259
XIII BOB. DETALLARNI TA’MIRLASHDA TEXNIKAVIY
TALABLAR VA TEXNOLOGIK ZAMINLAR ULARNING
TASNIFI
13.1. Detallarni ta’mirlashning texnologik yo‘nalishlari
Tiklash kerak bo‗lgan detallar nuqsonlarga qarab qator yo‗nalish-
larga bo‗linadi va ajratiladi. So‗ngra nuqsonlari
aniqlangan detallar
yo‗nalishlari bo‗yicha guruhlarga ajratiladi. Ma‘lumki, qayta tiklanadi-
gan detallarda bitta nuqson bo‗lmay, balki bir nechta nuqson bo‗lishi
mumkin. Bundan tashqari detallarda nuqsonlarni ma‘lum
majmui
takrorlanadi va detalning tuzilishi texnologik tasnifiga hamda ishlatilish
sharoitiga bog‗liq bo‗lgan qonuniyatlarga bo‗ysinadi.
Shunga ko‗ra, detallarni ulardagi nuqsonlar tuzatilish yo‗nalishlari
bo‗yicha nuqsonlar majmui hisobga olingan holda saralanishi kerak.
Detallarni qayta ishlash imkoniyatini tiklash yo‗nalishi, nazorat qilish va
saralash bo‗limida belgilanadi. Bunda nuqsonlari belgilanmasdan balki
tiklash yo‗nalishining nomeri ham ko‗rsatiladi. 13.1-rasmda ko‗rsatilgan
uzatmalar qutisining yetakchi valini tiklash yo‗nalishlarining majmui
bo‗yicha karta 13.1-jadvalda keltirilgan.
260
13.1-rasm. Uzatmalar qutisini yetakchi vali.
Yo‗nalish uncha ko‗p bo‗lmasligi kerak. Yo‗nalishlar soni
detallarda mavjud bo‗lgan bir xil tipdagi
nuqsonlarni umumlashtirish
hisobiga kamaytirilishi mumkin. Detallarni ishlash imkoniyatini
yo‗nalish bo‗ylab tiklash texnologiyasi avtomobil
detallarini sanoatda
ta‘mir qilish usullaridan foydalanib tiklashda juda qo‗l keladi. Detallarni
ishlash imkoniyatini yo‗nalish bo‗ylab tiklash texnologiyasida ham
zamonaviy texnologik jarayonlarni qo‗llash uchun
tegishli shart-sharoit
yaratish mumkin bo‗ladi.
Dostları ilə paylaş: