to`lovlar tariflari oshishi bo`yicha kutilmalar bilan izohlanadi. Bundan
tashqari, 2018 yil avgust oyidan boshlangan milliy valyuta kursining
deval’vatsiyasi kutilmalarning oshishiga o`z hissasini qo`shdi.
Umuman korxonalarning inflyatsion kutilmalari aholinikiga nisbatan
ijobiyroq bo`ldi, ya`ni sentyabrdagi so`rovlar natijalariga ko`ra, ular
jismoniy shaxslarga nisbatan narxlarning kamroq oshishini kutishgan.
Xususan, yuridik shaxslarning 48 foizi narxlar o`sishi keyingi 12 oy
ichida 13 foizdan oshmasligini ko`rsatgan bo`lsa, shunday
kutilmalarga ega jismoniy shaxslarning ulushi 42 foizni tashkil etdi (-
rasm).
Inflyatsion kutilmalar, o`z navbatida, iqtisodiy agentlarning
narxlar darajasiga bo`lgan ishonchini aks ettirib, ularning iste`mol
talabi shakllanishiga ta`sir etadi. SHu bilan birga, inflyatsion
kutilmalarga asoslanib aholi o`z jamg’armalarini tasarruf qiladi.
Jumladan, yuqori inflyatsion kutilmalar jamg’armalarni iste`molga
sarflashga yoki jamg’arma o`rnini bosuvchi boshqa yuqori likvidli
tovarlar xaridiga yo`naltirishga rag’bat uyg’otib, shu yo`l bilan
iste`molga bo`lgan talabni orttiradi. SHuningdek, yuqori inflyatsion
kutilmalar sharoitida aholi jamg’armalarini qadrsizlanishdan saqlash
maqsadida ularni xorijiy valyutaga ayirboshlashi iqtisodiyotning
dollarlashuv darajasining oshishiga olib keladi.
So`rov natijalariga ko`ra, hozirgi vaqtda respondentlarning yarmi
o`zlarining jamg’armalarini tadbirkorlikka yo`naltirishga tayyorligini,
boshqa qismi esa jamg’armalarini joriy iste`molga sarflashini
bildirgan Bu bilvosita respondentlarning inflyatsiyaning kelgusi
dinamikasi borasida ikkilanayotganliklarini va iqtisodiyotda kelgusi
narxlar darajasi bo`yicha noaniqliklar mavjudligini ko`rsatadi.
Bunda jamg’armalarning tadbirkorlik maqsadida ishlatilishi
iqtisodiy faollikka ijobiy ta`sir ko`rsatib, kelgusida yalpi taklif
oshishiga yordam beradi. Ushbu jarayon bilan bir vaqtda investitsion
talabning kengayishi qisqa muddatli istiqbolda inflyatsiya o`sishiga
olib kelishi mumkin, ammo uzoq muddatli istiqbolda unumdorlik va
ishlab chiqarish hajmi oshishiga xizmat qiladi. SHu bilan birga,
ta`kidlash joizki, o`z jamg’armalarini banklarda saqlashni ma`qul
ko`ruvchi respondentlar ulushi tobora ko`payib bormoqda, bu esa
135
bank depozit foiz stavkalari jozibadorligi va aholining bank tizimiga
ishonchi ortib borayotganini aks ettiradi.
Dostları ilə paylaş: |