Ped Psix 2 tayyori 16. cdr



Yüklə 4,98 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə92/192
tarix08.11.2023
ölçüsü4,98 Mb.
#131323
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   192
Ped Psix 2 tayyori 16. cdr

ong
shaxsning tevarak-atrofdagi 
narsalarni, hozirgi va o‘tmish davrni yaxshi bilish, o‘zlikni anglash, 
qaror qabul qilish, vaziyatga qarab o‘z xatti-harakatini boshqarish 
qobiliyati bilan namoyon bo‘ladi. 
Psixologik manbalarda 
ongning tarkibiy qismlarining mohiyati
quyidagicha tavsiflanadi:
152
Ong
– narsa va hodisalar haqidagi bilimlar majmuasidan iborat 
bo‘lib, uning tuzilishi tarkibi barcha bilish jarayonlari (diqqat, sezgi, 
idrok, xotira, tasavvur, tafakkur, nutq va xayol) kirib, ular yordami 
bilan shaxs o‘z axborotlari ko‘lamini uzluksiz ravishda boyitib boradi. 
Bunda bilish ikki xil 
hissiy
va 
aqliy
bosqichda namoyon bo‘ladi.
Ongning ikkinchi psixologik tavsifi
subyekt bilan obyekt o‘rtasidagi 
aniq farqlanishda o‘z ifodasini topishi, ya’ni shaxs “Men” degan 
tushunchasi bilan “Men emas” atamasi tarkibiga nimalar tegishli 
ekanligini aniq bilishi bilan izohlanadi. Shaxs tirik mavjudodlar 
olamida birinchi bo‘lib borliqda real uni qurshab turgan tevarak-
atrofga nisbatan o‘zini qarama-qarshi qo‘yadi va ong yordamida o‘z-
o‘zini anglaydi.
Ongning uchinchi psixologik tavsifi
shaxsning maqsadni 
ko‘zlovchi faoliyatini ta’minlashga yo‘naltirilgan. Bunda shaxs 
faoliyatining turli xususiyatli motivlari ehtiyojlar asosida yuzaga 
kelishi, ular inson tomonidan chamalab chiqilishi, buning natijasida 
motivlar kurashi namoyon bo‘lishi, bu o‘rinda ustuvorlikka erishish 
yetakchilikni ta’minlashi, irodaviy zo‘r berish oqibatida muayyan 
qaror qabul qilinishi, harakatlarni bajarishning izchilligi qay yo‘sinda 
amalga oshirilayotgani hisobga olinishi, maqsadni qaror toptirish 
yo‘lidagi to‘siqlar bartaraf etilishi va unga muayyan o‘zgarishlar 
kiritilishi, samaradorlikni oshirish uchun ba’zi bir tuzatishlar amalga 
oshirilishi nazarda tutiladi.
4. 
Ongning so‘nggi tavsifi
uning tarkibiga muayyan darajadagi 
emotsional (hissiy) munosabatlar tizimi qamrab olinganligini aks 
ettiradi. Shaxs ongiga turli-tuman his-tuyg‘ular, kechinmalar, stress, 
affekt holatlar to‘g‘risidagi axborotlar oqimi kirib kela boshlaydi. 
Shaxsning boshqa kishilarga, tabiatga, jamiyatga, narsalarga nisbatan 
munosabatlari mavjud mezonlarga asoslansa, muayyan qoidalarga 
bevosita amal qilinsa ongning nazorat funksiyasi me’yorda ekanligidan 
dalolat beradi.
Odamda ong asta-sekin rivojlana boradi. Yangi tug‘ilgan bolada 
ong bo‘lmaydi, lekin u ruhan va jismonan taraqqiy etgan sari 
rivojlana boradi va takomillashadi. Ongga yuqori darajali izchillik 
xosdir. U doim jadalligi, chuqurligi va kengligi bilan boshqa bilish 


153
jarayonlaridan farq qiladi. Odam hayotining turli davrlarida 

o‘smirlik, o‘rta yosh, qarilik chog‘ida ong turli ko‘rinishda bo‘lsa-
da, u bir butundir. Odam tanasi faqat tashqi olamdan (ko‘ruv, eshituv 
vahid bilish) dan emas, balki tanasining ichki a’zolaridan ham 
ta’sirot yetkazuvchi retseptorlar orqali ma’lumot olib turadi, lekin 
ular ongda aks etmaydi. Tashqi olamdan axborot olish va o‘zini-o‘zi 
anglash doimo ongda aks etib turadi. Ana shu jarayonlar natijasida 
odam o‘z his-tuyg‘ulari, sezgilari, xohishlari, ehtiyojlarini atrof-olam 
vaziyatlari bilan taqqoslaydi. Bu ongning eng muhim funksiyasidir.
Psixofiziologlar ongga bosh miya po‘stlog‘ining funksiyasi deb 
ta’rif berishadi. Ularning fikricha, bosh miya po‘stlog‘i va birinchi 
galda ikkinchi signal sistemasi ong uchun, uning rivojlanishi hamda 
saqlanib qolishi uchun hal etuvchi o‘rin tutadi. Miya ustuni retikular 
formatsiyasi ham ong jarayonida muhim o‘rin tutadi. Retikular 
formatsiya ongga ta’sir o‘tkazadi, uyqu va tetiklikni idora etadi. 
Ikkinchi signal sistemasi ongga xos bo‘lgan o‘z-o‘ziga hisobot 
berishni ta’minlasa, ong faoliyat ko‘rsatishi uchun zarur bo‘lgan 
po‘stloqning tetiklik holati retikular formatsiyaning faoliyati bilan 
uzluksiz bog‘langandir.
Z.Freyd yaratgan psixonaliz to‘g‘risidagi nazariya inson ruhini 
bir muz tog‘iga qiyoslaydiki, go‘yo uning ustki, oltidan bir qismi 
ong bo‘lsa, suv ostida ko‘rinmay yotgan oltidan besh qismi — 
ong 
ostidagi jarayonlardir, ya’ni ongsizlikdir
. Psixoanaliz fani o‘z oldiga 
ongdan yashirinib yotgan chuqur psixologik jarayonlarning sir-
asrorini ochishni maqsad qilib qo‘yadi va shu yo‘l bilan nevrozni 
keltirib chiqaruvchi omillarni o‘rganadi. Z.Freyd “yashirinib” yotgan 
psixologik jarayonlarni ongsiz jarayonlar deb ataydi. 
Ongsizlik bu shunday holatki, bunda odam ixtiyorsiz tarzda, o‘zi 
bilmasdan yoki anglamasdan turli xatti-harakatlarni amalga oshiradi. 
Bu xatti-harakatlar avtomatik tarzda kundalik hayotda, uyquda, 
ya’ni tush ko‘rayotganda yoki gipnotik holatlarda kuzatilib turadi. 
Ongsizlik, tabiiyki, ongga bog‘liq bo‘lmagan holat.
Z.Freydning ta’biri bilan aytganda, ongdan siqib chiqarilgan 
odamning tabiiy instinktlari ong ostida joy topadi. Ongsizlik tug‘ma 
xususiyat bo‘lib, insonning barcha xatti-harakatlarini belgilab beradi.
154
Z.Freyd fikricha ongsizlik :
− tushda; 
− bilmay gapirib yuborishda; 
− ongsiz unutishda; 
xulq va nutqda xato qilishda
− o‘zimizdagi tushkunlik va xafachilikni hazil yordamida bartaraf 
qilishda; 
− kinoya gaplarda; 
− gipnotik yoki sarhush (mast) holatlarda ifodalanadi.
Ongsizlikni Z.Freydning psixoanaliz haqidagi ta’limoti o‘rganadi. 
Psixoanaliz ta’limotining yaratilishiga asosan bolalar psixologiyasi, 
nevrozlar klinikasi va psixoterapiya usullari turtki bo‘lgan. 
Psixoanaliz o‘rganadigan asosiy yo‘nalishlardan biri − shaxsning 
seksual rivojlanishidir. Z.Freyd nevrozlarning kelib chiqishini o‘zi 
yaratgan psixoseksual nazariyaga asoslanib tushuntirib beradi.

Yüklə 4,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   192




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin