39
olishlarga bo‗linadi, yani ayni bitta sirt asbob o‗zgartirilmagan holda bir
necha bor takror ishlanadi. Ish yo‗li
deb ishchining operatsiyalarni,
o‗tish yoki o‗tib olishlarni bajarish uchun zarur bo‗lgan (masalan;
tayyorlanmalarni o‗rnatish va olish asbobini o‗zgartirish, nazorat uchun
o‗lchash) tugallangan harakatiga aytiladi.
U yoki bu korxonada qo‗llanadigan texnologik jarayon buyumlar-
ning texnikaviy shartlarida ko‗zda tutilgan aniqligiga va sifatiga doir
barcha talablar bajarishini, eng kam mehnat sarflab va eng kam
tannarxda amalga oshirishini ta‘minlashi, shuningdek,
buyumlar
tayyorlash va tiklashni ishlab chiqarish dasturida belgilangan miqdorda
kam muddatlarda bajarilishini ta‘minlashi kerak.
Ishlab chiqarish dasturi va tayyorlanadigan mahsulot turiga qarab
ishlab chiqarishning uchta turi farqlanadi: yakkalab, seriyalab va
ommaviy ishlab chiqarish. Yakkalab ishlab
chiqarish bir xil buyumlar-
ning kichik hajmda ishlab chiqarilishi bilan tavsiflanadi, seriyalab ishlab
chiqarish takror partiyalar bilan buyumlarni tayyorlash yoki tiklash bilan
tavsiflanadi; ommaviy ishlab chiqarish – buyumlarni katta hajmda uzoq
muddat davomida ishlab chiqarish bilan tavsiflanadi.
Ishlab chiqarish turini tavsiflash uchun operatsiyalarni biriktirish
K
ob
koeffitsiyentlaridan foydalaniladi, u bir oy mobaynida bajariladigan
yoki bajarilishi kerak bo‗lgan turli texnologik operatsiyalarning ish
o‗rinlari soniga nisbatidan iborat.
Ommaviy va ko‗p seriyali ishlab chiqarish 1=k
ob
<10, o‗rtacha
seriyali ishlab chiqarishda 10
ob
<20, kam seriyali ishlab chiqarishda
20
ob
<40, yakkalab ishlab chiqarishda K
ob
ga chegara qo‗yilmaydi.
Yakkalab va kam seriyalab ishlab chiqarishda yagona texnologik
jarayon, o‗rtacha seriyali, ko‗p seriyali
va ommaviy seriyali ishlab
chiqarish uchun – tipaviy (namunaviy ) yoki guruhiy texnologik jarayon
ishlab chiqiladi.
Tur deganda konstruktiv jihatdan o‗xshash, faqat o‗lchamlari bilan
farq qiluvchi tayyorlanmalar majmuyi tushiniladi. Turli buyumlarning
detallari shakli, o‗lchamlari, ishlov beriladigan sirtlarning aniqligi va
sifatiga qarab klass, klasschalar va turlarga guruhlanadi.
Detallarni guruhlashda quyidagi tasniflardan foydalaniladi: korpus
detallar, dumoloq sterjenlar, ichi kovak silindrlar, disklar, dumoloq
bo‗lmagan sterjenlar.
40
Guruhiy TJ da bitta klassga quyidagi detallar birlashtirgan bo‗lib,
ularda:
a)
tayyorlanmalarning
shaklini
tashkil
etuvchi
ummumiy
elementlar bo‗ladi;
b)
ishlov beriladigan sirtlar ishlov berilish aniqligi va g‗adur-
budurligi bo‗yicha o‗xshash;
c)
bir jinsli boshlang‗ich tayyorlanmalar
va ishlov beriladigan
materiyallar;
d)
o‗lchamlari bo‗yicha bir – biriga yaqin boshlangich tayyorlan-
malar.
―Tayyorlanmalar guruhi‖ tushunchasi ―tayyorlanmalar turi‖
tushunchasidan kengroqdir, chunki guruhga turli shakilli, biroq bir xil
elementli tayyorlanmalar kiradi.
Guruhga ummumiy jihozlarga,
texnologik uskunalarga, sozlashga va texnologik o‗tishlarga ega bo‗lgan
tayyorlanmalar birlashtiriladi.
U yoki bu TJ yaratilganda uning asosiga ayni guruh uchun xos
bolgan detalni qabul qilish zarur, u kompleks detal deyiladi. U shu bilan
farq qiladiki, uning ishlov berilishi kerak bo‗lgan sirti (tiklanishi zarur
bolgan sirti) shu guruhdagi boshqa detallarning sirtidagi barcha
elemenlarga ega bo‗ladi. Bu shuning uchun zarurki, loyihalanadigan TJ
kompleks detalning shaklini tashkil etuvchi
barcha elementlarga ishlov
berishni o‗z ichiga olishi kerak.
Kompleks detal uchun tuzilgan TJ ni, jihozlarni biroz sozlab, ayni
guruhdagi har qanday detal uchun qo‗llasa bo‗ladi.
Avtomobilning asosiy parametrlarini ko‗rsatilgan darajaga yetka-
zish borasidagi tuzatishga oid barcha texnikaviy ishlar majmuasi
Dostları ilə paylaş: