161
hodisalar bilan miyaga fiziologik tuzilishlar o‘rtasidagi nisbatni
o‘rganadigan soha –
neyropsixologiya
, dorivor moddalarning kishi
psixik faoliyatiga ta’sirini tekshiradigan soha –
psixofarmokologiya
,
bemorlarni davolash uchun psixik jihatdan salomatligini ta’minlash
chora-tadbirlari tizimini ishlab chiqish bilan shug‘ullanuvchi soha
–
psixoprofilaktika
, shuningdek,
psixogigiyena, klinik psixologiya,
patopsixologiya, somatopsixologiya
kabi tarmoqlarni qamrab oladi.
Tibbiyot psixologiyasining asosiy muammosi kasallikni davolashning
inson psixologiyasiga ta’sirini tadqiq qilishdir.
Yosh psixologiyasi
– shaxsning psixik rivojlanish qonuniyatlarini
inson tug‘ilishidan to umrining oxirigacha bo‘lgan davrni, ya’ni
ontogenezni o‘rganadigan psixologiya sohasi bo‘lib, bolalar psixo-
logiyasi, o‘smirlik va o‘spirinlik psixologiyasi, yetuklik psixologiyasi,
gerontopsixologiyadan iboratdir.
Maxsus psixologiya
– normal psixik rivojlanmagan tug‘ma yoki
keyinchalik orttirilgan nuqsonlar, defektlar ta’siri ostidagi insonlarning
psixologiyasini tadqiq qilish sohasi bo‘lib, uning bir necha bo‘limlari
mavjud: patopsixologiya – rivojlanish jarayonida psixikaning aynishi,
miyadagi kasallikning turlicha kechishi, psixikaning tamoman izdan
chiqishi hollarini o‘rganuvchi soha; oligofrenopsixologiya – psixik
rivojlanishning miyadagi tug‘ma asoratlar bilan bog‘liq patologiyasi
to‘g‘risida tadqiqot ishlarini olib boruvchi soha; surdopsixologiya
– quloq eshitishning butunlay kar bo‘lib qolgunga qadar jiddiy
kamchiliklari, nuqsonlari bilan shug‘ullanuvchi, bolani voyaga
yetkazishning omilkor yo‘l-yo‘riqlarini topuvchi, korreksion-tuzatish
ishlarini olib boruvchi soha; tiflopsixologiya – chala ko‘ruvchi va
mutlaqo ko‘zi ojiz odamlarning psixologik rivojlanishini tadqiq
qiluvchi soha. Maxsus psixologiyaning yana o‘ziga xos tor bo‘limlari
ham mavjud bo‘lib, insonlarning kasalligi, nuqsoni, aql-idrok darajasi,
nutq faoliyati patologiyasiga binoan tadqiqot ishlari olib boriladi.
Differensial psixologiya
– shaxslar o‘rtasidagi tafovut va farqlarni
hamda guruh a’zolari orasidagi nomutanosibliklarning psixologik to-
monlarini, ya’ni psixologik farqlarini o‘rganuvchi psixologiya sohasi.
Psixofiziologiya
– odamlarning individual psixologik va psixo-
fiziologik farqlarini tadqiq qiluvchi, psixikaning genetikasini o‘rga-
nuvchi psixologiya sohasi.
162
Boshqaruv psixologiyasi
– jamiyatda faoliyat ko‘rsatayotgan
shaxslar, guruhlar va jamoalar o‘rtasidagi ishlab chiqarish bilan
bog‘liq bo‘lgan nazorat, baholash, munosabat qonuniyatlarini, rahbar
faoliyati va xarakteri, qobiliyati xususiyatlarini tadqiq qiladigan
ijtimoiy psixologiyaning sohasi.
Parapsixologiya
– hozirgi zamon fanining chegarasidan tashqa-
ridagi, tushuntirish qiyin bo‘lgan ekstrosensorika – o‘ta sezuvchanlik,
telepatiya – fikrni masofaga uzatish, kelajakka bashorat qilish va
shu kabi psixik hodisalarni o‘rganadi. Parapsixologiyaga nisbatan
qiziqish qadimdan mavjud bo‘lib, unga nisbatan ixlos to hozirgi
kungacha kamaygani yo‘q, goho uni
psixotronika
deb ham atashadi.
Shuningdek, parapsixologiyaning
xiromantiya
–qo‘l kaftiga qarab
fol ochish, inson kelajagi va uning taqdiri haqida oldindan bashorat
qilishdan iborat noilmiy sohasi;
spritizm
– o‘lgan odamlar arvohlari,
ruhlari bilan aloqa o‘rnatish mumkin, ular hamisha barhayot va biz
bilan muloqotga muhtoj, degan g‘oyani ilgari suruvchi sohalari
mavjud.
Salomatlik psixologiyasi
– psixogigiyena va psixoprofilaktika,
turmush darajasining infratuzilmasini oshirish masalalari bilan
shug‘ullanadi.
Dostları ilə paylaş: