Ped Psix 2 tayyori 16. cdr


Psixologiyaning shakllanish tarixi



Yüklə 4,98 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə87/192
tarix08.11.2023
ölçüsü4,98 Mb.
#131323
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   192
Ped Psix 2 tayyori 16. cdr

5.2. Psixologiyaning shakllanish tarixi
Psixologiya yaxlit va mustaqil fan sifatida rivojlanishida barcha 
ijtimoiy-gumanitar (falsafa, sotsiologiya, pedagogika, tarix, iqtiso-
diyot va h.k.), tabiiy fanlar (biologiya, fiziologiya, kimyo, fizika va 
h.k.), kibernetika va texnika fanlari bilan o‘zaro aloqasi va hamkorligi 
yaqqol sezilmoqda. Yuqorida ta’kidlangan fan tarmoqlari psixologiya 
bevosita uzviy aloqada rivojlanadigan fanlarning asosiy qismi 
xolos. Bugungi kunda har bir fan rivoji uchun inson omilini hisobga 
olish zarur ekan, psixologiya o‘sha barcha fanlar bilan aloqada va 
hamkorlikda rivojlanadi.
Psixologiya inson o‘zining kimligini anglashga intilishdan, o‘z 
ruhiy dunyosini va o‘zgalar ruhiyatini bilish istagi paydo bo‘lishdan, 
tabiat va jamiyat hodisalarini tushunishga ehtiyoj sezishdan, o‘tmish, 
hozirgi zamon, kelajak haqida mulohaza yuritishdan e’tiboran fan 
sifatida rivojlana boshladi. Psixologiyaning fan sifatida rivojlanishi 
tarixi 
to‘rt bosqichga bo‘lib
o‘rganiladi: 
I. Psixologiya jon, ruh haqidagi fan sifatida o‘rganilib, bu 2500-
yil avvalgi davrga to‘g‘ri keladi. U davrda inson hayotidagi ko‘plab 
voqealar jon, ruh va uning xususiyatlariga bog‘lab tushuntirishgan. 
II. Psixologiyaga ong haqidagi fan sifatida qaralib, tabiiy fanlarning 
ri
vojlanishi ta’siri ostida XVII asrda paydo bo‘ldi. Kishining 
138
fikrlash, his qilish, istaklarining namoyon bo‘lishini ong deb atadilar. 
Psixologiya fanining eng asosiy tadqiqot metodi – o‘z-o‘zini kuzatish 
va tahlil qilish hisoblangan. 
III. Psixologiya xulq-atvor haqidagi fan sifatida XX asrda 
shakllangan bo‘lib, psixologiyaning asosiy vazifasi bevosita kuzatish 
imkoniyati bo‘lgan psixik hodisalar, ya’ni kishining xulq-atvori, 
harakatlari, reaksiyasi kabilarni o‘rganish hisoblangan. 
IV. Psixologiya psixik faktlarni, psixik hodisalarning mexanizm-
lari va qonuniyatlarini o‘rganuvchi fan sifatida. Hozirgi zamon 
psixologiya fani psixologiyaning fan sifatida rivojlanishi, falsafa, 
tabiiy va tibbiy fanlar, aniq fanlar sohasidagi ko‘plab boy tajribalarga 
asoslanib shakllangan. 
Eramizdan avvalgi VI asrda zardushtiylar tomonidan yozilgan 
“Avesto”ning “Vendidat” deb nomlanuvchi birinchi kitobida 
psixologiya va tibbiyotga oid dastlabki ma’lumotlar keltirilgan. Maz-
kur kitobda 99999 xil kasalliklar haqida va ularni davolashda jarrohlik, 
ruhiy tinchlantirish va shifobaxsh giyohlar qo‘llanilishi bitilgan.
Qadimgi odamlarning tasavvurlariga qaraganda, inson tanasida “jon” 
joylashgan bo‘lib, u shaxsga oid xususiyatlar, hislatlarni vujudga 
keltirish imkoniyatiga ega ekan. Qadimgi ajdodlarimizning “jon” 
to‘g‘risidagi tasavvurlari animizm 
(lot. “anima” – jon)
ta’limotini 
tarkib toptiradi. Bunda ularning tasavvurlarida ruh insonning tanasi 
bilan uzviy bog‘liq holda hukm suradi, go‘yoki yashaydi. Shuning 
uchun ijtimoiy hodisalar, hatto ong, shuningdek, real voqeliklar 
(o‘lim, uyqu, bexush bo‘lish betoblik) kabilarni sodda tarzdagi 
moddiylik (mavjudlik) nuqtayi nazaridan talqin qilishga uringanlar. 
Ularning tasavvurlarida quyidagicha talqinlar keng o‘rin egallagan:
– o‘lim – uyquning bir turi, lekin ruh ba’zi bir sabablarga ko‘ra 
tanaga qaytib kelmaydi;
– tush ko‘rish – uyqudagi tanani tark etib yurgan harakatdagi 
ruhning taassurotidir;
– ruh – insonning aynan o‘zidir;
– ruhning ehtiyojlari, turmush sharoitlari tirik odamnikidan tafo-
vut lanmaydi;


139
– marhumlarning ruhlari muayyan mashg‘ulotlar tizimiga, ijtimoiy 
qonun-qoidalarga rioya qiluvchi hamjamiyatni yaratar emish;
– tirik insonlar bilan marhumlarning ruhi bir-biriga bog‘liq bo‘lib, 
moddiy jihatdan o‘zaro aloqadordir.
Keyinchalik esa animistik tasavvurlar o‘rnini ruhni borliqning 
naturalistik 

Yüklə 4,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   192




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin