ASOSIY, OMMAVIY DARAJA - psixologik xizmatning kundalik vazifalarini (maktabdagi psixologik xizmat haqidagi qonun va qoidalarga binoan psixologik) tomonidan to’g’ri hal etish. Bu ish amaliy psixologlar (maktab psixologlari). Viloyat xalq ta’limi Boshqarmasi qoshidagi psixologik xizmat bo’limlari, tuman, shahar xalq ta’limi qoshidagi psixologik xizmat xonalari, maktab, maktabgacha tarbiya muassasalari, hunar-texnika bilim yurtlari, yoki akademik litsey va kasb-hunar kollejlari amaliy psixologlar tomonidan amalga oshiriladi. Maktab psixologi maxsus tayyorgarlikka ega bo’lishi pedagogika institutlarining amaliyotchi psixologlar tayyorlaydigan maxsus kurslarini, universitet va institutlarning psixologiya fakultetlarini bitirgan bo’lishlari kerak.
bolalar, ularning ota-onalari yoki qonuniy vakillari, shuningdek, maktabgacha ta`lim, umumta`lim muassasasi, mehribonlik uyi pedagoglari bilan olib boriladigan ishlarning muayяn yo`nalishlarini mustaqil shakllantirish;
psixologik xizmatni amalga oshirish doirasida tadbirlarning ketma-ketligini, maktabgacha ta`lim, umumta`lim muassasasi, mehribonlik uyi pedagogik jarayonining o`ziga xos tomonlari, muayяn shart - sharoitlari va kontingentini hisobga olgan holda o`z faoliяtining ustuvor yo`nalishlarini belgilash;
muassasa rahbariяtiga o`zi uchun xona, mebel jihozlari, kompyuter va boshqa texnika vositalari, idora buyumlari ajratilishi to`g`risidagi talablar bilan murojaat qilish;
maktabgacha ta`lim, umumta`lim muassasasi, mehribonlik uyi hujjatlari bilan tanishish;
psixologik-pedagogik tashxisga oid яngi metodikalar, psixoprofilaktika va korreksion - rivojlantiruvchi dasturlarni ishlab chiqishda qatnashish, ularni sinovdan o`tkazish va amaliyotga joriy etishda ishtirok etish;
ma`muriяt bilan kelishgan holda sinfdagi va sinfdan tashqari mashg`ulotlar, shuningdek, boshqa tadbirlarda o`quvchilarning xulq-atvori hamda individual xususiяtlarini, ularning o`qishga, sinf rahbari va o`qituvchilar bilan muomala munosabatini o`rganish maqsadida ishtirok etish;
psixologik tadqiqot va tajribalar o`tkazish, ularning natijalarini ilmiy jurnallarda hamda boshqa matbuot nashrlarida e`lon qilish;
muassasa ma`muriяti ko`rsatmalari psixologning mazkur Nizomda belgilangan majburiяtlari, funksiяlari va faoliяt yo`nalishlariga zid bo`lsa, ularni bajarmaslik;
bolalar taqdirini hal etuvchi turli idoralar va komissiяlar ishida maslahat ovozi huquqi bilan qatnashish, qabul qilingan qarorlar qoniqtirmagan holatlarda yuqori turuvchi idoralarga murojaat qilish;
joylardagi davlat hokimiяti idoralariga, tibbiyot va huquqni muhofaza qilish muassasalariga, boshqa davlat va jamoat tashkilotlariga bolalar huquqlari hamda manfaatlarini himoя qilish masalalari bo`yicha iltimosnomalar bilan murojaat qilish;
barcha darajadagi tashxis markazlariga maktab o`quvchilarining kasbiy o`zligini belgilashi hamda kasb - hunarga yo`naltirish masalalalari bo`yicha murojaat etish;
O`zbekiston Respublikasi qonunchiligida halq ta`limi tizimi muassasalari xodimlari uchun nazarda tutilgan rag`batlantirish va imtiyozlardan foydalanish.
17. Psixolog quyidagilar uchun javobgardir:
ish faoliяtini rejalashtirish va ularni bajarish, olinadigan natijalar hamda ular bo`yicha belgilangan tartibdagi hisobotlarni tayyorlashga;
psixologik ma`rifat, tashxis, psixoprofilaktika, korreksion-rivojlantiruvchi, maslahat tadbirlarining sifati hamda o`tkazish muddatlariga rioя qilishga;
psixologik tashxisning to`g`riligi, tashxis natijalari bo`yicha beriladigan tavsiяlarning asoslanganligiga;
o`quvchilar (tarbiяlanuvchilar), ularning ota-onalari yoki qonuniy vakillarining, maktabgacha ta`lim, umumta`lim muassasasi, mehribonlik uyi pedagoglari va rahbarlarining manfaatlaridan kelib chiqib, ular to`g`risidagi ma`lumotlarning sir saqlanishiga;
o`quvchilar (tarbiяlanuvchilar) ning va ta`lim jarayoni boshqa sub`ektlarining shaxsiy muammolariga hamda tashxisi natijalariga oid psixologik va boshqa ma`lumotlarning oshkor etilishiga.
5.Maktablardagi ta`lim-tarbiya samaradorligini oshirishda maktab amaliyotchi psixologiyaning egallagan o`rni va ahamiyati.
“Biz o`tgan davrda amalga oshirgan ishlarimizga baxo berar ekanmiz, “Kecha kim edigu bugun kim bo`ldik?” degan savol asosida ularning moxiyati va axamiyatini o`zimizga chuqur tasavvur etamiz. Ayni vaqtda “Ertaga kim bo`lishimiz, qanday yangi marralarni egallashimiz kerak?” degan savol ustida o`ylashimiz, nafaqat o`ylashimiz, balki amaliy ishlarimiz bilan bunga javob berishimiz lozim.2
Xalq ta’limi tizimidagi faoliyat yuritayotgan amaliyotchi psixologlar quyidagi vazifalarni bajaradilar:
Bolalarni maktabga qabul qilishda ularning psixologik tayyorgarlik darajasini o`rganish; aqliy rivojlanganlik davri cho`zilgan bolalar uchun moslashtiruvchi, korrektsion-rivojlantiruvchi, yuqori darajada individuallashtirilgan guruhlar tashkil etish; bu guruhlarda maxsus dasturlar asosida mashg’ulotlar o`tish; ota-onalar uchun bolalarni maktabga tayyorlash bo`yicha o`quvlar va maslahatlar tashkil etib o`tkazish.
Bolalarni maktabga qabul qilishda ularning psixologik tayyorgarlik darajasini o`rganish Har bir yosh davrida bolalarning ruhiy va shaxs rivojlanishlaridagi sifat o`zgarishlarini o`rganib borish, «inqiroz» yosh davrlardagi o`zgarishlarni «nazorat» ostiga olish.
Bolalarni psixik taraqqiyoti, shaxs va aqliy rivojlanishini muntazam ravishda kuzatib borish, salbiy burilishlarini oldini olish, nuqsonlarni tuzatish, bartaraf etish choralarini ko`rish, ular haqida tegishli ma’lumotlarni to`plash, psixologik va tibbiy yordam berishni tashkil etish va maxsus o`quv muassasalariga yo`llanmalar berish;
Shaxslararo munosabatlarni faollashtirish, ziddiyat va nizoli holatlarning oldini olish, bartaraf etish. Jamoada mo`’tadil psixologik muhitni yaratish.
Ta’lim-tarbiya, kasb-hunarga yo`naltirish ishlariga oid psixologik muammolar bo`yicha maktab ma’muriyati, pedagoglar, o`quvchilar va ota-onalarga maslahatlar berib borish. Bola tarbiyasiga daxldor shaxslarning psixologik savodxonligini oshirish ishlarini yo`lga qo`yish.
Bolalarning har bir yosh bosqichida shaxs sifatida va intellektual jihatdan to`laqonli rivojlanishini ta’minlash, ularda o`z-o`zini tarbiyalash va rivojlantirish qobiliyatini shakllantirish
O`quvchilar uchun o`qish, o`z-o`zini tarbiyalash, hayot yo`lini tanlash va boshqa muammolari bo`yicha individual, guruhiy maslahatlar o`tkazish.
Kasb-hunarga yo`naltirish ishlarini amalga oshirish, maktabni bitirish arafasida turgan o`quvchilarga asosli ravishda keyingi ta’lim yo`nalishini tanlashda yordamlashish va tegishli tavsiyalar berish, o`quvchilarning qiziqish, qobiliyat va iqtidorini diagnostikalash,.
6.Olti yoshli bolalarni maktabga tayyorlik darajasini aniqlash, iste`dodli bolalarni qo`llab-quvvatlash, shuningdek, o`quvchilarni kasb- hunarga yo`naltirish masalalaridagi mavjud muammolarni muvaffaqiyatli hal qilish yo`llari.
6-7 yoshdagi bolalarning boshlang`ich sinflarda o`qishga tayyorgarligini o`rganish maqsadida ularning psixologik rivojlanishi va qobiliяtlarini aniqlash;
ixtisoslashtirilgan davlat umumta`lim maktablariga qabul qilishda o`quvchilarning bilish va boshqa maxsus qobiliяtlarini aniqlash hamda baholash;
turli psixologik tashxis metodikalari yordamida o`quvchilar bilan test-sinovlari o`tkazish va suhbatlashish, natijalarni maktabda ta`lim olish davri mobaynida “Psixologik-pedagogik tashxis daftari” da qayd etib borish;
o`quvchilar (tarbiяlanuvchilar) ning iqtidori va potensial qobiliяtlarini rivojlantirishga imkon beruvchi psixologik-pedagogik sharoitlarni яratish maqsadida ulardagi iqtidorni tashxis qilish orqali aniqlash;
umumta`lim muassasalari o`quvchilari va bitiruvchilarining kasb-hunar, mutaxassislik va o`rta maxsus kasb-hunar ta`limi muassasalari ta`lim yo`nalishini (kasb-hunar kolleji va akademik litsey) tanlashida ularning qiziqishi, layoqati va bilish qobiliяtlarini aniqlash;
tarbiяsi og`ir bolalar va o`smirlar bilan korreksion ishlarni amalga oshirish, ularni tarbiяlash, maktab hamda ijtimoiy muhitga moslashishini ta`minlash maqsadida individual-psixologik va shaxs xususiяtlarini aniqlash;
tashxis natijalari bilan o`quvchilar, ota-onalar yoki qonuniy vakillar, pedagoglarni tanishtirish, shaxsning ongli ravishda kasb-hunar tanlashini shakllantirish va rivojlantirishda ularga buning ahamiяtini tushuntirish;
shaxsiy muammolarning yechimini topish va ularga zarur psixologik yordam ko`rsatish maqsadida ota-onalar yoki qonuniy vakillar, pedagoglar (ularning roziligi bilan) bilan tashxis ishlarini olib borish.
v) Psixologik profilaktika – bolalarning psixologik salomatligidagi buzilishlar, ularning intellektual, shaxsiy va ijtimoiy rivojlanishidagi salbiy og`ishlarni o`z vaqtida oldini olish.
Kasbiy ma`rifat - o`quvchilarga turli kasblar, ixtisosliklar, mansab lavozimlari, tanlangan kasbni, ixtisoslikni egallash mumkin bo`lgan ta`lim turlari hamda ta`lim muassasalari, shuningdek, kasbning insonga, uning jismoniy, psixologik va shaxsiy sifatlariga, salomatligiga qo`яdigan talablari haqida ma`lumotlar berish;
kasbiy maslahat - o`quvchilarga ularning individual xususiяtlari va mehnat bozori talablariga, ta`lim olish hamda kelgusida ishga joylashish imkoniяtlariga muvofiq kasb va ta`lim muassasasini tanlashga yordam berish;
kasbiy tashxis – o`quvchilarning bilish (o`quv predmetlariga, fanga) va kasbiy (kasblarga, mutaxassisliklarga) qiziqishlarini, kasb tanlash motivlari va kasbiy rejalarini aniqlash hamda baholash;
kasbiy tarbiя - bolalar va o`smirlarda mehnat malaka va ko`nikmalarini, kasblarga qiziqish, mehnatsevarlik, ishchanlik hamda mas`uliяtni shakllantirish va rivojlantirish.
O`quvchilarni kasb-hunarga yo`naltirish bo`yicha tadbirlar O`zbekiston Respublikasi Xalq ta`lim vazirligi, Respublika tashxis Markazi buyruqlari, me`yoriy xujjatlari va metodik tavsiяlari asosida barcha darajadagi tashxis markazlari tomonidan tashkil etiladi va bevosita ta`lim muassasalarining psixologlari tomonidan amalga oshiriladi.
2-mavzu: Kasblarning psixologik tasnifi va uning mohiyati
(2 soat ma`ruza)
O`quv vaqti: 80 minnut
|
tinglovchi soni
|
O`quv mashg`ulotining tuzilishi
|
1.Kasbiy psixologiya fanining qisqacha tarixi. Iqtisodiy o`zgarishlar tufayli kasb-hunar sohalari va mutaxassisliklar oldiga qo`yiladigan jamiyat talablari.
2.Kadrlar faoliyatini to`g`ri boshqarish imkoniyati.
3.Kasb tanlashdagi, mutaxassislarni tayyorlashdagi muammolar. Kasblar tasnifi o`rganiladi. E.A.Klimov tasnifi. Kasblar guruhlarga ajratiladi. Kasbiy bilimlar, kasbiy ko`nikmalar va kasbiy malakalar shakllantirish yo`llari, usul va vositalari.
4.Hozirgi zamon kasblar dunyosi. tinglovchilarning kasbga mutanosibliklari va kasbiy istiqbol to`g`risidagi tasavvurlari.
|
O`quv mashg`ulotining maqsadi : tinglovchilarda Kasbiy psixologiya fanining taraqqiyoti, Kasbiy psixologiyasining tarixi., maqsadi va vazifalari xususida tuShuncha hosil qilish.
|
Pedagogik vazifalar:
yangi mavzu bilan tanishtirish, mavzuga oid ilmiy atamalarni ochib berish, asosiy maslalar bo`yicha tuShunchalarni shakllantirish.
|
O`quv faoliyatining natijalari:
tinglovchilarda psixologiya fanining predmeti, metodlari va tarmoqlari xaqida tasavvurga ega bo`ladilar, asosiy ma`lumotlarni kospektlashtiradilar.
|
Ta`lim usullari:
|
BBB, “Klaster”, ma`ruza
|
O`quv faoliyatini tashkil qilish shakli
|
Ommaviy
|
Ta`lim vositalari
|
Slaydlar, marker, flipchart, jadval
|
Qayta aloqa usullari va vositalari
|
Savol javob
|
O`quv mashg`ulotining texnologik xaritasi
Ishlash bosqichlari, vaqti
|
Faoliyat mazmuni
|
|
O`qituvchining
|
tinglovchining
|
1 bosqich
(5 min).
1.2 O`quv mashgulotiga kirish (10min)
|
1.1 O`quv xujjatlarini to`ldirish va tinglovchilar davomatini tekshirish
1.2 Kasbiy Psixologiya tarixi.,xaqida ma`lumotlar beriladi.O`quv mashgulotiga kirish davomida dastlab tinglovchilarga BBB jadvali taklif etiladi va uning Bilaman, Bilishni xoxlayman grafalari to`ldiriladi. Jadvalning ikkita grafasi to`ldirilganidan so`ng ma`ruza boshlanadi.
|
Tinglashadi. Aniqlashtiradilar, savollar beradilar. Kasbiy Psixologiya fani bo`yicha dastlabki tuShunchalarini ifodalovchi ma`lumotlarni BBB jadvaliga tushiradilar
|
2 bosqich
Asosiy 50 min
|
2.1. Jadvalning ikkita grafasi to`ldirilganidan so`ng ma`ruza boshlanadi.
Psixologiya faning taraqqiyot bosqichlari.Fan taraqqiyoti davomida psixologiya predmeti xaqida tushunchalarni o`zgarib borishi. To`rtta taraqqiyot bosqichlari tavsiflanadi. 2.3. .Kasb psixzologiyasida jins va yosh hususiyatlari muammosi,unng yechmini toppish borasidagi izlanishlar.
, Ularning yutuq va kachiliklari, qo`llash sharoitlari xususida tuShuncha berish. Jadval yordamida tuShuntirish olib borish.
|
Konspekt yozishadi, tinglashadi, Psixologiya tarmoqlari rejasi bo`yicha doskada klaster tuzishadi. Mavzu bo`yicha savollar beradilar.
|
3 bosqich. yakuniy natijalar 15 min.
|
3.1 Mavzu bo`yicha xulosa qilish. Psixologiyaning shakllanish tarixi, predmeti , metodlari va tarmoqlari yuzasidan umumlashtiruvchi fikr bildiriladi.
3.2 tinglovchilarga BBB jadvalini bilib oldim grafasini to`ldirish taklif etiladi, va o`quv mashg`ulotning maqsadiga erishish darajasi taxlil qilinadi
3.3 Mavu yuzasidan o`quv vazifasi beriladi. Amaliy mashgulotga tayyorlanish
|
O`rganilgan mavzu bo`yicha olgan ma`lumotlarni BBB jadvalini yakuniy grafasiga tushiradilar.
|
Dostları ilə paylaş: |