186
3. Detallarni vannaga o‗rnatish oson bo‗lishi uchun ular vanna
ustidagi osmaga montaj qilinadi. Bu bilan anodlar bilan detall orasidagi
masofaning bir tekis bo‗lishiga erishiladi (9.5-rasm).
9.5-rasm. Detallarni xromlash vannasiga osish chizmasi:
1-bug„-suv ko„ylagi; 2-kislotabardosh qoplamli vanna; 3-shamollatish
surish qurilmalari; 4-siljiydigan anod shtangalari; 5-kundalang katod
shtangalari; 6-osish moslamasi; 7- bo„ylama katod shtangalari;
8- siljimaydigan anod shtangalari; 9-anodlar; 10-detal.
4. Detallar elektrolitda moysizlantiriladi;
bunda elektrolitning
tarkibida (1 l suvga) 100 g uyuvchi natriy NaON, 2-3 g suyuk shisha
Na
2
SiO
3
bo‗ladi. Bu ish ko‗yidagi rejimda bajariladi: tokning zichligi
Dkq5a(dm2, vannaning temperaturasi 800S.
Bu yerda detall katod
vazifasini, temir plastinka esa anod vazifasini utaydi. Tok o‗tish vaqtida
detalda intensiv ravishda ajralib chiqadigan vodorod detal yuzasidan
moy zarralarining oson uzilib chiqishini ta‘minlaydi.
5. Detallar qaynoq suvda yuviladi.
6. Metallning strukturasi ochiq ko‗rinishi uchun, havo kislorodi
ta‘sirida paydo bo‗lgan oksidlarning niqoyatda yupqa pardasini
ketkazish maqsadida detallar dekapirovkalanadi. Dekapirovkalash
uchun detallar sulfat kislota N
2
SO
4
ning 5% li eritmasiga yoki 1 l suvga
100
g xrom angidrid SrO
8
, 2-3 g sulfat kislota qo‗shib tayyorlangan
vannaga botiriladi. Ish rejimi: tokning zichligi Dk/5a/dm2, vannaning
187
temperaturasi-normal temperatura, detallarni vannada tutish vaqti- 1
min.
7. Detallar oqar suv (sovuq suv) bilan yuviladi.
Murakkab shaklli muqim detallar
dekapirovkalangandan keyin
ularning yuzasiga vena oxagi surtiladi, keyin esa sovuq suv (oqar suv)
bilan yuviladi.
Vena oxagi kaltsiy va magniy oksidlarining kremniy oksidsiz
aralashmasidan iborat. Oxakni moysizlantirish uchun u suvga qorilib,
butka
xolatiga keltiriladi, so‗ngra unga 1,5 protsentgacha o‗yuvchi
natriy yoki 3 protsentgacha soda qo‗shiladi.
8. Detallar talab etilgan qalinlikkacha xromlanadi, bunda jilvirlash
uchun holdiriladigan qo‗ylim hisobga olinadi. Detallar yukorida
ko‗rsatilgan tarkibli vannada tegishli ish rejimida xromlanadi.
9. Elektrolitni yig‗ib olish uchun detallar distillangan suvda
yuviladi.
10. Detallar oqar suv (sovuq suD) bilan yuviladi.
11. Detallar osmadan chiqarib olinadi.
12. Detallar quritish shkafida yoki qizdirilgan qipiq ichida
quritiladi.
13. Detallarga koplangan xrom qotlamining
sifati tekshiriladi;
bunda xrom qoplanmagan joylar bor-yo‗qligi, qatlam-qatlam bo‗lib
kuchgan joylar, chuqurcha (kemtik) joylar, qo‗ylkalar va boshqalar bor-
yo‗qligi aniqlanadi.
Qoplam sifatsiz chiqqan hollarda yuzadagi xrom elektrolitik yo‗l
bilan ketkazilishi mumkin. Buning uchun detall o‗yuvchi natriyning 10-
15 protsentli eritmasidan iborat elektrolit vannasiga anod sifatida
tushiriladi. Bunda temir plastinka katod vazifasini o‗taydi. Ish rejimi:
eritmaning temperaturasi 40-50
0
C, tok zichligi 5-10 a
dm
2
,
14. Detallar jilvirlanib, uzil-kesil o‗lchamga keltiriladi.
Dostları ilə paylaş: