O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 017 yil fevraldagi 4947-sonli


O‘z-o‘zini tekshirish uchun savollar



Yüklə 3,05 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə17/102
tarix08.11.2023
ölçüsü3,05 Mb.
#131222
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   102
Buxgalteriya hisobi nazariyasi

 
O‘z-o‘zini tekshirish uchun savollar 
 
1.
Buxgaletriya hisobining qanday uslublari mavjud? 
2.
Buxgalteriya hisobi nima? 
3.
Buxgalteriya hisobiga qanday talablar qo‘yiladi? 
4.
Buxgalteriya hisobiga qo‘yiladigan talablar nimalardan iborat? 
5.
Buxgalteriya hisobining funksiyalari nimalardan iborat? 
6.
Buxgalteriya hisobining maqsadi va vazifalarini tushuntiring. 
7.
Buxgalteriya hisobining predmetiga ta’rif bering. 
8.
Buxgalteriya hisobining qanday funksiyalarini bilasiz? 
9.
Buxgalteriya hisobining qanday obyektlari mavjud? 
10.
Buxgalteriya hisobining qanday tamoyillari mavjud? 
11.
Buxgalteriya hisobining vazifalari nimalardan iborat? 
12.
Hisob turlarida qanday o‘lchov birliklari qo‘llaniladi? 
13.
Iqtisodiy faoliyatni boshqarishda hisobning o‘rni va ahamiyati nimada? 
14.
Operativ hisob nima? 
15.
Statistik hisob nima? 
16.
Xo‘jalik hisobi asosan qanday funksiyalarni bajaradi? 
17.
Xo‘jalik hisobi turlariga qanday talablar qo‘yiladi? 
18.
Xo‘jalik hisobining qanday turlari mavjud?


45 
III-BOB. BUXGALTERIYA BALANSI
 
3.1. Buxgalteriya balansi haqida tushuncha, uning tuzilishi, mazmuni va 
ahamiyati 
Korxona va tashkilotlarda xo‘jalik faoliyatini boshqarish bevosita 
mablag‘larning holatiga, ulardan foydalanish darajasiga, mablag‘larning aylanish 
tezligiga bog‘liqdir. Balansni iqtisodiy jihatdan olganda xo‘jalik mablag‘larini 
joylanishi va tashkil topish manbalari bo‘yicha bir-biriga tengligini ta’minlaydi deb 
aytish maqsadga muvofiqdir. 
“Balans” so‘zi lotincha bo‘lib, uning aynan tarjimasi “bis”- ikki karra va 
“lans” tarozi pallasi, ya’ni tarozini ikkita pallasining tengligi degan ma’noni, 
muvozanat tenglik ramzini bildiradi. Tarozi muvozanat ramzi sifatida 
buxgalterlarning xalqaro gerbida ham aks ettirilgan. 
Buxgalteriya hisobida “balans” tushunchasi ikkita ahamiyat kasb etadi:
1. Jamlangan summalar tengligi, ya’ni schyotlarning debeti bo‘yicha 
summalar jami va krediti bo‘yicha summalar jamining tengligi, har bir sintetik 
schyot ma’lumotlarining (boshlang‘ich qoldig‘i, debet va kredit oborotlari, oxirgi 
qoldig‘i) mazkur sintetik schyotga tegishli analitik schyotlar ma’lumotlariga 
tengligi, balans aktividagi moddalar summalari jami va passividagi moddalar 
summalari jamining tengligini ifodalaydi; 
2. Moliyaviy hisobotning asosiy shakli bo‘lib, xo‘jalik yurituvchi 
subyektning ma’lum sanadagi mulkiy va moliyaviy ahvolini aks ettiruvchi 
ko‘rsatkichlar tizimini ifodalaydi.
Buxgalterlarning xalqaro gerbi:
14
Quyosh – buxgalteriya hisobi xo‘jalik faoliyatini 
yoritadi,
Tarozi – balans, ya’ni muvozanat, tenglik ramzi, 
Bernulli egri chizig‘i – hisob insoniyat tarixining 
ibtidosidayoq paydo bo‘lib, to yerda hayot bor 
ekan mangu qolishini bildiradi.
sh i o r : 
Science – fan,
Conscience – ishonch,
Independance – mustaqillik
14
Dusmuratov R.D. Buxgalteriya hisobi nazariyasi. -T.: Fan va texnologiya, 2013. 69b. 


46 
Mablag‘lar holatidagi o‘zgarishlar ularning turlari bo‘yicha buxgalteriya 
hisobi schyotlarida o‘z ifodasini topadi va har oyning oxirida har bir mablag‘ning 
oy davomidagi o‘zgarishi, oy oxiriga bo‘lgan qoldig‘ida hisob-kitob qilinadi. 
Demak, buxgalteriya hisobi schyotlari mablag‘ turlari bo‘yicha mulk egasiga 
yyetarli ma’lumotlarni beradi. Lekin bu ma’lumotlarda mablag‘larning joylanishi 
ularni moddiy javobgar shaxslar bo‘yicha taqsimlanganligini ko‘rsatib beradi, 
ammo ularning qaysi mablag‘lar hisobiga tashkil qilinishi ham mulkdor uchun 
zaruriyati yuqori. 
Korxona va tashkilotlar mulkchilik shaklidan qat’iy nazar tegishli faoliyat 
ko‘rsatish jarayonida xomashyo bir turdan ikkinchi bir turga aylanadi. 
Buxgalteriya hisobida har bir mablag‘ning harakati turlari bo‘yicha hisob-kitob 
qilinadi va hisobot davri oxiriga mablag‘lar holati bo‘yicha to‘liq ma’lumotni olish 
imkoniyatini beradi. 
Buxgalteriya hisobida ifoda qilingan mablag‘lar harakati bo‘yicha 
mablag‘larning joylanishi va tashkil topish manbalari bo‘yicha ma’lumotlarni 
umumlashtirish maqsadida balans tuziladi. 
Buxgalteriya balansi – muayyan sanaga pulda ifodalangan va xo‘jalik 
mablag‘larining turlari, tashkil topish manbalari bo‘yicha iqtisodiy guruhlashtirish 
hamda umumlashtirish usulidir. Shunday qilib, balans tuzilishiga xo‘jalik 
mablag‘lari va ularning tashkil topish manbalari hamda iqtisodiy mazmuni asos 
bo‘ladi.
Balans yordamida korxona va tashkilotlarning o‘ziga taalluqli mablag‘lari, 
qarzga olingan mablag‘lari, vaqtinchalik foydalanishga olingan mablag‘lari 
to‘g‘risida aniq ma’lumotga ega bo‘lish mumkin, ikkinchidan mablag‘lar holatini 
nazorat qilish imkoniyatini bersa, uchinchidan mablag‘ turlarini o‘rganish uchun 
asos 
hisoblanadi.Buxgalteriya 
balansi 
aktivi 
va 
passividagi 
moddalar 
mablag‘larning tarkibi, joylanishi va tashkil topish manbalari bo‘yicha iqtisodiy 
tasniflanishiga muvofiq ikkita bo‘limga guruhlanadi.
Demak, buxgalteriya balansi yordamida korxona va tashkilotlar tasarrufida 
bo‘lgan mablag‘lar harakati ikki jihat bilan, ya’ni mablag‘larni joylanishi va ularni 
tashkil topish manbalari bilan taqqoslangan holda o‘rganiladi. Buxgalteriya balansi 
ikki tomondan, uning chap tomoni aktiv, o‘ng tomoni esa passiv deb aytiladi. 
Korxona balansining aktivi tarkibiga quyidagi bo‘limlar kiradi:
I.Uzoq muddatli aktivlar; II. Joriy aktivlar.
Passivda esa quyidagi bo‘limlar joylashgan:
I. O‘z mablag‘lari manbalari; II. Majburiyatlar.


47 
Aktivlar
15
= Passivlar+ Xususiy kapital 
Aktivlar ma’lum bir shaxs yoki biznes tashkiloti tomonidan egalik 
qilinadigan, o‘z ichiga naqd pul va ma’lum qiymatga ega bo‘lgan jumladan 
biznesdagi ko‘chmas mulk, transport vositasi, mebel va jihozlar, inventorlar va 
boshqa tashkilotlarning ulushi sifatidagi investitsiyalarni qamrab oladi. 
Likvidlikni o‘zida namoyon qiladigan naqd pul mablag‘lari joriy aktivlar 
deyiladi.
16
Naqd pullar, bankdagi pullar, belgilangan depozit tushumlar (BDT), 
inventar jihozlar, debitorlik qarzlar, qabul qilib olingan banknotalar, qisqa 
muddatli investitsiyalar, xodimlarga qarz va avanslari joriy aktiv bo‘lib 
hisoblanadi. Qo‘shimcha qilib aytadigan bo‘lsak, oldindan to‘langan xarajatlar 
ham joriy aktivning bir ko‘rinishi hisoblanadi. 
Passivlar biznesdagi obligatsiyalar, mavjud bo‘lgan qarzlar yoki tashqi 
ishtirokchilar va kreditorlarning da’volaridir. Passivlarga kreditorlar (mol yetkazib 
beruvchilardan kreditga mahsulot olganlar), bank qarzlari, to‘lanmagan biznes 
qarzlari jumladan, vakolatli foydali xarajatlar va soliq xarajatlari misol bo‘ladi. 
17
Joriy aktivlari kabi, joriy majburiyatlar balans tuzilgan kundan boshlab firma 
tomonidan bir yil ichida to‘lanadigan majburiyatlar hisoblanadi. 
Joriy majburiyatlaro‘z ichiga turli kreditorlik qarzlari, to‘lanadigan 
xarajatlar, to‘lanadigan banknotalar, qisqa muddatli qarzlar, xaridorlardan avans 
va hokazo. 
Balans aktivi va passividagi alohida bo‘limlarning o‘zaro bog‘liqligini 
quyidagicha ko‘rsatish mumkin.
I bo‘lim.
Uzoq muddatli
aktivlar 
I bo‘lim.
O‘z mablag‘lari
manbalari 
II bo‘lim.
Joriy aktivlar 
II bo‘lim.
Majburiyatlar 

Yüklə 3,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   102




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin