Al-Azkor. Al-Faqih an-Navaviy
www.ziyouz.com
kutubxonasi
7
(Tasbih – «Subhonallohi», tahmid – «Alhamdu lillahi», tahlil – «La ilaha illalloh»,
takbir
– «Allohu akbar» deb aytishdir. – Tarjimon.)
Said ibn Jubayr va boshqa ulamolar aytishadi: «Halol-harom hukmlari zikr etilgan
majlislar, oldi-sotdi, namoz o’qish, ro’za tutish, nikoh qilish, taloq qo’yish,
hajga borish
va shunga o’xshash masalalardan so’z borgan barcha yig’inlar zikr majlislaridir».
Fasl:
Alloh taolo Ahzob surasining 35-oyatida:
«Allohni ko’p zikr qiluvchi erkaklar va (Allohni ko’p) zikr qiluvchi ayollar – ular
uchun Alloh mag’firat va ulug’ mukofot (ya’ni, jannat) tayyorlab qo’ygandir»
,
deydi.
«Sahihi Muslim»da esa, Abu Hurayradan (r.a.) quyidagi hadis rivoyat qilingan:
«Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Mufarridlar oldinga o’zib ketishdi», dedilar.
Shunda sahobalar: «Mufarridlar deganingiz kimlar, ey Rasululloh?» deb so’rashdi.
Rasululloh: «Allohni zikr qiluvchi erkaklar va ayollar», dedilar».
Yuqoridagi oyat to’g’risida ixtilofli fikrlar bor. Imom Abul Hasan Vohidiy aytadilar: «Ibn
Abbos (r.a.): «Bu oyatdagi zikr qiluvchilardan murod har bir namoz so’ngida va
kechasiyu kunduzi, to’shakda, uyqudan uyg’onganda, har gal manzildan chiqqanda
Allohni yod etuvchilardir», dedilar».
Mujohid esa: «Yonboshlaganida, o’tirganida, tik turganida Allohni zikr qilmagan erkak
yoki ayol haqiqiy zokir bo’la olmaydi», deganlar.
Ato (r.a.) aytadilar: «Kim besh vaqt namozni haqlarini ado etib o’qisa,
Allohning
oyatidagi zikr qiluvchilar sirasiga kiradi».
Abu Said Xudriydan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Agar
kishi kechasi ahlini uyg’otib, birgalikda ikki rak’at namoz o’qishsa, ko’p zikr qiluvchi
erkak va ayollardan deb yoziladi», dedilar. Bu hadis mashhurdir. Abu Dovud, Nasoiy, Ibn
Moja rivoyatlari
Shayx Abu Amr ibn Salohdan (r.a.): «Qanday qilib kishi
zokir bandaga aylanishi
mumkin?» deb so’rashganida, u zot: «Sobit bo’lgan ma’sur (ya’ni, Payg’ambarimizdan
naql etilgan) zikrlarni tong otganida, kechqurun, kunduzi, yarim kechasi va har turli
holatlarda doimiy o’qib yursa, ana shunda oyatda kelgan ko’p
zikr qiluvchilar qatoriga
qo’shiladi», deb javob berdilar.
Fasl:
Ulamolarimiz, tahoratsiz yoxud junub bo’lgan erkaklar, hayz va nifosdagi ayollar
tasbih, tahlil, hamd, takbir, salovot va boshqa duolarni tili va qalbi bilan bajarishi joiz,
deyishadi. Lekin junub bo’lgan erkak, hayz yoki nifosdagi ayol Qur’ondan
bir parcha
bo’lsa-da, tilovat qilishi haromdir. Ammo lafzsiz qalbda aytishi va nazar solishi joiz,
deyishadi. Shuningdek, ular musibat yetganida, «Inna lillahi va inna ilayhi roji’un», deb
istirjo’ aytsa, ulovga minganlarida, «Subhanallaziy saxxoro
lana haza va ma kunna lahu
muqriniyn», desa, «Robbana atina fid dunya hasanatan va fil axiroti hasanatan va qina
‘azaban nar», deb duo qilsa, biror kishiga «Kitobni quvvat bilan ol» yoki «Omon va
salomat holda kiringlar», deb buyursa, «Bismillah», «Valhamdu lillah»,
desa va bular
bilan Qur’on o’qishni qasd qilmasa, gunohkor bo’lmasliklarini aytishgan. Va yana ular