Transport vositalari detallarining ishlash qobiliyatini tiklash I. B. As q arov



Yüklə 8,44 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/197
tarix24.10.2023
ölçüsü8,44 Mb.
#130877
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   197
TRANSPORT VOSITALARI

 
UO‘K: 
KBK 
 
 
Taqrizchilar: 
K. Ismailov –
t.f.d., prof.
A. Egamov – 
t.f.n., dots.
 
 
 
 
 
 
 
ISBN 978–9943– 
 
 
© «
Инновацион ривожланиш нашриёт-матбаа уйи
», 2020. 



KIRISH 
 
Bugungi kunda Respublikamiz o‗zining ishlab chiqarayotgan 
minglab avtomobillari bilan jahon bozoriga o‗z hissasini qo‗shmoqda. 
O‗zbekiston Respublikasida avtomobillashtirish darajasining yildan-
yilga o‗sib borishi va avtotransport xizmatlari sohasining rivojlanishi 
barobarida ularga texnik xizmat ko‗rsatish, ta‘mirlash va ehtiyot qismlar 
ta‘minoti kabi ishlarni bajaruvchi avtomobil transporti korxonalari 
faoliyatini takomillashtirish va rivojlantirishni talab etadi. 
Avtomobil transportining mustaqil mamlakatimizni xalq xo‗jali-
gini rivojlantirishda respublikamizni korxonalariga, tashkilotlariga va 
aholisiga ko‗rsatayotgan transport xizmati katta ahamiyatga egadir. 
Transport kompleksini rivojlantirish uni ish unumdorligini oshirishdan 
iborat. Avtomobillarning mustahkamligi, ishonchliligi, samaradorligi, 
uzoq vaqt ishonchli ishlashi asosan uni ekspluatatsiyasida ishlatiladigan 
materiallarning sifatiga bog‗liq.
So‗nggi yillarda davlatimiz rahbari Sh.M.Mirziyoyev tomonidan 
ushbu sohani rivojlantirish bo‗yicha ko‗plab qarorlar qabul qilindi. 
Jumladan, 2017-yil 7-fevralda qabul qilingan ―2017-2021-yillarda 
O‗zbekiston Respublikasi rivojlantirishning beshta ustuvor yo‗nalishi 
bo‗yicha harakatlar strategiyasi‖ to‗g‗risidagi PF-4947-son, 2019-yil 1-
fevralda qabul qilingan ―Transport sohasida davlat boshqaruv tizimini 
tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‗g‗risida‖gi PF-5647-son 
Farmonlari e‘lon qilindi.
Har bir mashina ham ekspluatatsiya jarayonida eskirib o‗zining 
birlamchi ekspluatatsiyaviy ko‗rsatgichlarini yo‗qotib boradi. Uning 
doimiy ishlashini ta‘minlash uchun unga qo‗shimcha mehnat sarf qilib 
sodir bo‗lgan nuqsonlarni o‗z vaqtida bartaraf qilib borish kerak. Shu 
bilan birga avtomobillarning ekspluatatsiya davri qanchalik oshsa ya‘ni 
uning agregat va qismlari qanchalik ko‗p ishlatilsa, avtomobilning 
normal holatda ishlashini ta‘minlash uchun unga shunchalik ko‗p 
hajmda va xilma-xil turlardagi ta‘mirlash ishlarini o‗tkazish lozim 
bo‗ladi. 
Shu sababli davlat tasarrufidagi avtotransport hamda shaxsiy 
avtomobillarga texnik xizmat ko‗rsatish va ta‘mirlash (TXKvaT) korxo-
nalari salohiyati, zamonaviy texnologiyalarni yuqori sur‘atlar bilan 
tatbiq qilinishi va xalqaro iqtisodiy munosabatlar jihatidan rivojlanib 



bormoqda. Zamonaviy avtomobillarga texnik xizmat ko‗rsatish uchun 
TXK va T korxonalarida ishlab chiqarish jarayonini boshqarishni tashkil 
etishda, xizmatga bo‗lgan talab qondirilishida, mablag‗ va boyliklardan 
foydalanishda kam vaqt sarflash va shu bilan birga yuqori sifatga 
erishish lozim. 
O‗zining ishlash muddatlarini tugatgan va ekspluatatsiyaviy para-
metrlari talab darajasidan pasayib ketgan avtomobillarni va uning agre-
gatlarini ishlash qobiliyatini to‗liq tiklash maxsus ta‘mirlash korxo-
nalarida amalga oshiriladi.
Avtomobillar va agregatlarning qismlarini saralash jaryonida ishga 
yaroqsiz sifatida ajratilganlarining 75% ga yaqini ishlash qobiliyatini 
tiklash mumkin. Shu sababli ishlatilgan qismlarni ta‘mirlash yo‗li bilan 
tiklash va ulardan foydalanish bo‗yicha ishlab chiqarish jarayonlarini 
tashkil qilish maqsadga muvofiqdir. Ko‗plab sinov va tajribalardan 
ma‘lum bo‗ldiki ko‗pgina yaroqsiz deb hisoblangan qismlar o‗z massasi-
ning faqatgina 1-2 % ni yo‗qotadi va bunda ular o‗zlarining mustahkam-
ligini saqlab qoladi, ularning ko‗pchilik qismining ishlash qobiliyatini 
har xil yo‗llar bilan tiklash mumkin. 
Bu fanni o‗zlashtirish mobaynida talabalar qo‗l mehnatidan 
ko‗proq foydalanadilar. Bu esa o‗z navbatida qomusiy olim bo‗lgan Abu 
Ali ibn Sino bobomizning bola tarbiyasidagi beshta tavsiyalaridan (aqliy 
tarbiya, jismoniy tarbiya, mehnat tarbiyasi, estetik tarbiya va axloqiy 
tarbiya) biri mehnat tarbiyasini shakllantirishda muhim ahamiyat kasb 
etadi.
Shuningdek, ushbu darslik O‗zbekiston Respublikasi Preziden-
tining 2019-yil 19-martdagi ijtimoiy, ma‘naviy-ma‘rifiy sohalardagi 
ishlarni yangi tizim asosida yo‗lga qo‗yish bo‗yicha 5 ta muhim 
tashabbusdan to‗rtinchi tashabbus yoshlar ma‘naviyatini yuksaltirish, 
ular o‗rtasida kitobxonlikni keng targ‗ib qilish bo‗yicha tizimli ishlarni 
tashkil etishga yo‗naltirishga xizmat qiladi. 




Yüklə 8,44 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   197




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin