www.ziyouz.com kutubxonasi
3
MUALLIF MUQADDIMASI «Bas, Meni eslanglar, Men ham sizlarni eslayman va Menga shukr qilinglar va Meni inkor etmanglar!» (Baqara, 152-oyat).
Qahhor va aziz, gunohlarni mag’firat etuvchi, qadarlarni o’lchovchi, ishlarni tasarruf
qiluvchi, qalbi uyg’oq, ko’zi ochiq kishilar tafakkur qilishlari uchun kechani kunduzga
alishtiruvchi yagona Allohga hamd bo’lsin. U ba’zi bandalarini uyg’oq qilib, yaxshilar
jumlasiga kiritdi, ba’zilarini tanlab oldi va o’ziga muqarrab-yaqin bandalaridan qildi. Bu
bandalar Uning roziligi uchun bor kuchlarini sarflaydilar va oxiratga tayyorgarlik
ko’radilar, Uning g’azabini keltiradigan narsalardan chetlanib, do’zax azobiga tushib
qolishdan ehtiyot bo’ladilar, hamisha Uning toati va zikrida yuradilar. Bandalarining
qalblariga nur bergan Allohga hamd aytaman. Fazlu karamining bundan-da ziyoda
bo’lishini so’rab qolaman. Aziym, vohid, samad, aziz, hakim sifatli Allohdan boshqa iloh
yo’qligiga, Muhammad sollallohu alayhi vasallam Uning bandasi va rasuli, tanlab olgan
do’sti va habibi, yaratganlarining eng afzali, o’tgandagi va kelgusidagi kishilarning eng
hurmatlisi ekaniga iymon keltiraman. Bu zotga va boshqa payg’ambarlarga,
barchalarining oilalariga hamda boshqa solih kishilarga Allohdan salovot va salomlar
bo’lsin.
Alloh taolo Baqara surasining 152-oyatida:
«Bas, Meni eslanglar, Men ham sizlarni eslayman» , Zariyat surasining 56-oyatida:
«Jin va insni faqat o’zimga ibodat qilishlari uchungina yaratdim», deydi.
Bu oyatlardan banda uchun eng afzal ish olamlar Rabbini yod etish va
payg’ambarlarning sayyidi Rasulullohdan vorid bo’lgan zikrlar bilan mashg’ul bo’lish
ekani bilinadi.
Ulamolar kechayu kunduzdagi amallar, ularda o’qiladigan duo va zikrlar to’g’risida
ko’plab kitoblar tasnif etishgan. Lekin ularda zikrlarning sanadi uzun va takror-takror
kelgan. Tabiiyki, bu hol o’quvchining qiziqishini bir oz susaytiradi. Shuning uchun bu
borada yengil, ravon o’qiladigan risola tasnif etishni qasd qildim va ko’p sanadlarni
tushirib yubordim. Chunki maqsad sanadlarni bilish emas, balki zikrlarni o’rganish va
unga amal qilishdir. Ammo bu sanadlar o’rnini muhimroq narsalar bilan to’ldirdim. Ya’ni,
hadislarning holatini – sahih, hasan, zaif... ekanini bayon etdim. Chunki oz sonli
muhaddislarni hisobga olmaganda, ko’pchilik bu narsani bilishga muhtojdir. Bu kitobga
hadis ilmidan nafis jumlalarni, fiqhning nozik tomonlarini, qoidalarning ahamiyatli
o’rinlarini, nafs tarbiyasiga taalluqli matnlarni, soliklar bilishi ta’kidlangan odoblarni
qo’shib qo’ydim. Xullasi kalom, avomu olimlar yengil fahmlashlari uchun nima lozim
bo’lsa, shuni zikr qildim.
Abu Hurayradan (roziyallohu anhu) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi
vasallam: «Kim (biror kishini) hidoyatga chaqirsa, hidoyatga ergashgan kishining ajridan
biror narsa kamaytirilmasdan, uning ajricha ajr oladi», dedilar. Imom Muslim rivoyatlari
Men ham oson yo’llarni bayon qilish bilan yaxshilik ahllariga yordam berishni xohladim.
Kitobning avvalida hammamiz muhtoj bo’lgan muhim bir Faslni zikr qildim. Agar uncha