(lot. “natura” – tabiat)
falsafiy manzarasi tarzida izohlash
namoyon bo‘la boshladi:
– Fales (eramizdan avvalgi VII
–
VI asrlar), Aneksimon (eramizdan
avvalgi V asr), Geraklit (eramizdan avvalgi VI
–
V asrlar) ruh olamining
ibtidosini tashkil qiluvchi narsalar (suv, havo olov)ning insonlar va
hayvonlarga jon bag‘ishlovchi shakli tarzida talqin qilishadi;
– Eramizdan avval yashab o‘tgan yunon faylasuflarining ilmiy
izlanishlari natijasida materiyaning jonliligi (
gilozoizm
) to‘g‘risidagi
g‘oya yuzaga keladi;
– Materiyaning jonliligi haqidagi g‘oyani rivojlantirgan atomizm
(yunon. “atomos” – bo‘linmas)
namoyandalari Demokrit (eramizdan
avvalgi V
–
IV asrlar), Epikur (eramizdan avvalgi IV
–
III asrlar),
Lukritsiy (eramizdan avvalgi I asr) bir qancha fikrlarni ilgari surdilar,
jumladan:
− ruh tanaga jon bag‘ishlovchi moddiy jismdir;
− moddiy asos hisoblanmish aql;
− hayotni boshqaruvchi idrok vazifasini bajaruvchi a’zo;
− ruh bilan aql tana a’zolari bo‘lganligi bois, ularning o‘zi ham
tanadir;
− ular sharsimon, kichik harakatchan atomlardan tarkib topadi.
Yuqoridagi mulohazalar organizmning anatomik-fiziologik tuzili-
shi, miyaning tarkibi singari moddiy asoslarga suyangan holda real
voqelikni tushuntirish imkoniyatiga ega emas edi.
Aflotun (Platon) jonning tarkibiy qismlari to‘g‘risidagi tushunchani
psixologiyaga olib kiradi. Uning fikricha, aql-idrok, jasorat, orzu-
istak kabilardan iborat bo‘lib, ular bosh, ko‘krak qorin bo‘shlig‘iga
joylashgan. Aflotun psixologiyada dualizm
(lot. “dualis” – ikki
mustaqil)
ta’limotini ruhiy olamni, tana bilan psixikani ikkita mustaqil
narsa deb izohlasa, uning shogirdi Arastu (Aristotel) o‘zining
ta’limotida psixologiyani tabiiy-ilmiy asosga qurib, uni
biologiya
140
va tibbiyot
bilan bog‘lab tushuntirishga erishgan. Arastuning “Jon”
to‘g‘risidagi kitobi ma’lum bir davr uchun taraqqiyparvar manba
vazifasini bajarib, unda odamlar va hayvonlarning kundalik hayotiy
lahzalarini kuzatish orqali yaqqol voqelikni tasvirlash, tahlil qilish
jarayonlari mujassamlashgandir. Arastuning ta’kidlashicha, jon
qismlarga bo‘linmaydi, lekin u faoliyatning oziqlanish, his etish,
harakatga keltirish, aql, idrok kabi turlarga oid qobiliyatlarda
namoyon bo‘ladi. Uning fikricha, sezgi bilishning dastlabki qobiliyati,
u tasavvur shaklida iz qoldirishi mumkin ekan.
Qadimgi dunyoning keyingi rivojlanishi davrlarida psixologik
g‘oyalar mukammallashib, unga oid tayanch tushunchalar vujudga
kela boshladi, hatto ruh hozirgi zamon psixikasi kabi qo‘llanish
ko‘lami kengaydi.
Gippokrat (eramizdan avvalgi 460
–
377-yillar) Demokritning
izdoshi sifatida qadimgi tibbiyotda to‘plangan tajribalarni jamlab,
umumlashtiradi. U miya va ruh o‘rtasidagi munosabatlarga oid
qarashlari bilan mashhur bo‘lib, temperament ta’limotining
asoschisidir. Mashhur olim odamlardagi kasallikning kechishi
va bemorning tuzalishi uning temperamentiga bog‘liq ekanligini
ta’kidlaydi.
Gippokratdan keyin Gerofio va Erazistlar (Aleksandriya maktabi),
Sels, Aretey, Avreliy va Galen (qadimiy rum maktabi) muvaffaqiyatli
ishlarni amalga oshirdilar. Masalan, rumlik shifokor Galen (eramizdan
oldingi II asr) fiziologiya va tibbiyot yutuqlarini umumlashtirib,
psixikaning fiziologik asoslari to‘g‘risidagi tasavvurlarni yanada
boyitdi.
X
–
XI asrga kelib qadimiy Sharqda Yaqub bin Isaak al-Kindiy, Abu
Nasr al-Farobiy, Abu Bakr ar-Roziy, Abu Ali ibn Sino va boshqalar
falsafa, tibbiyot va psixologiya sohalarining jadal rivojlanishiga hissa
qo‘shadilar. Ularning asarlarida ko‘plab psixologiyaga oid muammolarga
oydinlik kiritilgan. Jumladan, mashhur mutafakkir Abu Bakr ar-Roziy
(865
–
925-yillar) bemorlarni davolashda ruhiy ta’sir qilish usullarini
keng qo‘llagan. U kasallikning kelib chiqish sabablarini, ularning
oqibatlarini o‘rganib, psixoprofilaktika va psixogigiyena sohalariga
oid bilimlarni rivojlantirgan. Shuningdek, Abu Bakr ar-Roziy
141
asarlarida shifokor burchi, tibbiy maslahatlar haqida ham ma’lumotlar
uchraydi.
Buyuk mutafakkir Abu Ali Ibn Sino (980–1037) o‘zining davriga-
cha ma’lum bo‘lgan psixologiyaga doir ma’lumotlarni to‘plab, maxsus
asarlar (“Jon to‘g‘risida risola” (“Risola fi-al-nafs”), “Psixologiya
to‘g‘risida risola” (“Risola-dar revanshinosi”), “Kitob al-ta’bir”
(“Tushni yo‘yish kitobi”), “Jon-ruh haqida kitob” (“Kitob al-muhjat”),
“Tib qonunlari” (“Kitob al-qonun fit tib”), “Shifo beruvchi kitobi”
(“Kitob an-najot”), “Donishnoma”) yozib qoldirgan.
Ibn Sino antik dunyo olim va faylasuflari va o‘tgan sharq
mamlakatlari olimlari yozib qoldirgan asarlarini chuqur o‘rganar
ekan, u psixologiyaning “otasi” deb nom olgan Arastuni o‘zining
“birinchi o‘qituvchisi” deb tan oladi. U Arastu singari odam tanasi
va “ruhiy quvvatlar” materiya bilan shaklan bir-biridan ajratilmagan
holda mavjud ekanligini e’tirof etadi. Bu bilan mashhur mutafakkir
psixik faoliyat bilan odam salomatligining bir-biriga ta’sir etish kuchi
qanchalik katta ahamiyatga ega ekanligini isbot qilishga harakat qiladi.
Ibn Sino o‘zining nazariy bilimlarini turli tajribalari natijalariga ko‘ra
asoslab berishga harakat qiladi.
Ibn Sino psixik holatlarning organizmga ta’siri har qanday ruhiy ja-
rayonning fiziologik asoslari bilan bog‘liq ekanligi hamda organizmga
tashqi muhitning ta’siri katta bo‘lishini isbotlash maqsadida ikkita
qo‘zi olib, ulardan birini och bo‘ri yaqiniga bog‘lagan, ikkinchisini esa
bo‘riga ko‘rsatmay, oddiy, tinch sharoitda boqqan. Har ikkala qo‘yga
ham bir xil hajmdagi yemakni aynan bir vaqtda berib borgan. Ko‘p
o‘tmay bo‘riga yaqin bog‘langan qo‘zi uning doimiy hamlalaridan
uzoq vaqt qo‘rqqanidan juda ham ozib ketgan va yaxshi boqilishiga
qaramay, kasallikka uchrab nobud bo‘lgan. Tinch sharoitda boqilgan
qo‘zi esa kundan-kun semirib, xotirjam uzoq yashagan. Ibn Sinoning
turli kasallikka chalingan og‘ir bemorlarni psixoterapevtik, ya’ni so‘z
bilan ruhiy ta’sir qilish orqali davolaganligi haqida ko‘plab hikoyalar
uchraydi. Shuningdek, uning asarlarida kasalliklarning oldini olishda
tarbiyaning ahamiyati alohida ko‘rsatib o‘tiladi. “Tarbiya erta bolalik
davridan boshlanishi kerak”, degan edi Ibn Sino. Bolani qo‘rqoq,
g‘amgin yoki juda erka qilib o‘stirmaslik kerakligini, bolaning
142
istaklarini yaqinlari payqashi va uning xohishini muhayyo qilishini,
yomon illatlardan esa bolani yiroqlashtirishlari zarurligini uqtirgan.
Bu amallarni bajarish bolaning zehnini o‘tkir, tanasini sog‘lom qilib
o‘stirishini ta’kidlab o‘tgan.
Ibn Sinoning tana va ruhiyatning bir butunligi haqidagi fikrlari
hozirgi kunda zamonaviy tibbiyot yutuqlari tufayli o‘z isbotini topib,
psixosomatik tibbiyot faniga asos soldi. U xotiraning buzilishi bosh
miyaning orqa qismi, tafakkurning buzilishi miyaning o‘rta qismi,
idrokning buzilishi esa miya qorinchalarining zararlanishi bilan bog‘liq
deb mulohaza bildirgan. Psixik jarayonlarning buzilishini o‘rganish
XIX asrlarda G‘arb olimlari tomonidan boshlangan degan fikr hali-
hanus manbalarda uchraydi. Vaholanki, buyuk bobokalonimiz o‘z
davrida depressiya, epilepsiya, ongning buzilishlari, gallyusinatsiyalar,
alahsirash, tafakkur va xotira buzilishlarini o‘rganib, ular haqida
yozib qoldirgan.
Abu Ali ibn Sino bosh miyaning atrof-muhitdagi narsa va hodisalarni
o‘zida turli xil shaklda aks ettirish qobiliyatiga ega ekanligini anglab
yetgan. Tashqi ta’sirlar avvalo sezgilar orqali namoyon bo‘lishi va
ular ko‘rish, eshitish, hid bilish, ta’m va teri-tuyg‘u ko‘rinishga ega
ekanligini, ularning xususiyatlari va ahamiyati haqida to‘xtalib, har
qaysi sezgining bosh miyada alohida boshqarib turadigan markazi
borligini ta’kidlagan. U insonning tafakkuri, hayoli, xotirasi va iroda
sifatlariga yuqori baho beradi va bu psixik jarayonlarning bir-biri bilan
chambarchas bog‘liq ekanligini anglaydi. Tafakkurning yordamida
hodisa va voqealarni bir-biri bilan almashtirish, abstraksiyalash
bilan haqiqatni yolg‘ondan ajratiladi. Xotira yordamida esa idrok
qilingan narsa va hodisalar kishi ongida mustahkam joylashadi va
idrok qilingan bir obyektni ikkinchisidan ajratishga yordam beradi.
Xayol kishi ongida obyektiv voqelikni aks ettiradi, degan fikrlarni
bayon etish orqali Ibn Sino psixologiya sohasida chuqur bilimga ega
bo‘lganidan dalolat beradi. Abu Ali ibn Sino psixologiya fanining
keyingi taraqqiyotiga ham ko‘pgina ilg‘or va haqqoniy fikrlari bilan
katta hissa qo‘shgan.
Sharqlik yana bir buyuk mutafakkir alloma Ismoil Jurjoniy
(1080–1141-yillarda Xorazmda yashab ijod qilgan) tibbiyotga
143
oid asarlarida (“Ibn Sino haqida so‘z”, “Xorazmshoh xazinasi”
va “Xastaliklarni aniqlash usullari”) bemorlar psixologiyasiga
bag‘ishlangan bir qancha fikrlar bayon qilingan. Sharq olimlari
bemorlar psixologiyasi va ruhiy kasalliklarni o‘rganishga katta hissa
qo‘shibgina qolmay, ular Marvda, Bog‘dodda, Quddus va Damashqda
bemorlar uchun shifoxonalar ochadilar.
X
Dostları ilə paylaş: |