73
Detallarni ultratovush ta‘sir ettirib
nazorat qilish uchun
pezoelektrik effekt ishlatiladi. Detallar ultratovush ta‘sir ettirish usulida
ikki xil usul bilan: tovush paydo bo‗lish
usuli va impulsiv aks-sado
paydo qilish bilan nazorat qilinishi mumkin.
4.6-rasm. Lyuminessensiyaviy defektoskop va uning ishlash sxemasi
:
1-reflektor; 2-ultrabinafsha nurlar filtri; 3-simobkvartsli lampa;
4-yuqori kuchlanishli transformator; 5-kuch transformatori.
Tovush paydo bo‗lish usuli (4.7-rasm) qo‗llanilganda nuqson 2
nurlatgich 1 bilan priyomnik 3 orasidagi detal 4ga ultratovush yuborish
yo‗li bilan payqaladi.
Detallar tovush paydo bo‗lish usuli
bilan nazorat qilinadigan
ultratovushli defektoskopning ishlash tarzi 4.8-rasmda ko‗rsatilgan.
Bunda ultratovush generatoridan (1) nurlanadigan
birinchi pezoelektrik
plastinka (2) ga potentsiallarning o‗zgaruvchan ayirmasi uzatiladi: shu
sababli plastinka tebrana boshlaydi.
4.7-rasm. Detaldagi nuqsonni tovush ta’siri yordamida aniqlash:
1-nurlatgich, 2-nuqson, 3-nurni qabul qiluvchi, 4-detal.
74
Bu plastinka (2) nazorat qilinayotgan detalga (3) zich qilib tigizilsa
tebranishlar detalga ultratovush to‗lqinlari tarzida uzatiladi.
Agarda
detalda nuqson mavjud bo‗lsa, nurlatgich yuborgan ultratovush tulqinlari
(4) nuqson (6) dan qaytib, ikkinchi pezoelektrik plastinka (5) ning qabul
qilgichiga o‗tmaydi yoki qisman o‗tadi. Natijada qayd qiluvchi asbob (7)
dagi strelka qisman ko‗tariladi (agar nurlar qisman qaytsa) yoki qimirla-
maydi (agar nurlar to‗liq qaytsa).
Dostları ilə paylaş: