Tishlashib yeyilish: bu yeyilish asosan shesternyalarda kuzatiladi.
Bizga ma‘lumki reduktorlar va avtomobilning asosiy uzatmasi,
uzatmalar qutisi, uzgich-taqsimlagichning harakat olish shesternyasi
moy ichida harakatlanadi. Ish jarayonida moy qovushqoqligining
kamayishi va detallarga ta‘sir qiluvchi bosimning oshib ketishi
natijasida, detallar orasidagi moy plyonkasi siqib chiqarilib, chegaraviy
yeyilish hodisasi kuzatiladi va shesternyalarning yeyilishiga olib keladi.
Issiqlik ta’sirida yeyilish: Avtomobil agregat va qismlarining
sirpanib ishlashi solishtirma bosimning oshishiga bog‗liq bo‗lib
detalning yeyilishini tezlashtiradi.
Nega deganda ishqalanib ishlaydigan detal har qancha toblangan
bo‗lsa ham issiqlik natijasida metal o‗z xususiyatini yo‗qotadi shu
tufayli uning yeyilishi tezlashadi.
Chatir-chutir yeyilish. Chatir-chutir yeyilish esa dumalab ishqa-
lanish paytida paydo bo‗ladi. Bu podshipniklarning ish yuzalarida va
shesternyalar tishlarida juda yaqqol ko‗rinadi, ishqalanuvchi detallarning
chatir-chutir yeyilishida siqilish mikroplastik deformatsiyasi paydo
bo‗ladi va metallning sirtqi qatlami puxtalanadi. Puxtalanish natijasida
detalning yuzasida siquvchi kuchlar paydo bo‗ladi. Bu kuchlar ta‘sirida
esa metall sirtida chiziqlar yoki yorilishlar hosil bo‗ladi, ya‘ni detal
charchaydi.
Professor B.I.Kostetskiy nazariyasiga ko‗ra detallarni yeyilishi bir
necha tur bo‗lishi mumkin. Ammo har qanday aniq detal uchun faqat bir
tur yeyilish asosiy bo‗lib, qolganlari esa asosiy bo‗lmagan yeyilishdir.
Detallarning intensiv yeyilishi asosiy yeyilishga bog‗liq bo‗ladi.
Professor Xrushchyov detallarning yeyilishini mexanik, molekul-
yar-mexanik, korrozion-mexanik yeyilishlarga ajratadi.
Mexanik yeyilishga abraziv yeyilish, plastik deformatsiyalanish va
mo‗rtlashib yemirilish oqibatida paydo bo‗ladigan yeyilish turlari kiradi.
Molekulyar-mexanik yeyilish. Molekulyar-mexanik yeyilishga
yuqorida tavsif berilgan.