279
Axborotni boshqa kishiga yo‘llayotgan kishi (kommunikator) va
uni qabul qilayotgan kishi (retsepient) munosabat va birgalikdagi
faoliyat maqsadlarga erishish uchun mohiyatlarni kodlashtirish va
kodini ochishning bitta yagona sistemasidan foydalanishlari, ya’ni
«bitta tilda» so‘zlashishlari kerak bo‘ladi. Agar kommunikator va
retsepiyent kodlashtirishning turli xil sistemalarini qo‘llasalar, ya’ni
bir-birlariga noma’lum bo‘lgan “til”da so‘zlashsalar, bu holda ular
o‘zaro hamjihatlikka va birgalikda faoliyat borasida muvaffaqiyatga
erisha olmaydilar. Qo‘llanadigan belgilar (so‘zlar, imo-ishoralar va
ho kazolar) zamiridagi
mohiyat
muloqotda ishtirok etayotgan shaxs lar-
ga tanish bo‘lgan taqdirdagina axborot ayirboshlash mumkin bo‘la di.
Mohiyat
– tevarak-atrofdagi voqelikni bilishni ifoda etadigan qism
sifatidagi mazmunga ega bo‘lgan so‘zlar belgisi tizimidir. Bunda
so‘zlar belgilari tizimi hayot kechirish, ijtimoiy-tarixiy tajribani
o‘zlashtirish va uzatish vositasi sifatidagi tilni tarkib toptiradi. Ijtimoiy
tajriba to‘plash va uzatish vositasi sifatidagi til aniq tovushlardan
foydalangan holda o‘y-fikrlar almashinuvi, axborot berishni amalga
oshiradi.
Dostları ilə paylaş: