151
Psixikaning o‘ziga xos xususiyatlari nerv-fiziologik xususiyatlaridan
qanday muhim belgilari bilan farqlanishini aniqlash muhim ahamiyatga
ega. Agarda mazkur o‘ziga xoslik mavjud bo‘lmaganida edi, u holda
psixologiya mustaqil bilim sohasi sifatida tadqiq etilishi ham mumkin
emas edi. Psixik jarayonlar o‘zida ichki, fiziologik jarayonlarning
emas, balki tashqi obyektlarning tavsifini mujassamlashtiradi.
Psixikada o‘tmishning, hozirgi davr va kelasi zamonning hodisalari
ifodalangan, tartibga solingandir. O‘tmish hodisalari inson xotirasida
mujassamlashib, shaxsiy tajribalarda namoyon bo‘ladi. Hozirgi
zamon aqliy jarayonlar, hissiy kechinmalar, obrazlar va tasavvurlar
majmuasida ifodalanadi. Kelajak esa turtkilarda, maqsad, ezgu
niyatlarda, shuningdek, fantaziya, vijdon azobi, armon va tushlarda
aks etadi. Inson psixikasi ham anglanilmagan, ham anglanilgan
xususiyatga ega bo‘lib, anglanilmagan psixika o‘z navbatida hayvon
psixikasidan sifat jihatidan keskin tafovut va ustuvorlikka ega.
Psixikaning insonda paydo bo‘lishi sifat jihatdan mutlaqo yangi
tuzilishga ega, chunki u ijtimoiy-tarixiy taraqqiyotning qonuniyatlari
bilan shartlangandir. Faoliyat regulyatsiyasining yuksak darajasi
sifatida ong vujudga keladi, psixika faolligining yuksak ko‘rinishi
manbayi tariqasida esa shaxs shakllanadi.
Insonning ongi ijtimoiy-tarixiy taraqqiyot mahsuli bo‘lish
bilan birga, u mehnat faoliyatida, ijtimoiy tajribani o‘zlashtirishda,
hamkorlikdagi o‘zaro ta’sirda, tabiatga, jamiyatga nisbatan
munosabatlar mohiyatida vujudga kelgan. Buning mahsuli, shakli
sifatida individual, guruhiy, etnik (milliy) ijtimoiy ong namoyon
bo‘lgan va ularning barchasi taraqqiyot tufayli o‘zining yangi
bosqichlariga o‘sib borib, fan va texnika yaralishiga puxta zamin
hozirlagan.
Ong
psixikani yaxlit tarzda ifodalovchi yuksak shakli, ya’ni faqat
odamgagina tegishli bo‘lib, u nutq bilan bog‘liq bo‘lgan markaziy nerv
sistemasi faoliyatidir. Shuningdek,
Dostları ilə paylaş: