O`tirib turish.
Hamma ishtirokchilar doira shaklida o`tiradilar.
Yo`riqnoma: «Men sizlarga u yoki bu panjalar sonini ko`rsataman. Ba`zan bir qo`lda, ba`zan ikki qo`lda, men qo`limni ko`tarishim bilan, shuncha ishtirokchilar o`rinlaridan turishlari kerak, nechta ekanligini men ko`rsataman. (ko`p ham, oz ham emas) Masalan: agar men qo`limni ko`tarib to`rtta panjamni ko`rsatsam (ko`taradi va ko`rsatadi) unda mumkin qadar tezroq sizlardan to`rt kishi turadi. Qachonki, men kaftimni tushirsam, ular o`tirishlari mumkin».
Trener guruhga bir necha marta u yoki bu panjalarining sonini khrsatadi. Mashq boshlanishida 5-7 panjani ko`rsatish yaxshiroq bo`ladi, oxiriga borib esa 1-2 ta panjalarni. Mashqning bajarilishi jarayonida trener guruh ishtirokchilarinnig vazifani bajarishga bo`lgan intilishlari haqida mulohaza yuritadi va taalluqli xulosalar chiqaradi. Muhokama vaqtida trener guruhga bir necha savollar berishi mumkin: «Biz oldimizga qo`yilgan vazifani bajarishimizda nima yordam berdi, yoki uning bajarilishini nima qiyinlashtirdi?», «Siz turishga qaror qilganingizda nimani nazarda tutdingiz? Agar bizda bu vazifani oldindan muhokama qilish, qaror qilish imkoniyati bo`lganda, ishni qanday tashkil etgan bo`lardik?».
Barmoq tashlash.
Guruhning hamma ishtirokchilari doira shaklida o`tiradilar.
Yo`riqnoma: «Hozir hammamiz birgalikda quyidagi topshiriqni hal etishimizga to`g`ri keladi: Men «bir, ikki, uch», - deb sanayman va hamma tezlik bilan, bir vaqtning o`zida bir-biri bilan kelishmasdan, gaplashmasdan, qo`ldagi panjalarni xohlagan miqdorda tashlaydi». Mashq hamma bir xilda barmoq tashlamaguncha davom etaveradi. Davraning hamma ishtirokchilari bir xildagi barmoqlar sonini tashlaganda mashq tugagan hisoblanadi.
Mashqlar turlicha o`tishi mumkin. Ba`zan guruhga vazifa yechilmaguncha o`ttiz martagacha takrorlash talab qilinadi, ba`zan to`rt-besh marta yetarli bo`ladi. Har qanday holatda ham, mashq muhokama qilish uchun boy ma`lumotlar beradi.
Ishchanlik muhitini yaratuvchi o`yinlar.
Joy almashish
Ishtirokchilar doira atrofida o`tiradilar, trener esa doira o`rtasida turadi.
Yo`riqnoma: doiraning markazida turgan kishi (boshida bu men bo`laman) biror umumiy belgiga ega bo`lgan narsani hammaga taklif etadi va kimda shu belgi bo`lsa u joyini almashadi. Masalan, men shunday deyman: «Singlisi borlar joyingizni almashtiring» va hamma singlisi borlar joylarini almashtirishlari kerak. Bunda doiraning markazida turgan kishi bo`shagan joyni egallashga ulgurishi kerak. Markazda joysiz qolgan ishtirokchi esa o`yinni davom ettirishi kerak».
Mashq tugaganidan so`ng trener guruhga quyidagi savollar bilan murojaat etishi mumkin: «Siz o`zingizni qanday sezayapsiz?», «Hozir sizning kayfiyatingiz qanday?». Qoidagi muvofiq mashqlar quyidagicha o`tadi. U qizishganlikni pasaytiradi, kayfiyatini ko`taradi, diqqat va fikrlarni faollashtiradi.
Mevali salat.
O`yin ishtirokchilari doira shaklida o`tirib olishadi, ulardan bittasi (chaqiruvchi) o`rtada turadi. U uchta odamdan eng yaxshi ko`rgan mevasining nomini aytishini so`raydi va keyin doira bo`ylab yurib, o`zidan boshlab har bir ishtirokchiga aytilgan uch xil mevaning nomi bilan «ism» qo`yib chiqadi. Masalan, agar mevalar — olma, anor, uzum bo`lsa, o`ziga «olma» deb nom qo`yadi va qolganlarga ham shu tarzda nom qo`yib chiqishni davom ettiradi (ishtirokchilarnng hammasiga ism qo`yilmaguncha). Shundan so`ng boshqalarga nom bergan o`rtadagi odam mevalardan birortasining (masalan, olma) nomini aytsa, barcha «olmalar» o`rinlarini almashishlari lozim bo`ladi, o`rtadagi odam esa ulardan birining o`rniga o`tirib olishga harakat qilishi kerak. Turib qolgan odam chaqiruvchi bo`ladi. Agar o`rtadagi odam «mevali salat» desa barcha ishtirokchilar o`rinlarini almashadilar.
Bu o`yin juda qizikarli va jalb qilish xususiyatiga ega bulib, ishtirokchilar o`rtasidagi barerni yo`qotishga va ularni tez o`ylab, tez harakat qilishga undaydi.
«Orqama-orqa».
Ishtirokchilar xona bo`ylab harakat qiladilar. Boshlovchi tana a`zolaridan birining nomini aytadi, masalan, «orqa» deydi. Shunda ishtirokchilar o`zlariga juft topib, bir-biriga suyanishlari kerak. O`ziga sherik topa olmagan ishtirokchi esa o`rtaga chiqadi va o`yinni davom ettirish uchun boshqa tana a`zolarining nomini aytadi (masalan qo`l, oyoq, bosh barmoqlar, yelka va hokazo).
“G`aram, tepalik, so`qmoq».
Ishtirokchilar 6-10 kishilik guruhga bo`linadilar. Har bir guruh a`zolari bir-birlarining qo`llaridan ushlab, davra quradilar. O`yin ishtirokchilarning o`ng tomonga qarab aylanishi bilan boshlanadi. Boshlovchi tomonidan «So`qmoq» deyilganda ishtirokchilar bir qator bo`lib o`tirib olishlari kerak. 'G`aram» deyilganda har bir guruh 2 kichik guruhga bo`linadi va bir-biriga yuzma-yuz bo`lib, qo`llarini birlashtirib yuqoriga ko`taradilar. «Tepalik» deyilganda esa, ishtirokchilar yana bir qator bo`ladilar, biroq bunda guruhdagi bir ishtirokchi tursa, ikkinchisi o`tirib oladi, natijada tepaliklar ko`rinishini aks ettiradilar. Vazifani boshqalardan oldin va yaxshi bajargan guruhga 1 ball beriladi. Shunday qilib eng ko`p ball jamg`argan g`olib deb topiladi
«Orqadagi yozuvlar».
Ishtirokchilarning orqalariga varaq mahkamlab qo`yiladi. Hamma ishtirokchilar xonada xohlagan odamining oldiga borib uning orqasidagi qog`ozga bu odamning nimasi o`ziga yoqishini yozishi kerak. Vazifani mukammallashtirish ham mumkin. Masalan, o`sha odamda nimani o`zgartirishni xohlashini yozishi mumkin.
Informatsiyani (ma`lumotni) so`zsiz uzatish.
Bu o`yinda boshlovchi yo`naltirib turuvchi rolini bajaradi. Boshlovchi shunday tushuntirish beradi: «Hozir bir kishi xonadan tashqariga chiqib turadi, qolganlar esa unga qanaqa ma`lumotni aytish lozimligi haqida kelishib olishadi. Men uni chaqiraman, shunda butun guruh imo-ishora, turli qiliqlar va yuz harakatlari bilan unga shu informatsiyani uzatishga harakat qilishadi. Chaqirilgan odamning vazifasi - guruh unga aytmoqchi bo`layotgan ma`lumotni anglab olishdan iborat».
Boshlovchiga eslatma: Odatda, o`smirlar o`yin muhitidan nojo`ya xatti-harakatlarni bajarish uchun bahona sifatida foydalanishlari mumkin. Albatta, bu o`yinda nojo`ya harakatlar bo`lishi tabiiy, lekin kimki vaziyatdan sho`xlik va hazil-huzul uchun foydalanmoqchi bo`lsa, uni o`ynayotgan guruhinng o`zi tartibga keltirib qo`yishi kerak. Bu usulning muhim ta`sir kuchiga egaligini hisobga olib, uni jamoatchilikdan holi va shovqin kam bo`lgan maxsus xonalarda o`tkazish maqsadga muvofiqdir.
“Men hech qachon .........maganman”.
Ishtirokchilar navbatma-navbat «Men hech qachon .........maganman» degan jumladan iborat gap aytishlari lozim (masalan, «Men hech qachon parashyutdan sakramaganman», «Men hech qachon dengizda cho`milmaganman», «Men hech qachon sigaret chekmaganman» va h.k.). Qolgan ishtirokchilar esa, aytilayotgan gaplar, agar ular uchun noto`g`ri bo`lsa barmoqlarini bukib boradilar. Ya`ni, masalan, biror ishtirokchi parashyutdan sakragan bo`lsa, bitta barmog`ini bukadi, keyingi ishtirokchi tomonidan aytilgan gap ham uning uchun noto`g`ri bo`lsa (ya`ni u dengizda cho`milgan bo`lsa) yana bitta barmog`ini bukadi va h.k. 10 ta gap aytilganidan so`ng kimningdir barmoqlaridan birortasi yoki bir nechtasi bukilmasdan qolgan bo`lsa, o`sha yutadi. Boshlovchi ishtirokchilarni oldindan aytilayotgan gaplar hayotiy bo`lishi lozimligi va barmoqlarni adolatli bukish lozimligi hakida ogohlantirishi kerak. Jins xususiyatlarini e`tiborga olmasdan gap aytgan ishtirokchi yutqazadi. Bir xil hayot tarziga ega bo`lgan odam (bukilmagan barmoqlari qancha ko`p bo`lsa) yutadi, aksincha boy hayotiy tajribaga ega bo`lgan odam (barcha barmoqlari bukilgan) yutqizadi. O`yin shu tarzda barcha ishtirokchilar bittadan gap aytgunlaricha davom ettiriladi.
4-mavzu: Kasbga oid olib boriladigan konsultatsiya ishlari
(2 soat amaliy)
Mashgulotining ta`lim texnologiyasining modeli
O`quv vaqti: 80 minnut
|
tinglovchi soni
|
O`quv mashg`ulotining tuzilishi
|
1.Dastlabki kasbga oid konsultatsiya ishlari.
2.Kasbga oid axborot-ma`lumot konsultatsiyasi.
3.Kasbga oid boshlang`ich shakllantirish konsultatsiya.
4.Kasbga shaxsni mosligini aniqlash konsultatsiyasi. Kasbga oid muvofiqlashtirish konsultatsiyasi
5.Kasbga oid asosiy shakllantirish konsultatsiyasi. Kasbga oid nazorat konsultatsiyasi. O`quvchi shaxsini faolligini oshirish, o`qituvchi va tarbiyachini kasbga yo`llash mahorati. Kasbga yo`naltirish ishlarini yaxshi yo`lga qo`yishda kasb-hunar kollejlarining imkoniyatlari
|
O`quv mashg`ulotining maqsadi : Tinglovchilarda kasbga oid olib boriladigan kansultatsiya ishlari to`g`risida umumiy tushuncha hosil qilish.
|
Pedagogik vazifalar:
yangi mavzu bilan tanishtirish, mavzuga oid ilmiy atamalarni ochib berish, asosiy maslalar bo`yicha tushunchalarni shakllantirish.
|
O`quv faoliyatining natijalari:
Tinglovchilar kasbga oid olib boriladigan kansultatsiya ishlari to`g`risida tasavvurga ega bo`ladilar, asosiy ma`lumotlarni kospektlashtiradilar.
|
Ta`lim usullari:
|
BBB, “Klaster”, ma`ruza
|
O`quv faoliyatini tashkil qilish shakli
|
Ommaviy
|
Ta`lim vositalari
|
Slaydlar, marker, flipchart, jadval
|
Qayta aloqa usullari va vositalari
|
Savol javob
|
O`quv mashg`ulotining texnologik xaritasi
Ishlash bosqichlari, vaqti
|
Faoliyat mazmuni
|
|
O`qituvchining
|
Tinglovchining
|
1 bosqich
(5 min).
1.2 O`quv mashgulotiga kirish (10min)
|
1.1 O`quv xujjatlarini to`ldirish va tinglovchilar davomatini tekshirish
1.2 . Dastlabki kasbga oid konsultatsiya ishlari.
xaqida ma`lumotlar beriladi.O`quv mashgulotiga kirish davomida dastlab tinglovchilarga BBB jadvali taklif etiladi va uning Bilaman, Bilishni xoxlayman grafalari to`ldiriladi. Jadvalning ikkita grafasi to`ldirilganidan so`ng ma`ruza boshlanadi.
|
Tinglashadi. Aniqlashtiradilar, savollar beradilar. Psixologiya fani bo`yicha dastlabki tuShunchalarini ifodalovchi ma`lumotlarni BBB jadvaliga tushiradilar
|
2 bosqich
Asosiy 50 min
|
2.1. Jadvalning ikkita grafasi to`ldirilganidan so`ng ma`ruza boshlanadi.
2.2. Kasbga oid axborot-ma`lumot konsultatsiyasi tushunchasiga izox berish.
2.3. . Kasbga oid boshlang`ich shakllantirish konsultatsiya xususida tushuncha berish. Jadval yordamida tushuntirish olib borish.
2.4. . Kasbga shaxsni mosligini aniqlash konsultatsiyasi asoslari va manbalari. mazkur masala bo`yicha klaster tuziladi va xar bir tarmoq xaqida ma`lumot berib boriladi.
|
Konspekt yozishadi, tinglashadi, Psixologiya tarmoqlari rejasi bo`yicha doskada klaster tuzishadi. Mavzu bo`yicha savollar beradilar.
|
3 bosqich. yakuniy natijalar 15 min.
|
3.1 Mavzu bo`yicha xulosa qilish.
3.2 Tinglovchilarga BBB jadvalini bilib oldim grafasini to`ldirish taklif etiladi, va o`quv mashg`ulotning maqsadiga erishish darajasi taxlil qilinadi
3.3 Mavu yuzasidan o`quv vazifasi beriladi. Amaliy mashgulotga tayyorlanish
|
O`rganilgan mavzu bo`yicha olgan ma`lumotlarni BBB jadvalini yakuniy grafasiga tushiradilar.
|
Reja:
1.Dastlabki kasbga oid konsultatsiya ishlari.
2.Kasbga oid axborot-ma`lumot konsultatsiyasi.
3.Kasbga oid boshlang`ich shakllantirish konsultatsiya.
4.Kasbga shaxsni mosligini aniqlash konsultatsiyasi. Kasbga oid muvofiqlashtirish konsultatsiyasi
5.Kasbga oid asosiy shakllantirish konsultatsiyasi. Kasbga oid nazorat konsultatsiyasi. O`quvchi shaxsini faolligini oshirish, o`qituvchi va tarbiyachini kasbga yo`llash mahorati. Kasbga yo`naltirish ishlarini yaxshi yo`lga qo`yishda kasb-hunar kollejlarining imkoniyatlari
1.Dastlabki kasbga oid konsultatsiya ishlari.
Har bir masalaga xalqimizning milliy manfaati va yana bir bor milliy manfaati nuqtai nazaridan yondoshish, teran qiyosiy taxliliy mushoxada, tarix, zamon va kelajakni bir butun dialektik xodisa sifatida ko`rish, har qanday mavzuda jo`shqin baxs va muloqotga tayyorlik – bularning barchasi mustaqil o`zbek davlatining asoschisi, dunyo miqyosida tan olingan yirik davlat va siyosat arbobi Islom Karimovning siyosiy uslubiga xos bo`lgan yorqin xususiyatlar ekaniga ishonch xosil qilamiz.4
Mustaqillik yillarida o`quvchi-yoshlarni kasb xunarga yo`naltirish masalalarining dolzarblashuvi, ularning erkin, ongli kasb-xunar tanlashlari uchun ijtimoiy-iqtisodiy, pedagogik-psixologik shart-sharoitlar yaratish zarurati bilan izoxlanadi. Bu pedagogika va psixologiya fanlarida empirik va nazariy darajadagi tadqiqotlarning ko`payishiga sabab bo`lsada, shaxsning umumiy rivojlanish jarayonining muxim tomoni xisoblangan, “ongli kasb tanlashga tayyorlik” yoki “kasb-xunarga yo`nalganlik” tushunchalarini yanada mukammalroq tadqiq qilish kerakligini ko`rsatmoqda.
Dastlabki kasbga oid konsultatsiyani-sinf raxbari, o’quvchilar, psixolog pedogoklar amalga oshiradi. Ular o’quvchilarni kasbga oid dastlabki niyatlari bilan tanishadilar. Bu niyatlari o’quvchilarni shaxsiy layokatlari, kobilyatlari, sogliklariga kay darajada mos kelishini muxokama kiladilar. Muxokama xulosasi yakkama-yakka suxbat paytida o’quvchiga ma`lum kilinadi: niyatning tugriligi ma`kullanadi yoki kasbga oid axborot ma`lumot materiallarini urganish maslaxat beriladi.
Kasblarga oid axborot ma`lumot-konsultatsiyasi vaqtida dastlabki konsultatsiya natijalariga karab axborot-ma`lumot berib boriladi (kasblar tasniflagichi, kasblar tasniflari, psixogrammalar, kaysi kasblarga extiyoj borligi tugrisida axborotlar). Ukuvchi ushbu ma`lumotlar asosida uzini kiziktirgan, jamiyat uchun zarur bulgan kasbni tanlaydi.
Kasbga oid boshlangich shakllantirish-konsultatsiyada o’quvchining bundan oldingi bosqichlariga oid olgan bilimlarini chukurlashtirish mexnat va kasb ta`limi jarayonida dastlabki kunikma va malakalarni shakllanganlik darajasini aniklaydi va maslaxatlar beradi.
Kasbga oid muvofiqlashtirish konsultatsiyasi-bundan oldingi bosqichlarga oid olgan bilimlarini chukurlashtirish mexnat va kasb ta`limi jarayonida dastlabki kunikma va malakalarini shakllanganlik darajasini aniklaydi va maslaxatlar beradi.
Kasbga oid muvofiqlashtirish konsultatsiyasi-bundan oldingi bosqichlarda utkazilgan tadkikot natijalari va indevidual psixofziologik xususiyatlariga karab o’quvchi tamonidan notugri tanlagan kasb ta`limi turidan uning shaxsiy kursatkichlari kasbga yarokliligi, layokatiga mos kasb ta`limiga muvofiqlashtirish maslaxatlarini beradi.
Kasbga oid shakillantirish konsultatsiyasi-shaxsni kasb ta`limi turida olayotgan bilim, kunikma va malakalarini shakillantirishni davom etirishni va urta maxsus, kasb-xunar ta`limi yunalishini va ma`lum bir mutaxasislikni egallashni amalga oshiradi.
Kasbga oid nazorat konsultatsiyasida-yukorida keltirilgan konsultatsiya bosqichlari tugri amalga oshirilgan oshirilmaganligini kunikma va malakalar ixtiyoriy-majburiy ta`limda (urta maxsus, kasb-xunar ta`limida) davom etayotgan-etamayotganligini, ya`ni shu soxa buyicha ta`lim olinayotganligini nazorat kiladi. Agar soxasi buyicha ixtiyoriy majburiy ta`lim davom etmayotgan bulsa, sabablari urganiladi va kelgusi faoliyatida foydalanish taxlil kilinadi va amaliy xulosalar chikariladi (rnasm).
Shu narsa tadkikotlarida aniklanganki, maktab o’quvchilarining 50 foizi individual kasb konsultatsiyasiga muxtoj. Bularga kuydagilar kiradi:
-
u yoki bu sabab mustakil kasb tanlay olmaydigan o’quvchilar;
-
ota-onalari bilan ziddiyat paydo buladigan o’quvchilar;
-
uzining tanlagan kasb yulining tugriligini isbot kilish istagida bulgan o’quvchilar.
Shu sababli xam maktab kasbga yunaltirish kabineti tuman kasbga yunaltirish va psixologik pedogogik tashxis markazi bilan birgalikda kasbga oid konsultatsiya ishlariga aloxida e`tibor bilan yondoshishni talab etadi.
2.Kasbga oid axborot-ma`lumot konsultatsiyasi.
Kasblar to’g’risida axborat berish-o’quvchilarni turli xil mexnat turlari bilan, kasblar shajarasi, kasblarning o’ziga xos xususiyatlari, xalq xo’jaligining kasblarga bo’lgan extiyojlari bilan tanishtirishdir. Tanishish jarayonida o’quvchilar kasblar olamida to`g’ri yo`l topishga xizmat qiluvchi bilimlarni egallaydilar va ob`ektlarga o`zlari baxo berish asosida qat`iy bir qarorga keladilar. Kasblar xaqida tartibsiz ma`lumot bermaslik uchun (dunyoda 40 mingdan ortiq kasblar mavjud) o’quvchilar oladigan bilimlarni ma`lum bir tizimga solish lozim. Buning uchun mexnat predmeti bo’yicha Y.A.Klimovning kasblar tasnifidan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Kasblar xaqida axborot berish o’quvchilarning yosh va individual xususiyatlarini xisobga olgan xolda olib borilishi lozim.
Dastlabki kasbiy ishlarning mazmuni quydagi komponentlarni o`rganishni o`z ichiga oladi:
- qiziqish, niyati, layoqati, qobilyat;
-Individual ruxiy xususiyatlar;
- Nerv sistemasining individual xususiyatlari;
- Mavjud bilim, kunikma va malakalar.
Izox:bu komponentlarni ayrimlarini aparaturalari metrlar yordamida amalga oshirilishini xisobga olib, moddiy texnika bazasi mavjud joylarda maktab va kasbga yunaltirish kabinetlarida, yetarli bulmagan joylarda esa tuman psixologik pedogogik tashxis markazlari bazasida xamokrlikda utkaziladi.
Kasbga oid konsultatsiyalarning maksadi-o’quvchilarga kasb tanlashda yordam berishdan iborat bulib, ularning kizikishlari, moyilliklari, kobilyatlari va boshka xususiyatlarini urganishga tayanadi va kuydagi bosqichlarda amalga oshiradi:
v Dastlabki kasbga oid konsultatsiya;
v Kasbga oid axborot-ma`lumot konsultatsiyasi;
v Kasbga oid boshlangich shakllantirish konsultatsiyasi;
v Kasbga shaxsni mosligini aniklash konsultatsiyasi;
v Kasbga oid muvofiqlashtirish;
v Kasbga oid asosiy shakllantirish;
v Kasbga oid nazorat konsultatsiyasi.
3.Kasbga oid boshlang`ich shakllantirish konsultatsiya
O`rta maxsus, kasb-xunar ta`limi tayyorlov yo`nalishiga tavsiyanoma
-
1-chorak: qiziqishlar xaritasi, kasbiy motivatsiya
-
2-chorak: differensial diagonostik so`rovnoma, kasbiy yo`nalganligani aniqlash metodikasi
-
3-chorak: kommunikativ va tashkilotchilik qobilyatlari, shaxs sifatlari
-
4-chorak: qiziqishlar xaritasi
Bizningcha, kasbiy psixologik-pedagoik tashxis faqat bitta-ikkita metodikani o`tkazish bilan emas, balki kasblar to`g`risida ma`lumot berish va kasbiy maslaxt ishlari bilan shug`ullanib ketgan, korreksion-rivojlantiruvchi xususiyatga ega bo`lgan jarayon sifatida amalga oshirilishi kerak.
3.Kasbga oid boshlang`ich shakllantirish konsultatsiya.
4.Kasbga shaxsni mosligini aniqlash konsultatsiyasi.
5.Kasbga oid muvofiqlashtirish konsultatsiyasi
Umumiy urta ta`lim maktabida ukuv metodik kabineti tashkil etish kasbga yunaltirish buyicha amaliy ishlarning moddiy bazasini yaratish va mustaxkamlashdagi dastlabki muxim kadam xisoblanadi.
Jixozlangan kabinet kasbga yunaltirish buyicha turli xil tadbirlarni tayyorlash va utkazish uchun moddiy texnika, tashkiliy sanitariya gigiyena sharoitlarini yaratish va axborotlar bilan ta`minlash vazifasini utaydi. Kabinetning belgilangan vazifalarini bajarishga mosligini kuydagi belgilarga karab aniklanadi:
Kabinet uchun kamida 50-54 kv.m. (6x9) kattalikda keladigan birinchi kavatdagi sinf xonasini ajratish maksadga muvofiq. Kabinet raxbari eng zarur jixozlar ruyxatini tuzadi, ularni olishning xar-xil variyatlarini kurib chikadi. Jixozlarning bir kismi maktab ustaxonasida, xomiy tashkilot yordamida tayyorlanishi mumkin.
Hozirgi davrda tadqiqotchilar va amaliyotchilar shmonidan kasb tanlashning metodlari va metodikalari ishlab chiqilgan. Kasblarning xususiyatlariga qarab tasniflash va ularni ma`lum tartibga solib, tizimli ravishda tavsiflashga erishilgan. Ayniqsa, E.A.Klimovning yaratgan sxemasi bu o`rinda alohida ahamiyat kasb etadi. U quyidaga kasb turlarini tavsiya qiladi.
1. Polizchi, chorvador, asllarichi, zootexnik, agronom, o`rmon barpo etuvchi — bionik mutaxassisligi «inson - tabiat».
2. Slesar, tokar, montyor, konstruktor, radiotexnik, injener — texnika mutaxassisligi «inson – texnika».
3. Ofitsiant, sotuvchi, hamshira, o`qituvchi, tarbiyachi, muhandis tashkilotchi — sotsionomik mutaxassisligi «inson - inson»
4. Bo`yoqchi, nusxa ko`chiruvchi, musiqachi, badiiy bezovchi yoki pardozlovchi, kompozitor, yozuvchi rassom —artonomik mutaxassisliga «inson — badiiy obraz».
4.Kasbga shaxsni mosligini aniqlash konsultatsiyasi, kasbga oid muvofiqlashtirish konsultatsiyasi
Ma`lumki, o`quvchi-yshlarni kasb-xunarga yo`naltirish-ularni shaxsiy moyillik, layoqat, qiziqishlari asosida xamda jamiyat talablariga mos ongli kasb tanlashga tayyorlash bo`yicha maqsadga yo`naltirilgan, integrap xususiyatga ega ilmiy-amaliy faoliyatdir.
O`quvchi-yoshlarni kasb-xunarga yo`naltirish jarayoni tashkiliy jixatdan ko`proq
pedagogik xarakterga ega bo`lsada, u mazmunan psixologik moxiyatga ega. Chunki, barcha pedagogik tadbirlar (tashqi ta`sir) o`quvchining kasbiy o`zligini anglash va ongli kasb tanlashi uchun xizmat qiladi, uning kasbiy o`zligini angalsh jarayoni (ichki ta`sir) esa psixologik qonuniyatlar asosida kechadi. Kasb-xunarga yo`naltirish jarayonida tashki va ichki ta`sirlarning mushtaraklashuvi oqibatida o`quvchida ichki pozitsiya shakllanadi. Demak, bu jarayon yeng avvalo kasbiy o`zlikni anglashga yo`naltirilgan ekan.
Kasbiy o`zlikni anglash, kasb-xunarga yo`naltirish jarayonining tarkibiga singib ketgan komponent sifatida, maqsadga yo`naltiruvchi, kuchaytiruvchi, korreksiya qiluvchi, ya`ni uning oqimi xususiyatini belgilab beruvchi omil xisoblanadi.
Quyidagi sxemaga e`tibor bersangiz, ongli kasb tanlashga nisbatan tashqi va ichki ta`sirlar uyg`unlashib, shaxsning kasbga yo`nalganligi sodir etadi xamda kasbiy rejaning belgilanishiga olib keladi.
Shaxsning ongli kasb tanlash jarayoni(F.Y.)
-
Kasbga yo`nalganlik
-
Ongli kasb tanlash
-
Shaxsiy kasbiy reja
-
Pedagogika
-
Kasb-xunarga yo`naltirish texnologiyalari (vosita va usullari majmui)
-
Tashqi ta`sir
-
Psixologiya
-
Ichki (Individual-tipologik xususiyatlar, o`z-o`zini baxolash motivatsiyasi)
-
Ichki ta`sir
Kasb — hunar to`g`risida har xil munosabat hosil bo`lishining asosiy sabablaridan biri maktab o`quvchilarida kasb tanlash jarayonida turli motivlarning namoyon bo`lishidir. Motivlar o`rtasida kurash ularning u yoki bu qarorga kelishlariga sabab bo`ladi. Bizningcha, voqelikka ongli munosabatda bo`lish obyektiv va qat`iy qarorni keltirib chiqaradi.
V.A.Krutetskiy o`spirinlarda uchrashi mumkin bo`lgan motivlardan quyidagalarni alohida ta`kidlab o`tadi:
1) biror o`quv faniga nisbatan o`spirining qiziqishi,
2) vatanga foyda keltirish istagi (o`zlarining individual — psixologik xususiyatini va qobiliyatlarini hisobga olgan holda),
3) shaxsiy qobiliyatini ro`kach qilib ko`rsatish,
4) oilaviy an`analarga rioya qilishi (vorislik),
5) do`stlari va o`rtoqparidan o`rnak olganligi,
6) ish joyining va o`quv yurtining uyga yaqinliga,
7) moddiy ta`minlanganlik,
8) o`quv yurti ko`rinishining chiroyliligi yoki unga joylashishning osonligi singari motivlardir.
Bundan tashqari, yoshlarda boshqa turdaga motivlar ham mavjud bo`ladi. Ular qatoriga shaxsning biror kasbga, fanga moyilligi, o`z oldiga qo`ygan maqsadi, unga intilishi, qunti, kasb to`g`risidagi ma`lumoti, uning sihat — salomatligi, asab tazimining xususiyati va temperamentining xususiyatlari kabi motivlarni sanab o`tish mumkin. Biroq motivlarning boshqa xillari ham uchraydi. Lekin holatning o`zgarishiga qarab ulardan unisi yoki bunisi bosh maqsadga aylanib turadi.
(Mazkur holatni tadqiq etgan yirik psixolog E.A.Klimov o`spirinlar kasb tanlash kezida; birinchidan, biror kasbning «nufuzli ekanligiga» bahs borishdagi normalarga asoslanish, ikkinchidan, kasbga uzoq va noaniq tasavvurga binoan baho berish, uchinchidan, biror kasb egasi bo`lmish kishiga nisbatan ijobiy yoki salbiy munosabatda bo`lishni tegishli kasbga ko`chirish, to`rtinchidan, kasbning oddiy kundalik tomonini nazar — pisand qilmasdan, uning tashqi tomoniga, sirtiga mahliyo bo`lish, beshinchidan, o`rtoqlarining ta`siri ostida «kompaniya uchun» kasb tanlash kabi xatoliklarga duch kelish mumkinligini ta`kidlab o`tadi O`spirinlar kasb tanlash to`g`risida yaqqol tasavvuriga ega bo`lmaganliklari boisdan ko`proq xatoga yo`l qo`yadilar. Tanlangan yoki tanlanishi zarur bo`lgan kasb undan qanday shaxs fazilatlarining talab qilishini tushunib yetmaydilar. Ular o`z layoqatlarini oqilona baholashga qurbi yetmaganligi uchun u yoki bu kasbni egallanganda qanday tezlikda va aniqlikda harakat qilishligini, sezish va idrok qilib xususiyatlarini, asab tizimining muvofiqlashishi mumkinligini bilmaydilar. Shuning uchun yuqorida bayon qilib o`tilgan xatolarga yo`l qo`yadilar. Biroq, hozirga davrda bunday ko`ngilsiz holatlarning oldini olish imkoniyatlari mavjud. Buning uchun quyidagi pedagogik — psixologik va ijtimoiy xususiyatli umumiy tomonlarga alohida e`tibor berish maqsadga muvofiq.
Dostları ilə paylaş: |