16
Chegaraviy moylash.
Bunda moylash materiali qatlamining
qalinligi bir-biriga teguvchi sirtlar g‗adir-budurligi balandligidan
oshmaydi. Nisbatan kichik nagruzkalarda ishqalanuvchi
sirtlarning yemi-
rilish tezligi keskin kamayadi. Biroq katta nagruzkalarda moylash materiali
qatlami buziladi, uning zarrachalari hosil bo‗lgan mayda darzlarga tushadi
va ular siqilganda
ishqalanish sirtlarining yemirilish tezligi oshgan holda
bir-biriga tegish joylarida yorilish sodir bo‗ladi. Mashinalarda
aksari
ishqalanuvchi sirtlar chegaraviy moylash sharoitida
i
shlaydi.
1.4.
Yeyilish turlari
Barcha turdagi sharoitlarda ishqalanuvcha sirtlar yemiriladi (ye-
yiladi
).
Ishqalanuvchi sirtlarning yeyilishi, odatda, o‗lchamlari mikron
ulushidan bir necha mikron (mkm)gacha bo‗lgan material zarrachalari-
ning ajralishida namoyon bo‗ladi. Bunday zarrachalar ajralishi yukla-
nishning ko‗p marotaba ta‘siri va birgina notekislikka harorat impulslari-
ning ta‘siri natijasida qaytmas o‗zgarishlar, metall strukturalarining bir
xilmasligi va ichki kuchlanishlarning ortib ketishi natijasida ishqalanish
sirtida yorilishlar sodir bo‗ladi. Mazkur yoriqlar o‗zaro tutashib yeyilish
zarrachasini hosil qiladi. yeyilish jarayoni haqidagi bunday ta‘limot
toliqishdan yeyilish nazariyasi orqali tushuntiriladi. Bu ta‘limot
ishqalanishning molekulyar-mexanik nazariyasiga asoslangan.
Yeyilish
– ishqalanish vaqtida qattiq jism sirtida materialning
yemirilishi va ajralib chiqishi hamda qoldiq deformatsiyaning to‗planish
jarayoni; u jism o‗lchamlari va (yoki) shaklining asta o‗zgara borishi
tarzida namoyon bo‗ladi.
Mashina detallarining yeyilishida murakkab fizik-kimyoviy hodi-
salar va unga ta‘sir etuvchi turli-tuman omillar yuz beradi. Yeyilish
ishqalanuvchi sirtlar materiali va sifatiga, ularning o‗zaro siljish
xarakteri va tezligiga, bir-biriga tegish xarakteriga, nagruzka turi va
kattaligiga, ishqalanish xili, moylash va
Dostları ilə paylaş: