24
holatini belgilovchi parametrlari ularnig turlari va konstruksiyalariga
qarab texnik hujjatlarda keltiriladi va ular
ekspluatatsiya jarayonida
yuklanish hamda tashqi muhit ta‘sirida o‗zgarib boradi. Zamonaviy
avtomobillar 15-20 ming qismlardan iborat bo‗lib, ishlash davomida
ularning 7-9 ming xillarining birlamchi xususiyatlari o‗zgarib boradi,
shu jumladan, 3-4 ming xillarining ishlash davrlari avtomobilning
ishlash davridan kamroqdir. Shu sababli ularga texnik xizmat ko‗rsatish
va ularni ta‘mirlash ehtiyoji avtomobil ishlay boshlagan paytdan
boshlanadi.
Avtomobilning ish jarayonida silindrlar bloki va uzatmalar qutisini
karteri va boshqa detallarning deformatsiyalanishi kuzatiladi.
Qoldiq kuchlarning paydo bo‗lishi deformatsiya sodir bo‗lishiga
sabab bo‗ladi. Qoldiq kuchlanishlar metall strukturasini bir jinsli
bo‗lmasligi; ya‘ni quyma detal sovitilib
harorat rejimining bir xil
bo‗lmasligi;
oqibatida
cho‗yan
qatlamlari
chiziqli
kengayish
koeffitsiyentining turlicha bo‗lishi quyma qismlar o‗lchamlarining
o‗zgarishiga olib keladi.
Avtomobilni ishlatish jarayonida bazis(silindrlar bloki, uzatmalar
kutusini karteri, orqa ko‗prik karteri va boshqa) detallarga ishlaganda
undan uzatilgan kuchlardan hosil bo‗lgan tashqiy kuchlar ta‘sir
ko‗rsatadi.
Masalan:
dvigatel silindrlar blokining devoriga silindrlarda yona-
yotgan aralashma bosimining garizontal tashkil etuvchisi ta‘sir etadi.
O‗zak podshipniklarining tayanchlari esa tirsakli valning aylanishidan
sodir bo‗lgan kuchlar ta‘sirida bo‗ladi. Yonuvchi aralashma silindr
ichidi yonganda sodir bo‗ladigan kuch shatun orqali tirsakli valga
uzatiladi va podshipniklariga ta‘sir qiladi. Silindrlar blokining
deformatsiyalanishi oqibatida o‗zak podshipniklar
tayanchlarining bir
o‗qda yotmasligi, uzatmalar qutisi vallarining parallelmasligi va
qiyshiqligi ko‗payadi. Bunday hollardai detallar juda tez yeyiladi va
sinib ketadi.
Avtomobillarni kapital ta‘mir qilish jarayonida bazis detallar
tutashuv yuzalarining bir-biriga nisbatan joylashuvidagi chetga chiqish-
larni yo‗qotish zarur. Silindrlar bloki o‗zak podshipniklari tayanchlari-
ning bir o‗qda yotmasligi shu tayanchlarni yo‗nib kengaytirish yo‗li
bilan yo‗qotiladi. Uzatmalar qutisi vallari o‗qlarning paralelmasligini,
25
qisqarganligini dumalash podshipniklarining o‗rnatilish teshiklarini
yo‗nib kengaytirish va keyin gilzalash yo‗li bilan yo‗qotish kerak.
Shunday qilib, avtomobil ishlash jarayonida o‗zining
ishlash
imkoniyatini yo‗qotib boradi. Buning asosiy sabablaridan biri
ishqalanish natijasida detallarning yeyilishidir.
Buning oldini olish va avtomobilning ishlash imkoniyatini ko‗pga
cho‗zish maqsadida mamlakatimizda rejali oldini olish texnikaviy
xizmat ko‗rsatish va ta‘mir qilish tizimi joriy etilgan. Bu tizimga ko‗ra,
ishlatilayotgan hamma avtomobillarga rejali ravishda, oldindan
belgilangan davrlarda texnikaviy xizmat ko‗rsatish lozim.
Avtomobilda vujudga kelgan nuqsonlarni yo‗qotish va avtomo-
bilning ishlash imkoniyatini to‗la tiklash uchun avtomobillar
ta‘mirlanishi zarur. Avtomobillarni ta‘mirlash o‗zining
tasnifi va
yo‗nalishi bo‗yicha kapital ta‘mir (KT) va joriy ta‘mir (JT) kabi turlarga
bo‗linadi.
Kapital ta‘mirlash avtomobillar to‗liq ta‘mirlanadigan maxsus
korxonlarda o‗tkaziladi. Kapital ta‘mirlash ishlash qobiliyatini
yo‗qotgan avtomobil va uning agregatlarini keyingi qayta tiklash yoki
safdan chiqqunga qadar buzilmasdan ishlashini ta‘minlash uchun xizmat
qiladi. Avtomobillarni yoki uning agregatlarini kapital ta‘mirlashda
bo‗laklarga ajratish, tiklash va detallarni almashtirib qayta yiqish,
sozlash va sinash ishlari bajariladi. Avtomobil yoki agregat KTga,
me‘yoriy yo‗lni bosib o‗tgan holda ish samaradorligi
talab darajasidan
pasayib ketganda, yoki uning bazis detallari ta‘mirtalab bo‗lib uni
tuzatish uchun bo‗laklarga to‗liq ajratish lozim bo‗lgan taqdirda
jo‗natiladi.
JT avtomobil va uning agregatlarida ekspluatatsiya jarayonida
paydo bo‗lgan buzilishlarni, nosozliklarni bartaraf etish bilan qayta
tiklashgacha bo‗lgan me‘yoriy davrni yurishini ta‘minlash uchun
avtomobil transporti korxonalarining o‗zida bajariladi.
Dostları ilə paylaş: