15
Moylash materialli ishqalanish.
Ishqalanish sirtida har qanday
turdagi moylash materiali bo‗lgan ikkita jismning ishqalanishidir.
Ishalanuvchi sirtlar orasidagi moylash materialining turi va ta‘siriga
qarab quyidagi moylash turlari bo‗ladi:
-
moylash materialining fizik holatiga qarab: gazli,
suyuqlikli va
qattiq moylash;
-
ishqalanish sirtlarining moy qatlami bilan ajralish tipiga qarab:
gidrodinamik, gidrostatik, gazodinamik, gazostatik,
elastik-gidrodina-
mik, chegaraviy va
yarim suyuqlikli moylash.
Moylash — bu moylash materialining ta‘siri bo‗lib, natijada ikki
sirt orasida ishqalanish kuchi va ularning yemirilishi kamayadi.
Gazsimon va suyuq moylash materiali bilan moylash
.
Bunda
detallarning ishqalanish sirtlari mos ravishda gazsimon yoki suyuq
moylash materiali bilan ajraladi.
Qattiq moylar bilan moylash.
Bunda nisbiy harakatdagi
detallarning ishqalanish sirtlari qattiq moylash materiali bilan ajraladi.
Gidrodinamik (gazodinamik) moylash
.
Bu shunday suyuqlikli
(gazli) moylashki, bunda ishqalanish sirtlari sirtlarning nisbiy harakatla-
nishida suyuqlik (gaz) qatlamida o‗z-o‗zidan sodir bo‗ladigan bosim
natijasida to‗liq ajraladi. Ishqalanuvchi sirtlarning bir-biriga tegib
turmasligi ularni yemirilishdan saqlaydi.
Sirtlar faqat gidrodinamik
moylash buzilgan vaqtda yoki moylash materialiga begona qattiq zarra-
chalar tushganda sezilarli darajada shikastlanadi yoki yemiriladi.
Taqsimlash vallarining tayanch bo‗yinlari, tirsakli vallarning o‗zak va
shatun podshipniklari, dvigatellarning porshen
barmoqlari va boshqa
sirtlar gidrodinamik (suyuqlikli) moyda ishlaydi.
Dostları ilə paylaş: