129
yuritishdagi imkoniyatlari cheklanib qoladi. INI tarkibida tartibga
solinadigan narxlar ulushi qancha ko`p bo`lsa, pul-kredit siyosati
transmission mexanizmining samaradorligi shuncha past bo`ladi,
chunki bu narxlar Markaziy bankning xatti-harakatlari va bozor
jarayonlaridan ta`sirlanmaydi. Hozirgi vaqtda INI savati tarkibida
tartibga solinadigan narxlar ulushi 18 foizni tashkil etadi.
Bazaviy inflyatsiya
Bazaviy inflyatsiya iqtisodiyotdagi
davomiy inflyatsion trendni
yaqqolroq ifodalovchi ko`rsatkich bo`lib, qisqa muddatli, mavsumiy
yoki doimiy tarzda o`zgarib turuvchi narxlar bilan bog’liq
o`zgarishlarni (shoklarni) inobatga olmaydi. Markaziy bank bazaviy
inflyatsiyani tartibga solinadigan narxlar hamda meva-sabzavot
mahsulotlarining narxlarini iste`mol
narxlari indeksi savatidan
chiqarib tashlash yo`li bilan hisoblaydi. Ushbu yondashuv bilan pul-
kredit siyosati choralariga ta`sirchan narxlar dinamikasini kuzatib
borish mumkin.
Bazaviy inflyatsiya ko`rsatkichi 2018 yilning mart oyida eng
yuqori darajaga chiqib, keyingi oylarda sekinlashib, sentyabrda 15,5
foizni tashkil etdi (6-rasm). Bazaviy inflyatsiyaning sekinlashishi
ayrim nooziq-ovqat tovarlari narxlarining o`sish
tendentsiyalari
pasayishi hisobiga vujudga keldi.
6.13-rasm. Manba: Davlat statistika qo`mitasi ma`lumotlari
asosida Markaziy bank hisob-kitoblari.
130
Bundan tashqari, yillik bazaviy inflyatsiyaning yuqori darajasi
iqtisodiyotda uzoq vaqt davomida sekin-asta kamayib boradigan
turg’un inflyatsion jarayonlarning saqlanib qolayotganidan dalolat
beradi. Bazaviy inflyatsiyaning sekin
pasayishiga olib keladigan
omillardan biri tartibga solinadigan narxlar oshirilishining ikkilamchi
ta`siridir.
Shu bilan birga, 2017–2018 yillarda bazaviy inflyatsiyaning
qiymati bir necha barobar ortishi bilan birga uning tarkibida ham
sezilarli o`zgarishlar kuzatildi (6-rasm).
Jumladan, 2017 yilning boshida bazaviy inflyatsiyaning 28
foizi
oziq-ovqat mahsulotlari va 56 foizi nooziq-ovqat mahsulotlari
narxlari oshishi evaziga shakllangan bo`lsa, 2018 yilning
sentyabr’ oyiga kelib oziq-ovqat mahsulotlari ulushi 51 foizga,
nooziq-ovqat mahsulotlari ulushi 38 foizga teng bo`ldi. Ushbu davrda
bazaviy inflyatsiyada oziq-ovqat tovarlaridan go`sht mahsulotlarining
hissasi katta bo`ldi. Xususan, 2018 yilning boshida mazkur
guruhning hissasi avvalgi yil boshiga nisbatan 6 barobarga oshib,
5 foiz bandni tashkil etdi va sentyabr’ oyiga kelib 3
foiz bandgacha
pasaydi. Nooziq-ovqat tovarlaridan kiyim- kechak va qurilish
mollarining hissalari keskin oshdi. 2018 yilga kelib, kiyim-kechak va
oyoq kiyimlar hissasi 2 barobarga oshgan bo`lsa, qurilish mollarining
bazaviy inflyatsiyadagi hissasi 2017 yilning boshiga nisbatan 6
barobargacha oshdi.
Dostları ilə paylaş: