O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ
TA’LIMI VAZIRLIGI
XORAZM VILOYAT XALQ TA’LIMI XODIMLARINI QAYTA TAYYORLASH VA MALAKASINI OSHIRISH INSTITUTI
«Tasdiqlayman»
Xorazm VXTXQTMOI rektori
__________________ B.Sultanov
«____»________________ 2016y
Pedagogika , psixologiya va ta’lim menejmenti kafedrasi
Psixologiyaning dolzarb masalalari
(Xalq ta`limi muassasalari rahbarlarining o`rinbosarlari malakasini oshirish kurslari uchun)
2016 yil
Ko`rildi
|
Kafedra mudiri
|
______N.Salayeva
|
«___» __________2016y
|
Ma’ruzachilar: N. Salayeva ps.f.n. dots
K.Sobirov ps.f.n - o’qituvchi
X.Bekchanov - o’qituvchi
Taqrizchi: Psixologiya fanlar nomzodi
dotsent: J.Iskandarov
Ushbu ma’ruzalar matni «Pedagogika, psixologiya va ta’lim menejmenti» kafedrasi yig`ilishida «___»__________ 2016 yilda muhokama qilingan.
MUNDARIJA
-
1
|
Psixologiyaning dolzarb masalalari mavzusi yuzasidan ishchi dasturi..............................
|
|
2
|
O’quv -mavzui reja…………………………………………
|
|
3
|
Kirish…………………………………………………………
|
|
4
|
Davlat talablari.…………………………...…………………
|
|
5
|
Xalq ta`lim tizimida psixologik xizmat tashkil etish masalalari
|
|
6
|
Kasblarning psixologik tasnifi va uning mohiyati.
|
|
7
|
Professiografiya to`g`risida tushuncha. Reoriyentatsiya psixologik muammo sifatida
|
|
8
|
Kasbga oid olib boriladigan konsultatsiya ishlari
|
|
9
|
Tashkiliy tadbirlarda psixologik treninglardan foydalanish tartibi
|
|
10
|
Psixologiyaning dolzarb masalalri bo`yicha testlar
|
|
11
|
Psixologiya bo’yicha glossariy
|
|
12
|
Foydali maslahatlar
|
|
13
|
Normativ hujjatlar
|
|
Foydalangan adabiyotlar ro’yxati...................................
|
|
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ TA’LIMI VAZIRLIGI
XORAZM VILOYAT XALQ TA’LIMI XODIMLARINI QAYTA TAYYORLASH VA ULARNING MALAKASINI OSHIRISH
INSTITUTI
Tasdiqlayman
|
O`quv – metodik ishlar
|
bo`yicha prorektor
|
______B.Qalandarov
|
«___» ________2016y
|
Pedagogika, psixologiya va ta’lim menejmenti
kafedrasi
M AKTAB DIREKTO’R O’RINBOSARLARI KURSI UCHUN
Psixologiyaning dolzarb masalalari moduli bo’yicha ishlangan
ISHCHI DASTURI
Malaka toifasi: MT 25
O’quv muddati: 1 oy
Ta’lim shakli: kunduzgi
Ta’lim turi: malaka oshirish
Urganch – 2016
Psixologiyaning dolzarb masalalari fanidan tuzilgan ushbu ishchi dastur Xalq ta’limi vazirligining 2016 yil 4 yanvardagi 1-sоnli buyrug‘i bilan tasdiqlangan malaka оshirish kurslaridagi o‘quv mashg‘ulоtlarini tashkil etishda fоydalanish uchun tavsiya etilgan namunaviy dasturlar, o‘quv rеjalar asоsida ishlab chiqilib, ”Pedagogika, psixologiya va ta`lim menejmenti” kafedrasining 2016 yil 11 yanvardagi 1-sonli yig’ilishida muhokama etildi va Xorazm VXTXQTMOIning 2016 yil 12-yanvardagi navbatdan tashqari 1-sonli ilmiy kengash qarori bilan tasdiqlandi.
1.1. FANNI O’QITISHNING MAQSAD VA VAZIFALARI.
Tinglovchilarga psixologiya fani, uning maqsadi va vazifalari, psixologiya fanining hozirgi yangi ijtimoiy - iqtisodiy sharoitda yoshlarni milliy mafkuraviy ruxda e’tiqodli qilib tarbiyalash, ularning tafakkurini rivojlantirish va dunyoqarashini shakllantirishdagi o’rni va roli. Psixologik turkum fanlar, ya’ni umumiy psixologiya, yosh davrlari psixologiyasi, pedagogik psixologiya, ijtimoiy psixologiya, oila psixologiyasi, etnopsixologiya, maxsus psixologiya, turli soha kabi psixologiyalari hamda jamiyat taraqqiyoti bilan barobar rivojlanib, takomillashib boruvchi ta’lim nazariyasiga tayangan holda muntazam ravishda jahon miqyosidagi ta’lim sohasida yaratilayotgan barcha yangiliklarni o’zida qamrab olayotgani va jamiyat talablari asosida rivojlanib borayotganligini tushuntirish.
O’zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi tizimida psixologik xizmatning tashkil qilinganligi va psixologik xizmatning maqsadi va vazifalari, Maktabgacha, umumiy o’rta va maxsus ta’lim muassasalari psixologlari va ularning vazifalari, Respublika Tashxis Markazi va uning vazifalari, 6 yoshli bolalarni maktabga tayyorgarlik darajasini aniqlashning psixologik tashxis etishning, iste’dodli bolalarni qo’llab-quvvatlashning shuningdek, maktab o’quvchilarini kasbga yo’naltirishning tashkiliy, ilmiy, axborot dasturiy ta’minot sohalarida metodik yordamni amalga oshirish, bolalarni sog’lomlashtirish chora - tadbirlarini muvofiqlashtiruvchi ishlar olib borilayotganligini tushuntirish. Tuman (shahar) xalq ta’limi bo’linmasi tarkibidan “O’quvchilarni kasb-hunarga yo’naltirish va psixologik-pedagogik tashxis Markaz”lari. Bu Markazlarning vazifalari: o’z hududlari doirasida bolalar rivojlanishiga psixologik-pedagogik jihatdan tashxis qo’yish, ularning qobilyatini moyilligini aniqlash, bolani 7 yoshdan boshlab maktabga qabul qilish to’g’risida tavsiyanomalarberish, o’quchilarni har yili tibbiy - pedagogik tekshirishlar o’tkazish, bolalarga va ota-onalarga o’quvchilarni o’qitishda, tarbiyalashda va ijtimoiy moslashtirishda psixologik-pedagogik yordam ko’rsatish. Shuningdek, maktab o’quvchilariga, ularning qobiliyatlarini, kasb-hunarga moyilliklarni, qiziqishlarini va ko’nikmalarini hisobga olgan holda, akademik litsey va kasb-hunar kollejidagi ta’lim yo’nalishini tiklashda ko’maklashish.
Shunga ko’ra, mutaxassislik fanining asosiy maqsadi umumta’lim maktablarining barcha yoshi davridagi o’quvchilarni ta’lim olishni o’rganishga, shuningdek, shaxs xususiyatlarini va shaxslararo munosabatlarini, irodaviy sifatlarini, psixologik bilish jarayonlari va boshqa holatlarini rivojlantirishga qaratilgan faoliyatini shakllantirish asosida ularni tarbiyalash hamda shaxsiy imkoniyatlarini ro’yobga chiqarishdan iborat ekanligi nazarda tutilganligi haqida tinglovchilarga ma’lumot beriladi.
Buning uchun maktab amaliyotchi psixologlariga mutaxassislik fanlaridan dars beruvchi professor o’qituvchilar oldiga quyidagi vazifalar qo’yiladi:
-
Tinglovchilarni turli yosh davridagi o’quvchilarning bilimi, ongi va tafakkuri, psixologik bilish jarayonlari, shaxs xususiyatlari va shaxslararo munosabatlari, emotsional holatlari va irodaviy sifatlarida mavjud bo’lgan yashirin imkoniyatlarni aniqlash va rivojlantirishning metod usullari bilan qurollantirish.
-
Turli yosh davridagi o’quvchilarga ta’lim berayotgan o’qituvchilarni ta’limning dastlabki davridan boshlab o’quvchilarning yangi imkoniyatlarini shakllantiruvchi, ya’ni o’quv materialini o’zlashtirishnigina emas, balki o’quvchining o’z hayotiy muammolarini echishiga ham tayyorlashi lozim ekanligini tushuntirishdan iborat.
1.2. FAN BO’YICHA TINGLOVCHILAR BILIMIGA QO’YILADIGAN TALABLAR: (Ushbu bo’lim davlat talablari asosida to’ldirildi)
“Psixologiyaning dolzarb masalalari” bo`yicha malakasini oshirish kurslari uchun davlat talablari
Tinglovchilar:
-“O`zbekiston Respublikasi Xalq talimi tizimida psixologik xizmat to`g`risida”gi Nizomni;
-umumiy o`rta ta`lim muassasasining me`yoriy-uslubiy hujjatlariga mos holda psixologik xizmatni tashkil qilishni ;
- Kasblarning psixologik tasnifi va uning mohiyatini
-o`quvchi shaxsining rivojlanishiga ta`sir qiluvchi omillarni;
-o`quvchilarning o`quv faoliyatini faollashtirish usullarining psixologik asosini;
-o`quvchilarni kasb-hunarga yo`naltirishning psixologik asosini va uni samarali hal qilish yo`llarini;
-o`qituvchi, o`quvchi va ota–onalarning kasb psixologiyasi bilimi va madaniyatini shakllantirish yuzasidan bilimlarni;
- o`quvchilar professiografiya to`g`risida tushunchasi, reoriyentatsiya psixologik muammo sifatida ekanligini;
- kasbga oid olib boriladigan kansultatsiya ishlarini;
-o`quvchilarni individual va yosh xususiyatlariga qarab rivojlantiruvchi va korreksion dasturlar tuzishni;
-kasbiy mahorat bo`yicha o`z bilimi va ko`nikmasini
-maktab o`quvchilarida o`z salomatligiga to`g`ri munosabat va sog`lom turmush tarzini shakllantirish bo`yicha psixologik tadbirlarni;
-ta`lim muassasasining ijtimoiy muhitini muvofiqlashtirish, ijtimoiy moslashmaslik va zo`riqishlarning bartaraf etishni;
-ta`lim tarbiya jarayonida va o`z faoliyatida psixotreninglardan unumli foydalanishni bilishi lozim.
1.3. FANNI O’QITISHDA FANLARARO ALOQADORLIK
Psixologiya fani fanlararo aloqadorlik harakteridagi fandir.
Shunga ko’ra fanlararo aloqadorlikning turli darajalarini ko’zda tutish mumkin. Chunonchi, psixologiya fanini o’qitish pedagogika, pedagogik texnologiya, matematika, informatika, tabiiy fanlar, ijtimoiy fanlar va filologiya fanlari bilan bog’liq. Psixologiya fanini o’qitish boshqa fanlar bilan uzviy bog’lanadi. Predmetlararo bog’lanishni to’g’ri amalga oshirish uchun ma’ruzachi o’qituvchi har bir fan yo’nalishi xususiyatlarini hisobga olishi juda muhimdir. Ma’ruzalar ta’lim tizimidagi ilmiy izlanishlar natijalariga tayangan holda, umumiy o’rta ta’lim maktablaridagi ilg’or amaliyotchi psixologlarning ish tajribalari bilan boyitilgan materiallar asosida bayonetiladi. Bu mavzularni tinglovchilar turli uslub va usullarga oid ma’ruzalar tinglashlari va bunda har bir mavzuga qay yo’sinda yondoshish muhim ahamiyatga ega ekanligini tajriba almashishlari jarayonida muhokama qiladilar.
1.4. FANNI O’QITISH TEXNOLOGIYALARI
O’qitish texnologiyasi ma’lum predmet, mavzu va savollar doirasidagi aniq o’quv materialini o’zlashtirish yo’lini muayyan texnologiya atrofida ifoda etadi. Unda ko’proq xususiy metodika bilan bog’lanish xususiyatlari ochib beriladi.
Darslarda ko’pincha qo’llaniladigan interfaol metodlar: “Muz yorar”, “Axborot uzatish”, “Aqliy hujum”, “Tayanch signallar” “Venn diagrammasi”, “Klaster”, “Hamma-hammaga o’rgatadi”, “Uzumlar shodasi”, “Davra suhbati”, “Individual trening”, “Guruhiy trening” “AUTO trening”, “Aqliy hujum”, ““Kimsasiz orolda”, “Anketa”, “Verbal va noverbal, “Rolli o’yinlar, “Anketa”, “Ko’chma bozor”, “Komp’yuterlashtirilgan dars”Tinglovchilarga ma’ruzalarni bayon qilish jarayonida texnika vositalardan unumli foydalanish, proektor yordamida slaydlardan va elektron darslik yoki boshqa texnik vositalardan foydalanishda pedagogik texnologiya yutuqlari, axborot texnologiyalaridan foydalanish ko’zda tutiladi. Ma’ruza va boshqa turdagi mashg’ulotlar turli o’quv ko’rgazma qurollari va texnik vositalar bilan jihozlanishi kerak.
“Psixologiyaning dolzarb masalalari” bo`yicha malakasini oshirish kurslari uchun o`quv dasturi
1-mavzu: Xalq ta`lim tizimida psixologik xizmat tashkil etish masalalari (2 soat ma`ruza)
Xalq ta`limi tizimidagi psixologik xizmatning maqsadi, vazifalari. O`zbekiston Respublikasi «Xalq ta`limi tizimida psixologik xizmat to`g`risidagi muvaqqat Nizom» hakida. Ta`lim muassasasida psixoprofilaktika, psixodiagnostika va korreksion ishlarni samarali tashkil etish. Psixologik xizmat xodimlarning mas`uliyati aks etgan. Maktablardagi ta`lim-tarbiya samaradorligini oshirishda maktab amaliyotchi psixologiyaning egallagan o`rni va ahamiyati. Olti yoshli bolalarni maktabga tayyorlik darajasini aniqlash, iste`dodli bolalarni qo`llab-quvvatlash, shuningdek, o`quvchilarni kasb- hunarga yo`naltirish masalalaridagi mavjud muammolarni muvaffaqiyatli hal qilish yo`llari.
2-mavzu: Kasblarning psixologik tasnifi va uning mohiyati
(2 soat ma`ruza)
Kasbiy psixologiya fanining qisqacha tarixi. Iqtisodiy o`zgarishlar tufayli kasb-hunar sohalari va mutaxassisliklar oldiga qo`yiladigan jamiyat talablari. Kadrlar faoliyatini to`g`ri boshqarish imkoniyati. Kasb tanlashdagi, mutaxassislarni tayyorlashdagi muammolar. Kasblar tasnifi o`rganiladi. E.A.Klimov tasnifi. Kasblar guruhlarga ajratiladi. Kasbiy bilimlar, kasbiy ko`nikmalar va kasbiy malakalar shakllantirish yo`llari, usul va vositalari. Hozirgi zamon kasblar dunyosi. tinglovchilarning kasbga mutanosibliklari va kasbiy istiqbol to`g`risidagi tasavvurlari.
Kasb tanlashga yo`llash psixologik muammo sifatida. Kasb tanlashga yo`llashning tadqiqot tarixi. Kasb tanlashga yo`llashning tarkibiy qismlari, tuzilishi va ta`rifi: kasb maorifi, kasb tanlashga yo`llash, kasbga saralash, kasb adaptatsiyasi, kasbiy kamolot (shakllanish).
3-mavzu: Professiografiya to`g`risida tushuncha. Reoriyentatsiya psixologik muammo sifatida (4 soat amaliy)
Professiografiyaning mohiyati, uning yuzaga kelish tarixi va takomillashishi haqida suhbat uyushtiriladi. Professiografiyaning tuzilishi tahlil qilinadi. Psixogramma tushunchasi amaliy tarzda o`rganiladi. Turli kasblarning shaxs oldiga qo`yadigan talablari.
4-mavzu: Kasbga oid olib boriladigan kansultatsiya ishlari
(2 soat amaliy)
Dastlabki kasbga oid konsultatsiya ishlari. Kasbga oid axborot-ma`lumot konsultatsiyasi. Kasbga oid boshlang`ich shakllantirish konsultatsiya. Kasbga shaxsni mosligini aniqlash konsultatsiyasi. Kasbga oid muvofiqlashtirish konsultatsiyasi. Kasbga oid asosiy shakllantirish konsultatsiyasi. Kasbga oid nazorat konsultatsiyasi. O`quvchi shaxsini faolligini oshirish, o`qituvchi va tarbiyachini kasbga yo`llash mahorati. Kasbga yo`naltirish ishlarini yaxshi yo`lga qo`yishda kasb-hunar kollejlarining imkoniyatlari.
5-mavzu: Tashkiliy tadbirlarda psixologik treninglardan foydalanish tartibi (2 soat amaliy)
Ta`lim jarayonida tashkiliy tadbirlarning psixologik jihatlari, tadbirlarga psixologik tayyorlik ko`rish, ta`lim tizimida tadbirlarning o`rni, tadbirlarning nomlanishi, tashkilotchilik qobiliyat, o`quvchilarning shaxsiy xislatlari, o`quv faoliyatida psixologik sog`lom muhitni shakllantirish. Psixologik trening o`tkazish, trening va uning shaxs shakllanishidagi roli, tadbirlarni tashkil etish. Munozaralarda ishtirok etish va uni o`tkazish mahorati.
M AKTAB DIREKTO’R O’RINBOSARLARI KURSI UCHUN
Psixologiyaning dolzarb masalalari fanidan
ma’ruza va amaliy mashg’ulotlar mazmuni
№
|
Mavzular
|
Ma’ruza
|
Amaliy
|
Foydalanilgan adabiyotlar
|
Dars jihozi
|
1
|
Xalq ta`lim tizimida psixologik xizmat tashkil etish masalalari (2 soat ma`ruza)
Xalq ta`limi tizimidagi psixologik xizmatning maqsadi, vazifalari. O`zbekiston Respublikasi «Xalq ta`limi tizimida psixologik xizmat to`g`risidagi muvaqqat Nizom» hakida. Ta`lim muassasasida psixoprofilaktika, psixodiagnostika va korreksion ishlarni samarali tashkil etish. Psixologik xizmat xodimlarning mas`uliyati aks etgan. Maktablardagi ta`lim-tarbiya samaradorligini oshirishda maktab amaliyotchi psixologiyaning egallagan o`rni va ahamiyati. Olti yoshli bolalarni maktabga tayyorlik darajasini aniqlash, iste`dodli bolalarni qo`llab-quvvatlash, shuningdek, o`quvchilarni kasb- hunarga yo`naltirish masalalaridagi mavjud muammolarni muvaffaqiyatli hal qilish yo`llari.
|
2
|
-
|
19-23 b; 28-138 b; 89-132 s.
80-42 b; 90:
|
tarqatma va ko’rgazma qurollar, kompyuter, videoproyektor
|
2
|
Kasblarning psixologik tasnifi va uning mohiyati
(2 soat ma`ruza)
Kasbiy psixologiya fanining qisqacha tarixi. Iqtisodiy o`zgarishlar tufayli kasb-hunar sohalari va mutaxassisliklar oldiga qo`yiladigan jamiyat talablari. Kadrlar faoliyatini to`g`ri boshqarish imkoniyati. Kasb tanlashdagi, mutaxassislarni tayyorlashdagi muammolar. Kasblar tasnifi o`rganiladi. E.A.Klimov tasnifi. Kasblar guruhlarga ajratiladi. Kasbiy bilimlar, kasbiy ko`nikmalar va kasbiy malakalar shakllantirish yo`llari, usul va vositalari. Hozirgi zamon kasblar dunyosi. tinglovchilarning kasbga mutanosibliklari va kasbiy istiqbol to`g`risidagi tasavvurlari.
Kasb tanlashga yo`llash psixologik muammo sifatida. Kasb tanlashga yo`llashning tadqiqot tarixi. Kasb tanlashga yo`llashning tarkibiy qismlari, tuzilishi va ta`rifi: kasb maorifi, kasb tanlashga yo`llash, kasbga saralash, kasb adaptatsiyasi, kasbiy kamolot (shakllanish).
|
2
|
-
|
11; 15-26 b;
21; 22; 23; 60- 16 b:
|
Tarqatma, ko’rgazma qurollar
|
3
|
Professiografiya to`g`risida tushuncha. Reoriyentatsiya psixologik muammo sifatida (4 soat amaliy)
Professiografiyaning mohiyati, uning yuzaga kelish tarixi va takomillashishi haqida suhbat uyushtiriladi. Professiografiyaning tuzilishi tahlil qilinadi. Psixogramma tushunchasi amaliy tarzda o`rganiladi. Turli kasblarning shaxs oldiga qo`yadigan talablari
|
-
|
2
|
6. –B. 46-56:
7.70 s:
17. S.-164-240: 19. 23 b.
23. 136 b.
8. B.-5-31:32-48:
39. B. - 21-31:
61. B. -465-480:
62. B. -447-480:
63. B. -100-110.
66. B. 395-410:
67. B. -115-122:
69. B. -130-140:
|
Tarqatma, ko’rgazma qurollar, slaydlar, amaliy mashg’ulotning elektron varianti, rangli va oddiy qalam, oq qog’oz varog’i va hokazolar.
|
4
|
Kasbga oid olib boriladigan kansultatsiya ishlari
(2 soat amaliy)
Dastlabki kasbga oid konsultatsiya ishlari. Kasbga oid axborot-ma`lumot konsultatsiyasi. Kasbga oid boshlang`ich shakllantirish konsultatsiya. Kasbga shaxsni mosligini aniqlash konsultatsiyasi. Kasbga oid muvofiqlashtirish konsultatsiyasi. Kasbga oid asosiy shakllantirish konsultatsiyasi. Kasbga oid nazorat konsultatsiyasi. O`quvchi shaxsini faolligini oshirish, o`qituvchi va tarbiyachini kasbga yo`llash mahorati. Kasbga yo`naltirish ishlarini yaxshi yo`lga qo`yishda kasb-hunar kollejlarining imkoniyatlari.
|
-
|
2
|
1.4-45 betlar
2. 3-15 bet.
B. -100-110.
66. B. 395-410:
67. B. -115-122:
69. B. -130-140:
70. B.-35-41:
73. B.-145-154:
78. 26 b:
79. 42 b:
87. B.-68-75:
88. S. -144-155
89. S. -111-137
|
Tarqatma, ko’rgazma qurollar, slaydlar, amaliy mashg’ulotning elektron varianti, rangli va oddiy qalam, oq qog’oz varog’i.
|
5
|
Tashkiliy tadbirlarda psixologik treninglardan foydalanish tartibi (2 soat amaliy)
Ta`lim jarayonida tashkiliy tadbirlarning psixologik jihatlari, tadbirlarga psixologik tayyorlik ko`rish, ta`lim tizimida tadbirlarning o`rni, tadbirlarning nomlanishi, tashkilotchilik qobiliyat, o`quvchilarning shaxsiy xislatlari, o`quv faoliyatida psixologik sog`lom muhitni shakllantirish. Psixologik trening o`tkazish, trening va uning shaxs shakllanishidagi roli, tadbirlarni tashkil etish. Munozaralarda ishtirok etish va uni o`tkazish mahorati.
|
2
|
-
|
23. 136 b.
8. B.-5-31:32-48:
39. B. - 21-31:
61. B. -465-480:
62. B. -447-480:
|
Tarqatma, ko’rgazma qurollar, slaydlar, amaliy mashg’ulotning elektron varianti.
|
Darsda qo’llaniladigan zamonaviy pedagogik texnologiyalar.
Ma’ruza mashg’ulotlarda foydalaniladigan zamonaviy pedagogik texnologiyalar.
“Muz yorar”, “Axborot uzatish”, “Aqliy hujum”, “Tayanch signallar” “Venn diagrammasi”, “Klaster”, “Hamma-hammaga o’rgatadi”, “Uzumlar shodasi”, “Davra suhbati” va hokazolar.
Amaliy mashg’ulotlarda foydalaniladigan pedagogik texnologiyalar.
-
Individual trening. 2. Guruhiy trening. 3. AUTO trening. 4. Aqliy hujum. 5. Anketa. 6. Verbal va noverbal. 7. Rolli o’yinlar. 8. psixologik testlar. 9. Kimsasiz orolda, 10. Ko’chma bozor, 11. Komp’yuterlashtirilgan dars.
Kursni o’qitishning zamonaviy kompyuter texnik vositalari vidieo, audio-magnitafon, DWD-diskovod, vidieo – proyektor, mikrofon, kolonka multimediya kabi vositalari.
Foydalangan asosiy adabiyotlar
qo’shimcha adabiyotlar
-
Karimov I.A. Jamiyatimiz mafkurasi xalqni - xalq, millatni – millat qilishga xizmat etsin. - T., O`zbekiston, 1998.
-
Karimov I.A. Yuksak malakali mutaxassislar-taraqqiyot omili. -
T., O`zbekiston, 1995.
-
“O`zbekiston Respublikasi Xalq ta`limi tizimida psixologik xizmat to`g`risida”gi muvaqqat Nizom.- Toshkent, 2002 yil 1 avgust.
-
Adizova T.M. Boshqaruv muloqoti psixologiyasi. –Toshkent, 2000 y.
-
Karimova V.M. Ijtimoiy psixologiya asoslari.-T.: «O`qituvchi», 1994 y.
-
Bolalar psixologiyasi.- T.: “O`qituvchi”, 1982 y.
-
Anikeev N.P. Jamoada ruhiy muhit. –T.: “O`qituvchi”, 1993 y.
-
Niyazmetova G. Shaxsni o`rganish metodikalari.-T., 2000 y.
-
Anikeev N.P. Jamoada ruhiy muhit T. “O’qituvchi” 1993 y.
-
. Axunjanova S.A. Bolalarning maktabga psixologik tayyorgarligi. T. 2003. 26. b
-
Davletshin. M.G. “Zamonaviy maktab o’qituvchisining psixologiyasi” T., 1999. 23 b.
-
. Davletshin. M. Psixologiyadan asosiy tushunchalar.-T., 1997. 38 b.
-
Davletshin M.G. (tahriri ostida) “YOsh psixologiyasi va pedagogik psixolgiya” T. 2002 y.
-
Dustmuhamedova.SH.A. O’quvchilarning o’quv faoliyatlarini boshqarish psixologiyasi. T., 2000. 33 b.
-
Karimova V.M. Ijtimoiy psixologiya asoslari. T., O’qituvchi. 1994.
-
Umumiy psixologiya. M.G. Davletshin., S.M.To’ychieva.-T., 2002.-149 b.
-
Qoplonova M., Avlaev O. Boshqaruv psixologiyasi T. 2004 y
Dostları ilə paylaş: |