156
2.
Китобхонлар qизиqишини ўрганишнинги ўзига хос -хусусиятлари
“Kitobxonlar bilan ishlash metodikasi” “Kutubxonashunoslik” fanining muhim
bo’limlaridan biridir. Asosiy maqsad kitobxonlar ma’naviy ehtiyoj va talablarini
aktiv, maqsadga muvofiq ravishda qondirish, muayyan zarur asarlarni tanlash va
ulardan ma’naviy kamolot yo’lida faydolanishlarida ularga yaqindan yordam
berishdir. “Kutubxona – yaxshi, eng zarur kitoblarni keng ommaga yetkazishda
tashkilotchi, u zarur kitobni tanlashda kitobxonga eng yaqin yordamchi,
kitob
o’qishda muntazam konsul’tant ” dir. Demak, kutubxona kitobxonlarga kerakli
asarlarni tavsiya etishda eng faol tashkilotchi sifatida muhim rol oynaydi. Shuning
uchun har bir kutubxona kitobxonlarni kerakli asarlarni tanlash va ulardan
foydalanishda amaliy yordam ko’rsatib, ularning qiziqishi, ma’naviy ehtiyojini
qondirishga xarakat qilishi kerak. Buni amalga oshirish uchun esa kutubxonachi
mukammal o’rganishi zarur. Bu murakkab jarayonni tashkil etishga esa
kitobxonlar qiziqishini muntazam o’rganib borishni taqozo qiladi.
Kutubxonachi va kitobxon o’rtasidagi ana shu uzluksiz ijodiy munosabatning
tabiatiga to’xtalib N.K.Krupskaya quyidagilarni: “kutubxonachining
vazifasi
kitobxon va kitobni yaxshi bilishdan iborat. “Kitobxonni bilish eng avvalo, unga
xos xususiyatlarni aniqlash, savollariga to’g’ri yondosha bilishni o’ganib olish
demakdir”.
Shuning uchun ham kitobxonlar qiziqishini o’rganish hozir kutubxonachilar,
pedagoglar, sotsiologlarning diqqat markazida turibdi hamda bu borada muayyan
tadqiqot ishlari va ilmiy-amaliy tadbirlar amalga oshirilmoqda. Buning boisi
ijtimoiy taraqqiyotning hozirgi bosqichida hayotning barcha sohalarida
o’zgarishning
nisbatan tezlashuvi, kishilarimizning moddiy va ma’naviy talab
hamda ehtiyojlari nisbatan sezilarli darajada rivojlanayotganidir. Mamlakatimizda
fan-texnika yutuqlarini ishlab chiqarishga joriy etishga katta ahamiyat berilayotgan
bir davrda kitobxonlar qiziqishini o’rganish borasida muhim sotsiologik izlanishlar
olib borish dolzarb masalalardan bo’lib qolmoqda. Kitobxonga bo’lgan
qiziqishning tarbiyaviy jarayon bilan bevosita mantiqiy aloqadorligi ham qator
soha mutaxassislari diqqatini bir nuqtada birlashtiradi. Bevosita yoshlar tarbiyasi
bilan shug’ullanuvchi pedagog ham, oliy o’quv yurtining o’qituvchisi ham jamoat
tashkilotchilari ham kitobga qiziqish masalasi bilan shug’ullanadi, uni targ’ib
qilishda faol ishtirok etadi.
Kutubxonachilarning qiziqishini o’rganish bilan bog’liq faoliyati muhim yo’nalish
xisoblanadi. Kitobxon bilan yakka tartibda ishlaganda, zarur bo’lgan adabiyoti
tanlashda uning qiziqish hamda intilishlarini yaqindan bilmasdan, kankret qaysi
sohaga oid adabiyot
mutolaa qilishini aniqlamasdan, uning qiziqishlarini ilmiy
boshqarish mumkin emas.
Kitobxonlar qiziqishini keng va atroflicha tadqiq ilmiy turib, ommaviy
kutubxonachilar ishlarining rang-barang shakl va usullaridan maqsadga muvofiq
foydalanib bo’lmaydi. Qolaversa, kitobxonning qiziqishini to’liq hisobga olmasdan
kutubxonalar fondini ham talabga javob berarli darajada tashkil etish mumkin
emas.
157
N.K.Krupuskaya kitobxonlar qiziqishini o’rganish kitob o’qishga rahbarlik qilish
bilan bevosita bog’liq ekanligini doimo ta’kidlar edi. U kitobxonni o’rganish,
o’qishga
rahbarlik
qilishnins
ajralmas
qismidir,
deb
uqtiradi
va
kutubxonachilarning kitobxonlar bilan olib boradigan
barcha kundalik ishlarida
buni yaqqol ko’rinish mumkin, deb ta’kidlaydi.
Respublikamiz kutubxonalari o’z taraqqiyotida juda ko’p sohalarga e’tibor berib
keldi. Shu jumladan kitobxonlar qiziqishini rivojlantirish masalasi ham
kutubxonalarimiz faoliyatidan kata o’rin olgan.
Respublikamizdan bu tarmoqning rivojlanishi asosan 1960 yillardan keyingi
davrlarga to’g’ri keladi. Masalan, 1968 yili Sirdaryo, Buhoro viloyatlarida qishloq
xo’jaligi mutahassislarining o’z sohalariga oid kitoblarga bo’lgan qiziqishlari
o’rganildi. Farg’ona viloyat kutrubxonasining bu sohadagi faoliyatida 1970
yillardan boshlab bu yerda kitobxonlarning texnikaga doir adabiyotlar o’qishi
statistic va anketa metodlari asosida o’rganilganini ko’ramiz. 1972 yilda Andijon
viloyat kutubxonasi ijtimoiy-siyosiy adabiyotlarga bo’lgan qiziqishni talabnoma
qog’ozlariga asoslanib o’rganishni tashkil etadi.
A.Navoiy nomidagi respublika davlat kutubxonasining bu sohadagi faoliyati
alohida ko’zga tashlanadi. Bu kutubxona ham ko’p yillaridan beri kitobxonlar
qiziqishini talabnoma qog’ozlari asosida o’rganib boryapti.
Bundan tashqari
kutubxonaning metodik bo’limi tomonidan kutubxonalarda kitobxonlar qiziqishini
o’rganishni tashkil etishga mo’ljallangan qo’llanma chiqarildi.
O’tkazilgan tadqiqotlar davomida kitobxonlik faoliyatining ayrim belgilari:
kitobxon talablarining doirasi, o’qilgan nashrlarning turlari, o’qish madaniyati
komponentlaridan – kitob bilan bo’lgan munosabat sabablari hamda ularni o’qish
qoidalari o’rganildi.
Kitobxonlar formulyari va kitobxonlarni kasbi va ma’lumotiga qarab gruppalarga
ajratganimizda ular o’rtasida soha adabiyotlaridan foydalanish darajasining xar hil
ekanligini ko’ramiz. Turli kasbdagi kitobxonlar o’rtasida ijtimoiy-siyosiy
adabiyotlarni mutolaa qiluvchilar 18 foizdan 33 foizgacha o’zgarib turgani xolda,
ma’lumotiga ko’ra tahlil qilinganda ijtimoiy-siyosiy adabiyotlarni o’qish 12
foizdan 53 foizgacha bo’lgan miqdorlarni tashkil etadi.
Respublikamiz kutubxonalarida keying yillarda asosan kitobxonlar formulyari va
anketa tahlil qilish metodidan foydalanilmoqda. Ibn Sino nomidagi Buxoro viloyati
kutubxonasi 1979 yildan beri shahardagi muzika bilim yurti o’quvchilarining
qiziqishlarini o’rganishni tashkil etgan. Bulardan tashqari, respublikamizda keying
yillarda o’tkazilgan yirik tadqiqotlar jumlasiga “ Qishloq yoshlari va kitob”
izlanishini misol qilib keltirish mumkin. Bu izlanish Toshkent Davlat madaniyat
institutining kutubxonashunoslik kafedrasi va respublika kitobsevarlar jamiyati
tomonidan o’tkazildi. Tadqiqot programmasi uch bosqichdan iborat bo’lib, birinchi
bosqichda 2000 anketa Samarqand, Farg’ona,
Xorazm va Navoiy viloyat
kutubxonalari bazasida tarqatildi. Izlanishning ikkinchi bosqichida anketa
materiallari (1986 y.) Samarqand, Qashqadaryo viloyatlaridan to’plandi. Uchinchi
bosqichda to’plangan materiallar asar sifatida taqdim etishni o’z ichiga oladi.
Xozirgi kunda bu materiallar sinchkilab o’rganilmoqda.
158
Bunday misollarni ko’plab keltirish mumkin. Respublikada kutubxona
tarmoqlarining markazlashtirilgan Sistemaga o’tishi kitobxonlar qiziqishini
o’rganishda imkoniyatlar yaratadi.
Dostları ilə paylaş: