23
Ikkinchi turdagi qadalib yeyilish katta tezlikda ishqalanishda,
chegaraviy moylashda va solishtirma kuchlanishlar katta bo‗lganda sodir
bo‗ladi. U sirt qatlamlarida temperaturaning tez oshishi va ularning
egiluvchanligi tobora oshishi bilan xarakterlanadi.
Sirtlarga ishlov berishda yuqori klass g‗adir-budurlikka va
geometrik to‗g‗ri
shakl hosil qilishga erishish, himoya oksidlash
pardalari vujudga keltirish va moylash sharoitlarini yaxshilash to‗xtab
yeyilishni kamaytirishning unumli choralari hisoblanadi. Tayyorlash
yoki ta‘mirlashdan keyin ishning boshlang‗ich davrida chiniqtirish
rejimlariga
rioya qilish, shuningdek, butun ishlatish jarayonida
nagruzkaning ortishiga yo‗l qo‗ymaslik shular jumlasiga kiradi.
Dostları ilə paylaş: