O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi namangan davlat universiteti



Yüklə 1,46 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə50/81
tarix08.11.2023
ölçüsü1,46 Mb.
#131420
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   81
Namangan davlat universiteti ijtimoiy-madaniy faoliyat kafedrasi (1)

 
Tayanch so‘z va iboralar: 
Amerikaning «Baskin Robins" kompaniyasi
Britaniyaning "Yunayted Distellerz" kompaniyasi, Evropa, Shimoliy Amerika va 
Osiyo mamlakatlarida reklamani tarqatuvchi vositalar, Evropa, Shimoliy Amerika 
va Osiyo davlatlarida reklama xarajatlari mutanosibligi
Nazorat savollari: 
1.
 
Reklama faoliyatiga oid xalqaro hujjatlarni sanab o‘ting. 
2.
 
O‘zbekistonda reklamaning qaysi davlat reklama faoliyati bilan umumiy 
xususiyatlari bor? 
3.
 
Evropa, Shimoliy Amerika va Osiyo davlatlarida reklama xarajatlari 
mutanosibligini qanday baxolaysiz?
 


4-semestr 
 
REKLAMA NING INSON RUHIYATIGA TA'SIR ETISH USULLARI 
Reja:
1.
 
Reklama va inson ruxiyati
2.
 
Reklamaning ruxiyatga ta'sir etish usullari 
 
Reklama-ijtimoiy ruhiy xususiyatga ega. U ko‘p xususiyatli tovar bo‘lib, hozirgi 
zamon kishisi ruhiyatiga eng sirli ta'sir qiluvchi omildir. Biznes olamida reklama 
iste'molchilar e'tiboriga katta ko‘lamdagi axborotlar tizimini tavsiya qiladi. Inson 
reklama axborotlarini qabul qilar ekan, o‘zida uning, albatta, ruhiy ta'sirini sezadi. 
Iste'molchida reklamaning ma'lum bir aniq yo‘nalishi bo‘yicha ta'sir-sezgi paydo 
bo‘ladi. Bu insonning o‘sha reklamaga bo‘lgan munosabatida seziladi. Uning 
ongida ijobiy yoki salbiy bo‘lgan munosabat tug‘iladi. Reklama jarayonida 
berilayotgan axborotlarni inson o‘ziga qabul qilar ekan unga nisbatan o‘zining 
sezgisini, qanday qabul qilishini, bor diqqatini, e'tiborini, ma'lum xotiralarini va 
boshqa bir qator xususiyatlarini tiklaydi.
Boshqa jihatdan, reklama axborotlarini o‘ziga qabul qilish jarayonida 
berilayotgan axborotlarga nisbatan kishining unga bo‘lgan munosabatida ham 
shunga yarasha turli psixologik vaziyatlar yuzaga keladi. yetkazilgan axborot 
mazmunidan qoniqish hosil qilishi, undan ijobiy ta'sirlanishi, yoki uning 
mazmuniga unchalik ahamiyat bermasdan reklama axboroti mohiyat-mazmunini 
e'tibordan chetda qoldirishi mumkin. 
Bunday holatlarni ko‘p kuzatgan ruhshunoslarning ta'kidlashlaricha, reklama 
axborotlarini o‘zida idrok qilish va unga nisbatan bo‘lgan munosabatlarda juda 
ko‘p omillar ta'sir ko‘rsatadi. Shunday omillardan uchtasi doimiy tarzda ishtirok 
etishi kuzatilgan. Bular: bilishga xos omil, emotsional omil, xabarlash omillari. 
1.Reklama ta'sirining bilishga doir omillari. 
Reklama axborotlarini inson o‘ziga qay tarzda qabul qilishini kognitiv omil 
ko‘rsatib beradi.Kognitiv omillarni o‘rganishda axborotlarni o‘zida qabul 
qilishning turli omillarini tahlildan o‘tkazish lozim bo‘ladi. Bular his qilish va 
idrok etish, xotira, tasavvur qilish, fikrlash, nutq va boshqa xolatlar. 
Reklama mahsuloti yuqori darajada, yoki aksincha, past darajada tayyorlanishi 
mumkin. Bular insonning qabul qilish jarayoniga turli ta'sir o‘tkazadi. Berilgan 
reklama axboroti kishi tomonidan turlicha qabul qilinishi va esda qolishi, shunga 
qarab o‘z harakat yo‘nalishini belgilab olishi mumkin. Reklama axboroti ta'sirining 
eng asosiysi - reklama qilinayotgan mahsulot yoki xizmatlarining asosiy 
xususiyatini belgilab olishdan iborat. Xususan, reklama axborotiga iste'molchi 
e'tiborini jalb etish, buning uchun kognitiv jarayonlar ruhiyatini chuqur tahlil qilish 
nihoyatda muhimdir. Reklama beruvchilarning reklama mahsulotlari o‘zlari 
reklama qilayotgan mahsulotlar va turli xizmatlar raqobatidan ham o‘ta kuchli 
raqobat ekanligi hyech kimga sir emas. Shu jihatdan ularning o‘ziga xos 
xususiyatlariga to‘xtalib o‘tish juda muhimdir.Qisqacha ushbu holatlarga to‘xtalib 
o‘tamiz. 



Yüklə 1,46 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   81




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin