20-modda. Tashqi reklama. Tashqi reklamaga alohida maxsus konstruksiyalarda,
taxtalavhalarda, ekranlarda, binolarda, inshootlarda, yo‘l chekkalarida, ko‘cha
yoritgichlarining tayanchlari va hokazolarda joylashtiriladigan reklama kiradi.
(O‘zR 30.08.2002 y. Qonuni tahriridagi qism)
Tashqi reklamani joylashtirish tartibi mahalliy davlat hokimiyati organlari
tomonidan o‘z vakolatlari doirasida belgilanadi.
Muayyan shaxs egallab turgan binoning tashqi tomonida, binoga kirish joyida
shu shaxs to‘g‘risida joylashtirilgan yoki mazkur shaxsning mahsuloti haqida shu
bino vitrinasidagi axborot (peshlavha) reklama deb hisoblanmaydi va buning
uchun mahalliy davlat hokimiyati organlarining ruxsatini olish talab etilmaydi.
Tashqi reklamani ko‘cha yoritgichlarining tayanchlarida hamda ko‘cha va
yo‘llar qatnov qismi uzra joylashtirish xavfsizlik texnikasi talablariga rioya qilgan
holda va yo‘l belgilari, svetoforlar, chorrahalar, piyodalarning o‘tish joylari, umum
foydalanishdagi transport vositalari bekatlarini to‘sib qo‘ymagan holda,
shuningdek bunday reklama yo‘l belgilari va tasvirini takrorlamagan (yoki aynan
taqlid qilmagan) taqdirda amalga oshiriladi. (O‘zR 30.08.2002 y. Qonuni
tahriridagi qism)
Tabiatni muhofaza qilish ob'ektlari doirasida tashqi reklamani joylashtirishga
mahalliy davlat hokimiyati organlari yoki tegishli davlat boshqaruvi organlarining
vakolat doirasida ular bilan kelishilgan holda ruxsat beriladi.
Tashqi reklamani madaniy meros ob'ektlarida, yo‘l belgilarida va
svetoforlarda, ularning tirgaklarida yoki harakatni tartibga solib turuvchi boshqa
har qanday qurilmalarda, shuningdek dov-daraxtlarni payhon qilish va tutash
hududdagi obodonlashtirish vositalarini buzish yo‘li bilan joylashtirish taqiqlanadi.
(O‘zR 30.08.2002 y. Qonuni tahriridagi qism)
21-modda. Transportdagi va pochta jo‘natmalaridagi reklama. Reklama
transport vositalarida, shu jumladan, metropolitenda faqat ularning egalari yoki
mulkdorlari bilan kelishilgan holda hamda xavfsizlik talablari va yo‘l harakati
qoidalariga muvofiq joylashtirilishi mumkin.
Reklamani umum foydalanishdagi transport vositalarida, metropoliten
bekatlarida, vokzallarda, portlar va aeroportlarda yo‘lovchilarga xabar beruvchi
ovozli tarmoqlar orqali tarqatish taqiqlanadi, ijtimoiy reklamali axborot bundan
mustasno.
Reklamani pochta jo‘natmalari orqali tarqatish belgilangan tartibda shartnoma
asosida amalga oshiriladi. (O‘zR 04.04.2006 y. O‘RQ-28-son Qonuni tahriridagi
qism), (Oldingi tahririga qarang)