Йиллик инфляция ва унинг таркиби ўзгариши динамикаси
(
фоизда, ўтган йилнинг мос ойига нисбатан)
indeksatsiyalanishi, davlat sektorida ish o`rinlari ko`payishi va boshqa
xarajatlar oshishi asosiy omil bo`ldi.
SHuningdek, ushbu davrda uy xo`jaliklari xarajatlari deflyatori
dinamikasi iste`mol narxlari indeksi o`zgarishiga mos bo`ldi. Qayd
etish joizki, davlat tashkilotlari xarajatlari deflyatori oshib borishi
kelgusida iste`mol narxlarining oshishiga olib kelishi taxmin
qilinmoqda.
Iste`mol narxlari indeksi
Inflyatsiyani amaliyotda ifodalashda keng qo`llaniladigan
ko`rsatkich iste`mol narxlari indeksi (INI) hisoblanadi. 2018
yildan boshlab O`zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo`mitasi
iste`mol narxlari indeksini hisoblashda o`zgarmas vazn usulidan
foydalanmoqda. Iste`mol narxlari indeksi kundalik iste`mol tovar va
xizmatlari narxlarini o`zida aks ettirgani sababli inflyatsiyani
yaqqolroq namoyon etadi. Mamlakatimizda 2018 yilning birinchi
yarim yilligida nisbatan yuqori inflyatsion bosim kuzatildi, bu asosan
aprel’-may oylarida yoqilg’i-energetika mahsulotlari narxlarining
oshirilishi, o`tgan yilga nisbatan ob-havoning nisbatan qurg’oqchil
kelishi va o`tgan yillarda inflyatsiya bazasining pastligi bilan
izohlanadi (3-rasm).
6.10-rasm. Manba: Davlat statistika qo`mitasi ma`lumotlari asosida
Markaziy bank hisob-kitoblari.
124
Bunda so`m almashuv kursining mustahkamlanishi, mintaqadagi
davlatlar bilan savdo iqtisodiy aloqalar jadallashishi, shuningdek,
import hisobiga bozorlarning ijtimoiy ahamiyatga ega ayrim
mahsulotlar
bilan
to`yinganligi
inflyatsiya
sur`ati
yanada
tezlashishining oldini olishga ma`lum darajada xizmat qildi.
Yoz
oylarida
meva-sabzavot
mahsulotlarining
sezilarli
arzonlashishi hisobiga keyingi oylarda yillik inflyatsiya darajasi
pasayib bordi. Agar 2017 yilning iyun’-avgust oylarida meva-
sabzavotlar narxlari oshishi inflyatsiyani keltirib chiqaruvchi asosiy
omil (drayveri) bo`lib, ularning umumiy inflyatsiyadagi hissasi
o`rtacha 5 foiz bandni tashkil etgan bo`lsa, 2018 yilning mos davrida
ushbu ko`rsatkich 0,6 foiz bandni tashkil etdi. 2018 yil boshidan
nooziq-ovqat tovarlar va xizmatlarning iste`mol narxlari o`sishidagi
hissasi tobora ko`payib borayotgan bir vaqtda, oziq-ovqat
mahsulotlarining hissasi, aksincha, kamaydi.
6.11-rasm. Manba: Davlat statistika qo`mitasi ma`lumotlari
asosida Markaziy bank hisob-kitoblari.
Shunga qaramasdan, 2018 yilning birinchi yarmida oziq-ovqat
narxlarining o`sish sur`ati yuqori bo`lib (yillik hisobda 20
foizdan ortiq), bunga asosan ichki bozorda mazkur mahsulotlar
taklifining kamayishi ta`sir ko`rsatdi (4-rasm). Noqulay ob-havo
sharoiti ta`sirida mahalliy go`sht mahsulotlari va guruchning taklif
125
hajmi etarli darajada bo`lmaganligi ular narxlarining o`sishiga olib
keldi. Ozuqa narxlari oshishi hisobiga chorvachilik xarajatlari
ko`payishi go`sht narxiga qo`shimcha bosim ko`rsatayotganligi
kuzatilmoqda.
Mazkur davrda oziq-ovqat mahsulotlari narxlari shakllanishiga
go`sht mahsulotlari narxi oshishi sezilarli ta`sir ko`rsatdi. Xususan,
2018 yilning yanvar’-sentyabr oylarida mol go`shti va qo`y go`shti
narxi yillik hisobda mos ravishda 28,8 va 27,3 foizga qimmatlashdi.
Ularning umumiy oziq-ovqat mahsulotlari narxlari o`sishdagi oylik
hissasi 2017 yilning mos davriga nisbatan 3,1 foiz bandga oshib,
o`rtacha 7,6 foiz bandni tashkil etdi. Ichki bozorlarda go`shtning narxi
chegaradosh mamlakatlardagi o`rtacha narxlar darajasiga etganligi
sababli go`shtning ichki taklifi etishmovchiligi go`sht mahsulotlari va
chorva mollarining importi hisobiga qisman qoplana
boshlandi. Xususan, 2018 yilning yanvar-sentyabr oylarida go`sht
mahsulotlari va chorva mollarining importi 2017 yilning shu davriga
nisbatan mos ravishda 81,6 va 43,5 foizga oshdi.
Bundan tashqari, oziq-ovqat mahsulotlari qimmatlashishining
yana bir omili ularning faol savdo-sotiq olib borilayotgan qo`shni
davlatlar narxlari bilan moslashishi bo`ldi. Xususan, O`zbekiston ichki
bozorlarida meva-sabzavotlar narxlarining nisbatan past bo`lganligi
sababli, ushbu mahsulotlarga chegaradosh respublikalarda yuqori talab
shakllanmoqda.
Tashqi savdoni erkinlashtirish sharoitida mahalliy mahsulotlar
eksportining (asosan meva-sabzavotlar) sezilarli darajada o`sishi ichki
bozorlarda
ushbu
mahsulotlar
narxlarining
tashqi
narxlarga
moslashishiga olib keladi. 2018 yilning yanvar’- sentyabr’ oylarida
meva-sabzavot mahsulotlari eksporti 2017 yilning mos davriga
nisbatan 47,7 foizga yoki 205 mln. AQSH dollariga oshgan. Mazkur
davrda jami oziq-ovqat mahsulotlari eksportida meva-sabzavotlar
ulushi 77 foizni tashkil etdi.
SHuningdek, 2018 yilda, oldingi yillardan farqli o`laroq, shakar,
kartoshka va o`simlik yog’i narxlari barqaror bo`ldi va inflyatsiyaga
deyarli ta`sir ko`rsatmadi. Xususan, 2018 yilning sentyabr’ oyida
shakar narxi yillik hisobda 5,8 foizga arzonlashgan bo`lsa, 2017
yilning mos oyida uning narxi 29,8 foizga qimmatlashgan edi. Bu
ijobiy dinamika ushbu bozorda raqobat muhiti yaxshilangani va jahon
bozorlarida shakar narxi pasaygani hisobiga vujudga keldi. Bunda
126
2018 yilning yanvar’-sentyabr’ oylarida shakar import qilish hajmi
2017 yilning mos davriga nisbatan 2,5 foizga oshdi.
2018 yilning III choragida oziq-ovqat mahsulotlari narxlarining
yoz mavsumida meva-sabzavotlar sezilarli darajada arzonlashishi
hisobiga o`sish sur`atining sekinlashishi mavsumiy omillar ta`sirida
bir maromda qayta tiklanmoqda. SHu bilan birga, joriy yilda qishloq
xo`jaligida kuzatilgan suv tanqisligi sabzavotlarning kuzgi hosili
bozorlarga kirib kelishi hajmida va ularning narxlarida aks etmoqda.
Nooziq-ovqat
tovarlari
narxlari
dinamikasi
o`zgarishi,
odatdagidek, oziq-ovqat mahsulotlari narxlariga nisbatan past bo`lib,
2018 yilning mart oyida 19,5 foizgacha tezlashishdan so`ng
bosqichma-bosqich pasayib bordi. 2018 yilning yanvar’-sentyabr’
oylarida nooziq-ovqat mahsulotlari narxlarining o`sishida kurilish
materiallarining hissasi sezilarli bo`ldi. Bunda asosiy kapitalga
yo`naltirilgan investitsiyalar hajmi 2017 yilning mos davriga nisbatan
sezilarli darajada oshib, mazkur investitsiyalarning qariyb yarmi
qurilish-montaj ishlari uchun sarflanganligi qurilish materiallariga
bo`lgan yuqori talabni vujudga keltirdi.
2018 yilning iyul-avgust oylarida nooziq-ovqat tovarlari
narxlarining oshishi tezlashishiga ko`mir, propan, engil avtomobillar
va kantselyariya mollari narxlari oshishi ham katta ta`sir ko`rsatdi.
Joriy yilning birinchi yarmida inflyatsion bosimning pasayishiga
xizmat qilgan import narxlari, ikkinchi yarim yillikda so`mning
almashuv kursi qadrsizlanishi va chegaradosh davlatlardan maishiy
texnikani bojsiz olib kirishga joriy qilingan yangi cheklovlar nooziq-
ovqat tovarlari narxlariga salbiy ta`sir ko`rsatmoqda.
2018 yilning yanvar’-may oylarida xizmat ko`rsatish sohasidagi
inflyatsiya, asosan, kommunal xizmatlar tariflarining oshishi
sharoitida o`sish tendentsiyasiga ega bo`ldi. Xususan, aprel’ oyida
xizmatlar inflyatsiyasining birinchi keskin ko`tarilishi, asosan, elektr
energiyasi va tarmoqli tabiiy gaz tariflari oshishi hisobiga kuzatildi.
May oyida yoqilg’i-energetika mahsulotlari qimmatlashganidan keyin
isitish va suv ta`minoti tariflari oshirildi. 2018 yilning iyun’-avgust
oylarida yillik xizmatlar inflyatsiyasi dinamikasi sekinlashdi, ammo
sentyabr’ oyida oliy ta`lim muassasalarida shartnoma asosida o`qish
uchun to`lovlarning sezilarli darajada oshirilishidan so`ng u yana
tezlashdi.
127
2018 yilda xizmatlarning umumiy inflyatsiyadagi hissasi oldingi
yillarga
nisbatan
oshayotganligi
kuzatilmoqda.
Xususan,
xizmatlarning inflyatsiyadagi oylik hissasi 2018 yilning yanvar’-
sentyabr’ oylarida o`rtacha 2,5 foiz bandini tashkil etdi, 2017
yilning mos davrida esa ushbu ko`rsatkich 1,9 foiz bo`lgan. Ushbu
tendentsiya tartibga solinadigan narxlarning erkinlashtirilishi fonida,
birinchi navbatda, yoqilg’i-energetika va monopol korxonalar narxlari
erkinlashtirilishi va bozor narxlari hamda xizmatlar tariflarining bunga
mos ravishda to`g’rilanishi hisobiga yuz berdi.
Ma`muriy tartibga solinadigan narxlar
2018 yilning 9 oyida ma`muriy tartibga solinadigan mahsulot va
xizmatlar narxlarini erkinlashtirish jarayoni davom etayotganligi
sababli ularning o`rtacha narxi umumiy inflyatsiyadan farqli o`laroq
faqatgina o`suvchi trendga ega bo`ldi. Bunda tartibga solinadigan
narxlarning shakllantirilishi diskretsion (nobozor, hech qanday
qonuniyatga bo`ysunmaydi) xususiyatliligi hisobiga ularning o`sishi
yuqori tezlikka ega ekanligi va keskin tebranuvchanligi bilan boshqa
narxlar o`zgarishidan farq qiladi.
Xususan, aprel’-may oylarida kommunal xizmatlar tariflari,
sentyabr’ oyida birinchi navli un narxi va noyabr’ oyida elektr
energiyasi, tabiiy gaz va benzin narxlari oshirildi hamda sentyabrda
qolipli non narxini erkinlashtirish bo`yicha harakatlar boshlandi.
Buning
natijasida
tartibga
solinadigan
narxlarning
yillik
inflyatsiyadagi hissasi 2017 yil dekabriga nisbatan 2 barobarga
ortdi (5-rasm).
Ta`kidlab o`tish joizki, kelgusi 2-3 yil davomida tartibga
solinadigan narxlarning erkinlashishi iqtisodiyotda inflyatsion
bosimning saqlanib turishiga sabab bo`ladi. Kelgusida ularning
inflyatsiyadagi hissasi kamayishi davlat ulushi mavjud monopol
korxonalarni
isloh
qilish
bo`yicha
chora-
tadbirlarning
samaradorligiga bog’liq bo`ladi. Tartibga solinadigan narxlarning
erkinlashtirilishi iqtisodiyotdagi nomutanosibliklarni kamaytirish
uchun zarur chora hisoblanadi. Birinchidan, u nisbiy narxlarning
to`g’rilanishiga imkon yaratadi. Hozirgi vaqtda mahalliy yoqilg’i-
energetika mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarning amaldagi ichki
narxlari mintaqa bo`yicha o`rtacha qiymatdan past, bu esa ushbu
resurslardan samarasiz foydalanishga olib kelmoqda va ishlab
chiqaruvchilar moliyaviy holatiga sezilarli ta`sir ko`rsatmoqda.
|