«Tasdiqlayman» Xorazm vxtxqtmoi rektori B. Sultanov



Yüklə 0,7 Mb.
səhifə7/11
tarix23.10.2017
ölçüsü0,7 Mb.
#11692
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11

Professor R.X.Jo`rayevning asosli ta`rifi bo`yicha, “Kasb-xunarga yo`naltirish ishlarining asosiy maqsadi, eng avvalo, individga o`z qiziqish, qobiliyat va imkoniyatlarini to`liq anglash, xoxish-istaklarini amalga oshirish vosita va usullarini to`g`ri belgilash xamda mustaqil qarorga kelishi uchun imkoniyat va zarur shart-sharoitlarni yaratishdan iborat”.

Shu nuqtai nazardan, o`quvchining ongli kasb tanlashiga ta`sir etuvchi omillar-uning individual-tipologik xususiyatlari yoki ichki imkoniyat va extiyojlari xisoblanadi. Bundan tashqari, o`quvchilarni kasb-xunarga yo`naltirishda kasbiy o`zlikni anglash namoyonligi-ichki pizitsiyaning shakllanish qonuniyatiga asoslanish kerak deb, o`ylaymiz.

Ma`lumki, ichki pozitsiya o`z-o`zidan emas, balki sub`ektning tashqi muxit bilan uzluksiz aloqada bo`lishi va tashqi muxitning unga ta`sir etishi jarayonida shakllanadi. Mana shu ikki tomonlama ta`sir xamda ijtimoiy munosabatlar jarayonida inson o`zligini izlaydi va shu izlanish oqibatida o`zligini anglaydi.

Individual-tipologik xususiyatlar, ruxiy xolatlar va bilish psixik jarayonlari esa, o`quvchi ichki pozitsiyasining shakllanishiga ta`sir etuvchi psixologik omillar xisoblanadi. Kasb-xunarga yo`naltirish jarayonida bu omillarning xisobga olinishi, o`quvchilarda ijobiy kasbiy motivatsiyani shakllantirish imkoniyatini beradi. Shu o`rinda ta`kidlash kerakki, maqsadga yo`naltirilmagan kasbiy rejani belgilash va mustaqil qarorga kelishda o`quvchi uchun qiyinchilik tug`diradi.


5.Kasbga oid asosiy shakllantirish konsultatsiyasi. Kasbga oid nazorat konsultatsiyasi. O`quvchi shaxsini faolligini oshirish, o`qituvchi va tarbiyachini kasbga yo`llash mahorati. Kasbga yo`naltirish ishlarini yaxshi yo`lga qo`yishda kasb-hunar kollejlarining imkoniyatlari

Xozirda umumta`lim maktablarida amalga oshirilayotgan kasbga yo`naltirish ishlarining yakuniy bosqichida bitiruvchilarga o`rta-maxsus, kasb-xunar ta`limi muassasalari tayyorlov yo`nalishlariga tavsiyalar beriladi.

Bu tavsiyalar o`quvchilarning moyillik, qiziqish va qobilyatlarini uzluksiz psixologik-pedagogik tashxis qilish xulosalariga asoslangan bo`lsada, bitiruvchilaring ko`p qismi ob`ektiv, sub`ektiv sabablarga ko`ra, kollej va litseyni tanlashda kasbiy motivlarni o`zgartiradilar. Masalan, biz o`tkazgan ijtimoiy-psixologik tadqiqot natijasiga asoslansak, umumiy o`rta ta`lim maktabi bitiruvchilarining o`tgan o`quv yili Ko`shko`pir tumanida ***nafari ,Urganch tumunida o`rganilgan maktabda **** nafar tavsiyanomada belgilangan o`rta maxsus, kasb-xunar ta`limi muassasida o`qiyotgan bo`lsa, 20 nafari keyinchalik o`z kasbiy motivlarini o`zgartirib boshqa tayyorgarlik yo`nalishini tanlagan.

Taniqli psixolog P.Ya.Galperinning ta`kidlashicha “...motivatsiyaning ta`siri juda nozik masala, u darrov bilinmaydi, lekin pirovard natijada ko`ngilsiz xolatda o`zini namoyon qilishi mumkin”.

Bitiruvchilarning ko`rinib turibdiki, eng ko`p (44,2%) bitiruvchilar ota-onalarining xoxishi bilan o`z kasbiy rejalarini o`zgartirganlar. Bitiuvchilarning 186 nafar ota-onalari bilan o`tkazilagn so`rovnomada ularning 112 nafari(60,2%) yoshlikda orzu qilgan kasbni egallay olmaganliklari yoki shu kasbda faoliyat yurutsaganliklarini ma`lum qildilar. Bundan, ayrim ota-onalarga xos xususiyat-o`zlari erisha olmagan kasbiy orzu-niyatlariga kanday qilib bo`lsada, farzandlari orqali yetishga intilishni ko`rish mumkin.
Tavsiya etilgandan toshqa ta`lim muassasaini tanlagan bitiruvchilarning motivlar o`zgarishi


  • 6,1% O`zi uchun xurmatli bo`lgan kasbini egallamoqchi

  • 13,9% Shu kasbga keyinchalik o`zi qiziqib qoldi

  • 5,1% Do`stlarga ergashdi

  • 7,0% aka (opa)sining izidan bordi

  • 14,7% Ota-onasining kasbini davom ettirmoqchi

  • 15,2% kasbning nufuzligi uchun

  • 14,7% Tanlagan kasbidan moddiy manfaat kutib

  • 44,2% Ota-onasining xoxishi bilan

Bu psixologik faktorning o`zbek mintaletida ko`proq namoyon bo`lishi xisobga olgan xolda,Yu o`quvchilarni kasb-xunarga yo`naltirishda ota-onalar bilan ishlash, farzandning kasbiy moyillik, qiziqish va qobiliyatlaridan ularni xabardor qilish, xar bir insonning o`z xayot yo`li borligi, shuning uchun xam farzandlarini o`zi yoqtirgan va qoniqtiradigan kasblarga yo`naltirish lozimligini tushuntirish kerak bo`ladi.

O`quvchilarni ongli kasb-xunar tanlashga tayyorlash ishlarining samaradorligiga ta`sir etuvchi yana bir omil –ularni kasb-xunarga yo`naltirish jarayoniga interfaol psixologik, pedagogik tashxisning uzluksizligiga erishishdir.

9-sinf o`quvchilari bilan o`tkaziladigan psixologik-pedagogik kasbiy tashxisga `tibor bersangiz, bu jarayon bosqichma-bosqich, uzluksiz amalga oshirilishini ko`rishingiz mumkin (jadvalga qarang).


EA.Klimov insonning tabiat bilan munosabatga kirishishga moslashgan kasblarni bionik mutaxassisligi, insonning texnika bilan munosabatda bo`lishi natijasida yuzaga keluvchi kasblarni texnika mutaxassisligi, insonning inson bilan muomalasi orqali vujudga kelgan kasb — hunarlarni sotsionomik mutaxassisligi va nihoyat insonni badiiy obrazlar yaratishga undovchi kasblarni artonomik mutaxassisligi deb ataydi.

Oddiyroq tilda ifodalaganda: a) insonni tabiatga xizmat qildirishga mo`ljallangan kasblar; b) insonni texnikaga xizmat qildiruvchi kasblar; v) insonni inson xizmatiga moslashtirilgan kasblar; g) insonni badiiy obrazlar ustida ishlashga undovchi kasblar singari turlarga ajratish mumkin.

Lekin mazkur kasblar tasnifi mavjud barcha kasblarni birma – bir sanab o`tishni o`z oldiga maqsad qilib qo`ymaganliga sababli, ularning ko`pchiligi o’z ifodasini topmagan.

Kasb tanlashga yo`llanma berishning va uni tashviqot qilishning usullaridan biri — ko`rgazmali vositalar, fotostendlar, kitoblar ko`rgazmasi, rassom va tabiatshunos- lar ijodiy faoliyatinish mahsulotini namoyish qilshp, naqqopshar ijodiy faoliyatining mahsulotini namoyish qilish, naqqoshlar va texnika to`garagi ishlarini ko`rgazmalar


qo`yishdir. Bundan tashqari, muzeylarga ekskursiyallr uyushtirish orqali u yoki bu kasbga nisbatan qiziqishi vujudga keltirish mumkin. O`spirinlarda hosil bo`ladigan praksik (lazzatlanish, rohatlanish) hislar kasbga mehrini oshiradi va unga nisbatli 0
mustahkamlaydi.

Psixolog M.G.Davletshin kasb tanlashni uchI bosqichdan kelib chiqqan holda (kasb maorifi, kasbiN I maslahat, kasbga yo`naltirish) shaxsning kasb — hunari yaroqliliga (layoqati)ning ichki tomonlarini ochipi.1 harakat qiladi: a) kadr tanlash davrida shaxsyuip umumiy yaroqliligi (layoqati); b) kasb — hunar tanlashd. uning qaysi kasb turiga loyiqdigi; v)kasbga o`rgatishd» shaxs sifatlarini shakllantirish imkoniyatinit mavjudligi haqidagi savzllarga javob olishga intiladi. Muallifning fi^ficha, o`spiryushing kasb|a|1 yaroqpiligini aniklaganda uch muzdim earsaga e`tibor qilish maqsadga muvofiqdir: kaspga munosab;i `` qobiliyat, ko`nikma va malakalar. Odamning kasblar: yaroqpiligani aniqpashda uning qizidnshi, irodasp qobiliyati, maxsus bilimi, ko`nikmalarining jit ^ aloqasini ifodalagan holda olib qarash oqilop.; yo`ldir.

Yuritilgan mulohazalardan ko`rinib turibdikn kasb — hunar to`g`risida axborot, kasb haqida maslahl; vositalari ongli kasb tanlash uchun yetarli em;p Shuning uchun o`spirin o`quvchilarning bilii

faoliyatini faollashtirish, ularni mustaqil bilim [olishga o`rgatish kasb tanlashda o`z kuchini muayyan ish faoliyatda sinab ko`rishga imkoniyat yaratadi. Lekin bu bilan kifoyalanish, qanoat hosil qilish shart emas, balki boshqa yo`l va vositalarni qidirish, izlash darkor. Mehnat psixologayasi namoyondalari kasb tanlashning o`zgacha usullarini tavsiya qilmoqdalar. Jumladan, barcha fanlarni o`qitishda politexnik xususiyati va xossasini chuqurlashtirish; tabiiy — matematik sohadagi fanlarda atrofdagi ishlab chiqarishdan ob`ekt sifatida foydalanish; ijtimoiy turkumdagi fanlarni o`qitishda o`lkashunoslik materiallarini qo`llagan holda faoliyat uyushtirish o`quvchilarning kasbga nisbatan qiziqishini orttirish va mehnat qilishga ularni axloqan tayyorlash; fan asoslarini egallashda kasb haqida axborotlar berib borish; mehnat sohalari to`g`risida kasb tanlovchiga muetaqil tanishish sharoitini yaratishdir.








5-mavzu: Tashkiliy tadbirlarda psixologik treninglardan foydalanish tartibi

(2 soat amaliy)

Mashgulotining ta`lim texnologiyasining modeli

O`quv vaqti: 80 minnut

tinglovchi soni

O`quv mashg`ulotining tuzilishi


1.Ta`lim jarayonida tashkiliy tadbirlarning psixologik jihatlari.

2.Tadbirlarga psixologik tayyorlik ko`rish, ta`lim tizimida tadbirlarning o`rni, tadbirlarning nomlanishi.

3.Tashkilotchilik qobiliyat, o`quvchilarning shaxsiy xislatlari, o`quv faoliyatida psixologik sog`lom muhitni shakllantirish.

4.Psixologik trening o`tkazish, trening va uning shaxs shakllanishidagi roli, tadbirlarni tashkil etish. Munozaralarda ishtirok etish va uni o`tkazish mahorati.




O`quv mashg`ulotining maqsadi : Tinglovchilarda kasbga oid olib boriladigan kansultatsiya ishlari to`g`risida umumiy tushuncha hosil qilish.

Pedagogik vazifalar:

yangi mavzu bilan tanishtirish, mavzuga oid ilmiy atamalarni ochib berish, asosiy maslalar bo`yicha tushunchalarni shakllantirish.



O`quv faoliyatining natijalari:

Tinglovchilar kasbga oid olib boriladigan kansultatsiya ishlari to`g`risida tasavvurga ega bo`ladilar, asosiy ma`lumotlarni kospektlashtiradilar.



Ta`lim usullari:

BBB, “Klaster”, ma`ruza

O`quv faoliyatini tashkil qilish shakli

Ommaviy

Ta`lim vositalari

Slaydlar, marker, flipchart, jadval

Qayta aloqa usullari va vositalari

Savol javob

O`quv mashg`ulotining texnologik xaritasi

Ishlash bosqichlari, vaqti

Faoliyat mazmuni




O`qituvchining

Tinglovchining

1 bosqich

(5 min).


1.2 O`quv mashgulotiga kirish (10min)

1.1 O`quv xujjatlarini to`ldirish va tinglovchilar davomatini tekshirish

1.2 . Dastlabki kasbga oid konsultatsiya ishlari.

xaqida ma`lumotlar beriladi.O`quv mashgulotiga kirish davomida dastlab tinglovchilarga BBB jadvali taklif etiladi va uning Bilaman, Bilishni xoxlayman grafalari to`ldiriladi. Jadvalning ikkita grafasi to`ldirilganidan so`ng ma`ruza boshlanadi.


Tinglashadi. Aniqlashtiradilar, savollar beradilar. Psixologiya fani bo`yicha dastlabki tuShunchalarini ifodalovchi ma`lumotlarni BBB jadvaliga tushiradilar

2 bosqich

Asosiy 50 min



2.1. Jadvalning ikkita grafasi to`ldirilganidan so`ng ma`ruza boshlanadi.

2.2. Kasbga oid axborot-ma`lumot konsultatsiyasi tushunchasiga izox berish.

2.3. . Kasbga oid boshlang`ich shakllantirish konsultatsiya xususida tushuncha berish. Jadval yordamida tushuntirish olib borish.

2.4. . Kasbga shaxsni mosligini aniqlash konsultatsiyasi asoslari va manbalari. mazkur masala bo`yicha klaster tuziladi va xar bir tarmoq xaqida ma`lumot berib boriladi.



Konspekt yozishadi, tinglashadi, Psixologiya tarmoqlari rejasi bo`yicha doskada klaster tuzishadi. Mavzu bo`yicha savollar beradilar.

3 bosqich. yakuniy natijalar 15 min.

3.1 Mavzu bo`yicha xulosa qilish.

3.2 Tinglovchilarga BBB jadvalini bilib oldim grafasini to`ldirish taklif etiladi, va o`quv mashg`ulotning maqsadiga erishish darajasi taxlil qilinadi

3.3 Mavu yuzasidan o`quv vazifasi beriladi. Amaliy mashgulotga tayyorlanish


O`rganilgan mavzu bo`yicha olgan ma`lumotlarni BBB jadvalini yakuniy grafasiga tushiradilar.


Reja:

1.Ta`lim jarayonida tashkiliy tadbirlarning psixologik jihatlari.

2.Tadbirlarga psixologik tayyorlik ko`rish, ta`lim tizimida tadbirlarning o`rni, tadbirlarning nomlanishi.

3.Tashkilotchilik qobiliyat, o`quvchilarning shaxsiy xislatlari, o`quv faoliyatida psixologik sog`lom muhitni shakllantirish.

4.Psixologik trening o`tkazish, trening va uning shaxs shakllanishidagi roli, tadbirlarni tashkil etish. Munozaralarda ishtirok etish va uni o`tkazish mahorati.


1.Ta`lim jarayonida tashkiliy tadbirlarning psixologik jihatlari.
Ta`lim jarayonida tashkiliy tadbirlarning psixologik treninglarsiz tasavvur qilish murakkab masaladir.

Har qanday psixologik treninglarni tashkil etish quyidagi bosqichlardan tashkil topdi.

1. Guruxni tashkil etish yoki yigish bosqichi.

2. Boshlangich bosqich.

3. Ishni olib borish bosqichi.

4. Yakunlash bosqichi.

Yuqorida sanalgan barcha bosqichlarning uziga xos muxim jixatlari mavjud bulib, quyida shu haqida suz yuritiladi.
Guruxni tashkil etish bosqichi – trening guruxini, ya`ni treningda ishtirok etuvchilar guruxini yigishga karatilgan bosqichdir. Guruxni tashkil etish bosqichida quyidagi muxim jixatlarga e`tibor berish kerak:

Avvalo, treningda katnashish istagini bildirgan xar bir ishtirokchi Bilan trener yoki uning guruxda birga ishlashga muljallagan sherigi individual suxbat olib borishi lozim. Bu suxbatdan maksad guruxning xar bir a`zosining motivini aniklash orkali gurux motivatsiyasini aniklashdan iboratdir. Bu suxbatda ishtirokchiga asosan quyidagi savollar bilan murojaat kilinadi. Sizda, oilaviy (ota-onangiz, turmush urtogingiz, farzandingiz yoki boshkalar bilan) yoki ishda (raxbar yoki xamkasblaringiz bilan) kanakadir muammo bormi? Treningda ishtirok etishga sizni nima majbur kilyapti? Treningdan nima kutyapsiz? Trening sizga nima beradi deb uylaysiz?

Bundan tashkari ishtirokchining individual psixologik xususiyatlarini aniklash maksadida psixologik metodikalardan (Kettel, Lyusher testi, SND – Sub`ektiv nazorat darajasini aniklash metodikasi va shunga uxshash proyektiv testlardan) foydalanish mumkin. Ba`zi xollarda (agar ishtirokchilarning psixikasi va xulkida jiddiy uzgarish borligi sezilsa) MMRI surovnomasining moslashtirilgan variantlaridan foydalanish maksadga muvofik buladi. Individual suxbat natijasida trener guruxning xar bir a`zosi haqida ma`lum bir informatsiyaga ega bulish bilan birga guruxning umumiy axvoli haqida xam tasavvurga ega buladi. Bu ma`lumotlar unga guruxning muammosi yuzasidan utkaziladigan trening dasturini tuzishda kata axamiyatga ega buladi.

Individual suxbat oxirida trener iloji boricha bulajak ishtirokchining «Men xakimda nima deya olasiz», «Test natijasi kanaka chikdi» degan savollariga javob berishdan kochishga xarakat kilishi lozim. Chunki bunday ma`lumotlarning ishtirokchi xukmiga xavola etilishi ishtirokchida turli uzgarishlarni yuzaga keltirishi mumkin.



2.Tadbirlarga psixologik tayyorlik ko`rish, ta`lim tizimida tadbirlarning o`rni, tadbirlarning nomlanishi
Trening termini (ingliz tilidan kelib chiqqan bo`lib, train, training) ko`plab ma`nolarga ya`ni: o`qitmok, tarbiyalamok, (trenirovka) mashq qilmoq kabi ma`nolarga ega. Shaxsda mavjud bo`lgan yoki vujudga keladigan muammolarni hal qilish uchun zarur bo`lgan bilim,

ko`nikma malakalarni hosil qilish maqsadida bahs-munozara,

o`yin va mashqlar orqali o`tkaziladigan mashg`ulotlar yig`indisidir
Treningning asosiy qonunlari

1. «00»Qonuni.

2. Mikrofon qonuni.

3. Faollik qonuni.

4. Faqat o`z fikrini bayon etish qonuni.

5. Guruhning barcha qatnashchilariga hayrixoh munosabatda, xushmuomala bo`lish qonuni.

6. O`z ismini aytish qonuni.

7. Muloyimlik qonuni.

8. Shu yerda va hozir qonuni.

9. Konfidensiallik qonuni.

10. Faqat o`zi ishtirok etishini taklif etish qonuni.

11. Seminarning boshidan oxirigacha qatnashish.

12. Ixtiyoriylik qonuni.

13. Vaqtni tejash-sarishtalik qonuni.

14. Shaxsni baholamaslik qonuni

Eng muhimi trener o`qituvchi emasligini unutmaslik kerak. Uning vazifasi - sharoit, vaziyatni yaratish yoki ishtirokchilarga ko`maklashishdan iborat.

Trener quyidagilarni bajarmaslikka harakat qilishi lozim.

- Guruhga rahbarlik qilish.

- Guruhga tayyor axborotlarni berish.

- Guruh nima ish qilishi kerakligi to`g`risida maslahat berish yoki taklif kiritish.

Trenerning vazifasi - guruhning qiziqishini oshirib, ularni yo`naltirib va rag`batlantirib borishdan iborat. Ishtirokchilarning o`zi ishlashi uchun trener ularga faqat sharoit yaratib berishi lozim. Shunday qilinsa ishtirokchilar muammolarni tahlil qilish va ma`lum bir hulosalarga kelish jarayonida o`zaro ishonch va hurmat ko`nikmalarini egallab boradi. Ishtirokchilar mustaqil ravishda biror fikrga kelsa, trener uni to`g`ri qaror sifatida qabul qilishi kerak. Trener har bir ishtirokchining muvaffaqiyatini rag`batlantirib, ularning yashirin iste`dodlarini namoyon qilishlariga imkon yaratishi kerak. (M: ishtirokchi kechikib kelganda chiroyli qo`shiq yoki she`r aytishi; rolli o`yinda yaxshi rol bajarishi.)

Trener har qanday vaziyatda quyidagilarga amal qilishi kerak.



  • Mavzu doirasidan chetga chiqmaslik, muhokama etilayotgan mavzularga nisbatan o`z fikrini bildirish va mashg`ulot so`ngida albatta xulosa yasashi shart.

  • Trener har bir kishini eshitishi, sust ishtirokchilarni faollashtirishi va faol qatnashayotgan ishtirokchilarni rag`batlantirishi shart.

  • Trener iloji boricha ishtirokchilarni yaqindan bilishi, ishni yaxshi tashkil qilishi, guruhda do`stona muhitni tashkil qilishi, ziddiyatli holatlarga yo`l qo`ymaslikka harakat qilishi kerak.

Trenerda fikr almashish malakasi juda yaxshi rivojlangan bo`lishi kerak. Bu malakani egallash quyidagilarga bog`liq:

- diqqat bilan eshitish;

- eshitib bo`lgach o`z fikrini bildirish;

- o`z hissiyotlarini va kechinmalarini bildirish. Diqqat bilan eshitish malakasi quyidagilardan iborat:

- gapirayotgan kishiga qarab turish kerak va iloji boricha ko`zlariga boqib turishi kerak;

- uning gaplarini bo`lmaslik kerak;

- atrofdagi ta`sirlarga berilmaslik kerak;

- iloji boricha tinchlikni saqlashga harakat qilish kerak.


Guruhda ish jarayonida yuzaga keluvchi muammoli vaziyatlarni hal etishga tayyor bo`lish.

Bugungi kunda hamma uchun umumiy qabul qilingan “trening” tushunchasi yo`q, shuning uchun bo`lsa kerak, psixologik amaliyotda uning ma`nosini anglatuvchi ko`plab metod, shakl va uni anglatib beruvchi manba hamda vositalar kabi tushunchalar kelib chiqadi.

Trening termini (ingliz tilidan kelib chiqqan bo`lib, train, training) ko`plab ma`nolarga ya`ni: o`qitmok, tarbiyalamok, (trenirovka) mashq qilmoq kabi ma`nolarga ega. Xuddi shunday ko`p ma`nolilik treningning ilmiy talqiniga ham mos keladi.

Trening insonlarda mavjud bo`lgan xulq-atvori va faoliyatini boshqaruv modelini qayta dasturlash vositasidir.

Trening shuningdek tashkilotni rejalashtirilgan faolligini oshirish uchun, kasbiy bilimlarini oshiruvchi, ko`nikmalarini yaxshilashga yo`naltirilgan, yoki tashkilotning maqsadli faoliyati talablariga mos keluvchi attityudlar modifikatsiyasi va jamoatning ijtimoiy xulq-atvorini tuzatish uchun zarurdir.

Psixologiya tarixida trening o`qitishning eng keng tarqalgan shakli faol ijtimoiy-psixologik treninglardir. L.A.Petrovskaya ijtimoiy psixologik treningga ta`rif berar ekan, uni quyidagicha izohlaydi: «Trening - shaxslararo munosabatlardagi bilimlar, ijtimoiy ustanovkalar, ko`nikma va tajribalarni rivojlantirishga qaratilgandir», shuningdek «Muloqotda kompetentlikni rivojlantirish vositasi hamdir».

G.A.Kovalev ijtimoiy-psixologik treningni ijtimoiy-didaktik aktiv yo`nalishdir deb hisoblaydi. B.D.Parыgin guruhiy maslahatlar metodlari haqida shunday deydi: Ulardan guruhiy konsultatsiya metodlarini aktiv o`qitish uchun foydalaniladi. Hayotiy ko`nikmalarni, muloqotchanlik sohasida bilim berishni, kasbiy faoliyat sohasida maslahatlardan tortib to yangi ijtimoiy hayotdagi rollarni, «Men» konsepsiyasini korreksiya qilishni, o`z-o`ziga baho berish tizimini kuchayishini ta`minlaydi.

Treningda “psixologik ta`sir” termini qo`llaniladi. Ilk marotaba muloqotchanlikni oshiruvchi terminlar (AQSh) K.Levin shogirdlari tomonidan Betelda o`tkazilgan treninglarda qo`llanilgan va ular T-gruppa deb nomlangan. Ular asosida quyidagi g`oya yotardi: ya`ni ko`pchilik insonlar guruhlarda yashaydi va ishlaydi, ammo ko`p hollarda ularda qanday ishtirok etayotganlarining hisobotini bermaydilar, atrofdagi odamlar ularni qanday ko`rayotganligi va ularning reaksiyalari aynan qilayotgan xulq-atvorlariga javoban K.Levin samarali o`zgarishlarni amalga oshirish uchun individual holatda emas, balki guruhiy holatda trening o`tkazishni ma`qul deb topadi va inson o`zini o`z ko`zi bilan emas, balki atrofdagilarning ko`zi bilan ko`rishga harakat qilishi kerak deydi.

K.Levin shogirdlarining omadli faoliyatlari natijasida AQShda treningning milliy laboratoriyasiga asos soldi. Bu laboratoriyada ko`plab ko`nikmaviy treninglar yaratildi.

Ijtimoiy-psixologik treninglar jahon amaliyotida keng tarqaldi.

Ilk bu sohada taniqli nazariy, metodologik kitob L.A.Petrovskiy tomonidan 1982 yilda yaratildi. Bu metoddan bolalar, onalar, professional ijtimoiy guruhlar bilan, tashkilot va korxona boshqaruvchilari bilan ishlashda aktiv foydalanib kelinmokda.

3.Tashkilotchilik qobiliyat, o`quvchilarning shaxsiy xislatlari, o`quv faoliyatida psixologik sog`lom muhitni shakllantirish

Maktab yoshidagi bolalarning iqtidor, qobiliyat, qiziqish yo`nalishlarini aniqlash bo`yicha quyidagi test-anketa usulini havola etamiz. Ushbu test anketa usuli bolalarning qobiliyat, qiziqish yo`nalishlarini aniqlashda va rivojlantirishda xizmat qiladi.

Har bir inson faoliyati 7 yo`nalishning biri bo`yicha qobiliyat yoki qiziqishga ega. Bolalarning qiziqish, qobiliyat va iqtidor yo`nalishlarini aniqlash bo`yicha Amerikalik olim A. D. Xann va G. Kaff tomonidan ishlab chiqilgan test-anketa, psixologiya fanlari nomzodi Y.M.Asadov tomonidan qayta ishlanib, mintaqamiz bolalari uchun moslashtirilgan.
Ko`rsatma: Test-anketa boshlang`ich sinf o`quvchilari uchun mo`ljallangan bo`lib, savollarga ota-onalar javob beradilar. Psixolog yoki o`qituvchi tomonidan savollar o`qiladi va bolaning qiziqishi, qobiliyat va iqtidorining namoyonlik darajasi 2-5 ball sistemada belgilanadi. Agar savollarda berilgan xususiyatlar bolaga juda mos kelsa “+ +” belgisi va 5 ball; namoyonligi yaxshi bo`lsa “+” belgisi va 4 ball; o`rta bo`lsa “ - - ” belgisi va 3 ball; unchalik namoyon bo`lmasa “ - ” belgisi va 2 ball qo`yiladi, ko`rsatkichlar 2 balldan past bo`lmasligi kerak.

Qiziqish va qobiliyatlar xususiyatlari


Yüklə 0,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin