Ta’lim shakli – ta’lim jarayonining tashkiliy qurilishi.
Test metodi – pedagogik ilmiy-tadqiqot metodlaridan biri bo‘lib,
respondentlar tomonidan muayyan fan sohasi yoki faoliyat (shu
jumladan, kasbiy faoliyat) bo‘yicha o‘zlashtirilgan nazariy bilim va
amaliy ko‘nikma, malakalar darajasini aniqlashga xizmat qiladi.
130
Texnologiya (yunoncha “techne” – mahorat, san’at; “logos” –
tushuncha, ta’limot) – ishlab chiqarishning biror sohasida xomashyo,
material, yarim fabrikat va shu kabilarga ishlov berish yoki
qayta ishlash, ularning holati, xossalari va shaklini o‘zgartirishda
qo‘llaniladigan usullar (metodlar) majmui.
Tibbiyot – insonlar sog‘lig‘ini saqlash va mustahkamlash, umrini
uzaytirish, kasalliklarning oldini olish, davolash haqidagi bilimlarni
yoritadi.
Uzluksiz ta’lim tizimi – O‘zbekiston Respublikasi davlat
siyosatining asosiy tamoyillari asosida yosh avlodni tarbiyalashga
mas’ul barcha turdagi ta’lim muassasalari majmui.
Uzluksiz ta’lim tizimida davlat ta’lim standartlari (DTS
– inglizcha standard – me’yor, namuna) – uzluksiz ta’lim
bosqichlarining asosiy ta’lim dasturlari mazmunining zaruriy
minimumini, o‘quvchilarga yuklanadigan o‘quv yuklanmalarning
maksimal hajmini, ta’lim muassasasi bitiruvchilarining tayyorgarlik
darajasini, ta’lim jarayonini ta’minlash (uning moddiy-texnik,
o‘quv-laboratoriya, axborot-metodik, kadrlar ta’minoti)ning asosiy
talablarini aniqlab beradigan me’yor va talablar.
O‘z-o‘zini tarbiyalash – o‘quvchilarning o‘zini o‘zi idora qilish,
o‘quvchilar a’zolari faoliyatida faol ishtirok etish, ijtimoiy mavqeyini
oshirishning ta’sirchan vositasi.
O‘qituvchi – pedagogik, psixologik va tegishli mutaxassislik
bo‘yicha maxsus ma’lumot, kasbiy tayyorgarlik, yuksak axloqiy
fazilatlarga ega bo‘lib, ta’lim muassasalarida faoliyat ko‘rsatuvchi
shaxs.