Demokrit bevosita bilim va sezgi a’zolari orqali bilishni rad etganlar, sezgilarni soxta deb e’lon
qilganlar. Suqrot talqinida intuitsiya «daymoniy» yoki «predmet g‘oyasiga egalik»dir.
Platon
ham hissiy bilishni haqiqat emas deb hisoblagan.
Hissiy, empirik va nazariy bilish birligi.
Ko‘p sonli ma’lumotlar sezgi a’zolari orqali va
oqilona bilish nafaqat bir-biri bilan bog‘liq, balki bir-birini taqozo etishidan dalolat beradi. Inson
ruhiyati bir-birini belgilashning ko‘p sonli zanjirlariga ega bo‘lgan murakkab tizimidir. SHu
sababli, sezgining mazmuni nafaqat tashqi ta’sirlantiruvchi kuch, balki tafakkur, xotira,
xayolning holati bilan ham belgilanadi. Sezish va tafakkur mumkin bo‘lgan narsalar o‘zaro
mushtarakdir.
Bilishning empirik va nazariy darajalarini farqlash mezonlari.
Nazariy
va empirik
narsalar va hodisalar muammosi xususida juda ko‘p metodologik adabiyotlar mavjud. Bilishning
bu darajalarida XX asrning 30-yillarida pozitivizm ta’limotida fan tilini tahlil qilish natijasida
empirik va nazariy atamalar ma’nosidagi farqlar aniqlangan. Bu farq tadqiqot vositalariga ham
taalluqli. Biroq,
bundan tashqari, tadqiqot predmetining xususiyati va uni o‘rganish
metodlarining har xilligini e’tiborga olib, ilmiy bilishning ikki darajasini ham farqlash mumkin.
Bu farqlarni mufassalroq ko‘rib chiqamiz. Nazariy va empirik tadqiqot vositalarining o‘ziga xos
xususiyatlari quyidagilarda namoyon bo‘ladi.
Dostları ilə paylaş: