191
elektroliz rejimiga bog‗liq bo‗lib, bir qancha ko‗rsatkichlari jihatidan
xrom qoplamning xossalariga yaqin turadi. Chunonchi,
elektrolitik
temirning po‗lat bilan tishlashish puxtaligi 45-48 kg/mm2 chamasida
bo‗ladi.
9.7-rasm. Anodiy purkama xromlash qurilmasi chizmasi:
1-nasos, 2-qurqoshin truba o„tkazgich, 3-vanna, 4-variator, 5-nasadka-
anod, 6-kran,7-nasadkani ko„chirish moslamasi, A-xromlanadigan
detal.
Elektrolitik temirning asosiy metall bilan tishlashish puxtaligini
oshirish uchun temir qoplanadigan yuzaga sulfat kislotaning 30 protsenti
eritmasida anodiy ishlov beriladi. Elektrolitik qoplangan temirning aso-
siy metall bilan bog‗lanishi, xuddi xrom qoplamidagi kabi temir ionlari
katod (detal) metalining ionlari bilan o‗zaro
elektrostatik tortishuvchi
hisobiga sodir bo‗ladi va yuqorida aytib o‗tilgan sabablardan tashqari,
katod metaliga hamda anod bilan katod metallari kristall panjaralarining
bir-biriga qanchalik mos ekanligiga ham bog‗liq bo‗ladi.
Turli tarkibdagi elektrolitlardan hosil qilingan elektrolitik temir
qoplamining
yeyilishga chidamliligi, asosan uning mikroqattiqligiga
bog‗liq (9.7-rasm) bo‗ladi. Tarkibi jihatidan yuqorida keltirilgan elektro-
litga yaqin turgan elektrolitdan hosil bo‗lgan qoplamning yeyilishga
chidamliligi, quruqlayin sirpanib ishqalanishda
va poqonali yuklama
ta‘sir etganda, yuqori chastotali tok bilan qizdirib toblangan 45 markali
po‗latning va suyultirib tushirilgan hamda metallash yo‗li bilan hosil
192
qilingan boshqa barcha qoplamlarning yeyilishga chidamliligidan yuqori
bo‗ladi.
Dostları ilə paylaş: