Ped Psix 2 tayyori 16. cdr



Yüklə 4,98 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə89/192
tarix08.11.2023
ölçüsü4,98 Mb.
#131323
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   192
Ped Psix 2 tayyori 16. cdr


XI asrlarga Sharqda ilm-fan va tibbiyot gurkirab rivojlangan 
bo‘lsa, yevropa mamlakatlarida esa turg‘unlik (V

XV asrlar) 
hukmron edi. XVI asrdan boshlab yevropada ham ilm-fan taraqqiy 
etib, buyuk kashfiyotlar yaratiladi va XVI

XVII asrlar uyg‘onish davri 
deb ataladi. Bu davrda biologiya va fiziologiya sohasida A.Vezaliy 
(1514–1564), V.Xarvey (1578–1657) kabi buyuk olimlar yetishib 
chiqdi. A.Vezaliy bosh miyani ochib o‘rganib, ruhiy jarayonlar miya 
suyuqliklari bo‘ylab og‘adi, deb mulohazani ilgari suradi. 
XVII asr biologiya va psixologiya fanlari taraqqiyoti uchun muhim 
davr bo‘lib, jumladan, fransuz olimi Dekart (1596

1650) tomonidan 
xulq-atvorning reflektor (g‘ayriixtiyoriy) tabiatga ega ekanligini kashf 
etilishi, yurakdagi mushaklarning ishlashi (faoliyati) qon aylanishning 
ichki mexanizmi bilan boshqarilayotganligini tushuntirilishi muhim 
ahamiyat kasb etadi. Ayniqsa, refleks 
(lot. “reflexus” – aks ettirish)
organ
izmning tashqi ta’sirga qonuniy ravishdagi javob reaksiyasi 
sifatida talqin qilinishi asab-mushak faoliyatini obyektiv tarzda 
bilish vositasiga aylandi, sezgi, assotsiatsiya, ehtiros yuzaga kelishini 
izohlashga imkon yaratildi. 
Psixologiya fanining ilmiy asosga qurilishida ingliz olimi Gobbs 
(1588

1679) ruhni mutlaqo rad etib, mexanik harakatni yagona voqelik 
deb biladi va uning qonuniyatlari psixologiyaning ham qonuniyatlari 
ekanligini ta’kidlaydi. Uning negizida epifenomenalizm 
(yunon. 
“epi” – o‘ta, “phainomenon” – g‘ayritabiiy hodisa)
vujudga kelib, 
psixologiya tanadagi jarayonlarning soyasi singari ro‘y beradigan 
ruhiy hodisalar to‘g‘risidagi ta’limotga aylandi.
Niderlandiyalik olim Spinoza (1632

1677) ongni katta ko‘lamga 
ega materiyadan sira qolishmaydigan voqelik, ya’ni yaqqol narsa 
deb tushuntirib, u determinizm 
(lot. “demerminata” – belgilayman)
prinsipining, ya’ni tabiat, jamiyat hodisalarining, shu jumladan, psixik 
hodisalarning obyektiv sabablari bilan belgilanishi haqidagi ta’limot 
targ‘ibotchisi hamdir.
144
Nemis mutafakkiri Leybnits (1646

1716), ingliz faylasufi Jon 
Lokk (1632

1704), ingliz tadqiqotchisi Gartli (1705

1757), fransuz 
adibi Didro (1713

1784) kabilar g‘oyalar assotsiatsiyasi (bog‘lanishi) 
qonuni, idrok va tafakkurning paydo bo‘lishi, qobiliyatlar psixologiyasi 
haqida muhim ta’limotlarini yaratish bilan fanning rivojlanishiga 
muhim hissa qo‘shdilar.
XVIII asrga kelib Galler, Proxazkalar nerv tizimini tadqiq qilishda 
ulkan yutuqlarga erishdilar, natijada esa psixika miyaning funksiyasi 
ekanligi haqidagi ta’limot vujudga keldi. Ingliz tadqiqotchisi Charlz 
Bell va fransuz Fransua Majandi tomonidan yozuvchi va harakat 
nervlari o‘rtasidagi tafovut ochib berilib, uning negizida reflektor yoyi 
degan yangi tushuncha paydo bo‘lib, bularning natijasida ixtiyoriy 
(ongli) va ixtiyorsiz (ongsiz) reflektor turlari kashf qilindi. 
Avstriyalik shifokor F.Gall (1758–1828) odam miyasining 
tuzilishini juda mukammal o‘rganib, miyaning frenologik xaritasini 
yaratdi. U bosh miya katta yarim sharlarining kulrang va oq moddasini 
bir-biriga bog‘liq bo‘lgan alohida tuzilmalar ekanligini birinchilardan 
bo‘lib aniqladi. F.Gall bosh miya po‘stlog‘ida 40 ga yaqin ruhiy 
funksiyalarni joylashtirdi va ularni miyaning pushtalari (bo‘rmalar) 
bilan bog‘ladi. U harakat, ko‘ruv, eshituv va sezgi markazlari bilan 
birgalikda miyada xotira, tafakkur, sevgi, kamtarlik, donolik, ayyorlik 
markazlarini joylashtirdi. O‘ta qobiliyatli odamlarning miyasidagi 
pushtalar kuchli rivojlangan, botiq va chuqur bo‘ladi, kimning 
fikrlashi sust bo‘lsa, uning miyasi silliq bo‘ladi, degan fikrni ilgari 
suradi.
Yuqoridagi ilmiy kashfiyotlar ta’sirida rus olimi I.M.Sechenovning 
(1829

1905) reflektor nazariyasi ro‘yobga chiqdi va ushbu nazariya 
psixologiya fanining fiziologik asoslari, mexanizmlari, bosh miya 
reflekslarining o‘ziga xos xususiyatlari tabiatini ochib berish 
imkoniyatiga ega bo‘ldi. Bu muhim nazariy qoidalar I.P.Pavlov 
(1849

1936) tomonidan tajriba yo‘li bilan tasdiqlandi. U hayvon 
va odamning tashqi muhit bilan o‘zaro harakati miya tomonidan 
boshqarilishi qonuniyatlarini kashf etgan edi. Olimning ushbu 
qonuniyatlariga nisbatan barcha qarashlari, odatda, ikki xil signal 
tizimi haqidagi ta’limot deb ataladi.


145
XIX asrning o‘rtalarida psixologiyaning rivojlanishida katta 
o‘zgarishlar yuz berib, Mesmer gipnoz (
yunoncha – “uyqu” degan 
ma’noni anglatib, fanga ushbu tushunchani 1843-yili angliyalik 
jarroh Jeyms Bred kiritgan.
) haqidagi ta’limot yaratadi. Gipnozda 
kuzatiladigan barcha hodisalarni Mesmer “magnetizm” bilan 
bog‘laydi. Keyinchalik fransiyalik olim J.M.Charkott (1888) gipnoz 
asosida fiziologik jarayonlar yotadi deb uqtiradi. Mazkur davrda 
mashhur nevrologlar va psixiatrlar (J.Sharko, Benedikt, Forel, 
Levenfeld, Mapassan, S.S.Korsakov va Mebius) bemorni gipnoz 
usuli bilan davolashni keng yo‘lga qo‘yishadi. 
1879-yili Leypsigda birinchi psixologik laboratoriya tashkil qilgan 
Vilgelm Vundt (1832

1920) psixologiyaning strukturaviy maktab 
yo‘nalishiga asos soladi. Vundt psixologiyaning asosiy vazifasi 
sifatida ong jarayonini qismlarga ajratish va ular o‘rtasidagi qonuniyat 
bog‘lanishlarni o‘rganish taklifini kiritadi. 
Venalik yosh shifokor Zigmund Freyd (1856

1939) psixologiya 
sohasida katta shov-shuvga sabab bo‘lgan psixoanalitik maktab 
yo‘nalishiga asos soladi. Z.Freyd odam psixik hayotining markaziga 
ongni qo‘yish o‘rniga, uning ozgina qismini suvning tepasiga chiqib 
turgan aysbergga qiyosladi. U shu davrgacha hukmronlik qilib kelgan 
odamga o‘z xulqini anglay oladigan aqlli mavjudot sifatida qarash-
larga mutloqo zid bo‘lgan nazariyani ilgari suradi. U odamlar doimiy 
ziddiyat holatida bo‘lishini va nizolarning sababini anglanilmagan 
jinsiy, agressiv mayllar bilan bog‘liqligini e’tirof etadi. Z.Freyd 
o‘zining 45-yillik samarali ilmiy faoliyati davomida shaxsning 
birinchi keng ko‘lamli nazariyasini, o‘zining terapevtik tajribasi va 
o‘zini o‘zi tahlil qilishga asoslangan klinik kuzatishlarning keng 
miqyosli tizimini, nevrotik buzilishlarni davolashning o‘ziga xos 
usulini, boshqa hech qanday usul bilan o‘rganib bo‘lmaydigan psixik 
jarayonlarni tadqiq qilish usullarini yaratib, freydizm yo‘nalishiga 
asos soladi.
Z.Freyd fiziologlar (I.M. Sechenov, I.P. Pavlov) hamda nevro-
patolog va psixolog olimlarning (Ernest Krechmer, Emil Krepelin va 
Eygen Bleyler) ilmiy ishlarini ham o‘rganadi. U isterik nevrozlarning 
kelib chiqishida I.P.Pavlovning tormozlanish va qo‘zg‘alish 
146
jarayonlari haqidagi ta’limotini yuqori baholaydi. Uning dastlabki 
safdoshlari va shogirdlari A.Adler va K.G.Yunglar nevrozlarning kelib 
chiqishiga oid o‘z nazariyalarini ilgari surib, Freydcha yondoshuvni 
kengaytirishga harakat qilishdi. A.Adler fanda individual psixologiya 
g‘oyasini ko‘tarib chiqib, shaxsning ijtimoiy determinantlariga alohida 
e’tibor beradi. K.G.Yung esa o‘z e’tiborini analitik psixologiyaga 
qaratib, shaxsning psixik salomatligiga erishish uchun uning turli 
yo‘nalishdagi intilishlari o‘zaro mutanosiblikdagi bir butunlikda 
jamlanishi kerak, degan fikrni isbotlaydi.
O‘tgan asrning birinchi yarmida E.Krechmer (1888

1964) 
“Tibbiyot psixologiyasi” asarini yozadi va tibbiyot psixologiyasini 
alohida fan sifatida rivojlanishiga sababchi bo‘ladi. U mazkur 
fanni barcha tibbiy, falsafiy va biologik fanlar yutug‘iga asoslanib 
o‘rganish zarurligini ta’kidlaydi. Krechmer tibbiyot psixologiyasida 
va psixoterepiyada odam ruhiyatining shakllanishi va buzilishida 
asosan tug‘ma konstitutsional omillarga katta e’tibor berdi.
Psixologiya fanining eksperimental, psixoanalitik, bixevioristik, 
empirik, epifenomenalistik, geshtalt, assotsiativ, vyursburg, psixoge-
netik, reduksionizm, solipsizm, gumanistik, biogenetik, sotsio genetik 
kabi yo‘nalishlari tomonidan to‘plangan ma’lumotlar hozirgi zamon 
psixologiyasini vujudga keltirdi. 

Yüklə 4,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   192




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin