O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi namangan davlat universiteti



Yüklə 1,46 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə56/81
tarix08.11.2023
ölçüsü1,46 Mb.
#131420
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   81
Namangan davlat universiteti ijtimoiy-madaniy faoliyat kafedrasi (1)

 
 
 
 
 
 
 


REKLAMA DA RANGLI SURATLARNING O‘RNI VA AHAMIYATI 
Reja:
1.
 
Reklamada rangli suratlardan foydalanish 
2.
 
Reklamada rangli suratlarning ijtimoiy-psixologik xususiyatlari
 
Reklamada rangli rasmlarning berilishi mehnat to‘lovlari uchun emas, balki gazeta 
sahifalari uchun juda kimmatga tushadi. Reklama kompaniyasining uchdan bir 
yoki yarim byudjeti illyustratsiya uchun sarf qilinadi. Barcha qimmatbaho narsalar 
samarali bo‘lishi kerak, aks holda pullar havoga ketadi. Shuning uchun tasviriy 
sanatda reklama - birinchi bo‘lib o‘rganilishi kerak bo‘lgan fandir.
Illtostrapiyalar shunchaki qizikarli bo‘lishi kerak emas, balki shunchaki ko‘zga 
ilinadigan bo‘lishi kerak. Reklama e'lonlari qiziqtirish, ko‘ngilni ochish yoki 
ko‘tarish, ommani ovutish uchun yozilmaydi, balki jiddiy sabab bois, ya'ni, 
kelgusidagi pul harajatlari sababli yoziladi, hamda cheklangan kamchilikka 
murojaat qilinadi. 
Faqat shunday illyustratsiyalardan foydalaningki, odamlarni jalb qila oladigan, 
hattoki buj oy matn bilan band bo‘lganda ham surat asos bilan tasvirlangan bo‘lsin.
Pochtada buyurtmali mahsulotlar reklamasi bilan shug‘ullanadiganlarga 
eslatib o‘tganimizdek illyustratsiyani o‘rganishni fan darajasiga ko‘tardilar, 
Ba'zilar katta illyustratsiyalardan foydalanadilar, ba'zilar kichik, ba'zilar esa 
ulardan umuman foydalanmaydilar. Shuni qayd etib o‘tish joizki, hyech kim 
ulardan qimmatbaho san'at asari sifatida foydalanmaydi. Ishonavering, reklama 
uchun foydalanilgan illyustratsiyalar ko‘p marotaba javoblar va to‘g‘ri 
qaytarishlar bilan tekshirilgan. 
Har qanday reklamist shunday prinsiplarni qo‘llaydi. Yoki qaysidir tovarni 
yoki xizmat turini sinovdan o‘tkazish orqali bajariladi. Ikkilantiruvchi g‘oyalar 
hali katta xarajatga sabab bulmaydi. Illyustratsiya reklamaning ko‘p yo‘nalishida 
element bazasi hisoblanadi. Reklamadan ba'zi tovarlarning illyustratsiyalarini 
olib tashlashga harakat qilib ko‘rinshi-hamma tuzi yo‘qoladi. Ba'zi reklama 
turlarida, jumladan kiyim sotish jarayonida shu isbotlanganki, faqat birgina 
tasvirlar ishontirishga qodir. Shu bilan birga faqat yoqa yoki pidjak cheti 
tasvirlangan bo‘lishi kerak emas, odamlarni shunday kiyimda tasvirlash kerakki, 
ularga qarab o‘quvchining havasi kelsin, ularni shunday hashamatli narsalar 
qamrab olgan bo‘lsinki, barcha o‘quvchilar o‘zlarida bo‘lishini xohlashsin. 
Sirli yuborilgan illyustratsiyalar o‘quvchini shunga ishontiradiki, faqat shu 
kiyim insonni ishda va umumiy ravnaq topishda yuqori darajaga ko‘tarilishiga 
yordam beradi. Unda o‘zining ishida uzoqqa borgan va zafarlarga erishgan 
insonlar tasvirlanadi. 
O‘rtacha va umumiylik ham san'atdir, Lekin hamma vaqt ham bunday 
bo‘lavermaydi. Shuning uchun reklamaning alohida ko‘rinishlari uquvni talab 
qiladi. Tasvirlar mahsulotning sotilishiga yordam berishi kerak. Agar tasvirlarning 
keragi yo‘q bo‘lsa boshqa tomonlardan ham foydalansa bo‘ladi. Ko‘p rasmlar 
tushirilgan tasvirlar matnlarga qaraganda ko‘p narsani aytishi mumkin. Reklamada 


rasmlar hyech qanday o‘ylantiradigan buyumlar emas, fakatgina rasmlar 
tushirilgan parchali tasvirlar bilan eng katta olqishlarga sazovor bo‘lgan. 
Ba'zi iste'mol qilinadigan mahsulotlar rangli suratlari bilan chiroyli ko‘rinadi. 
Bulardan apelsinlar, desertlar va boshqalar xaridorni o‘ziga jalb etadi. Rang 
reklama qilinayotgan tovar hakida anik ma'lumot beradi. Ba'zida esa rangli 
mahsulotlar shunkachi xaridorning diqqatini tortish uchun quroldir. U mahsulot 
ko‘p sondagi xaridorlarning diqqatini tortishi mumkin, lekin sotuvini 
kengaytirishga kafolat bermaydi. 
Reklama matnlariga doir ko‘plab izlanishlar natijasida reklama xabarlarini 
qabul qilishda salbiy ta'sir ko‘rsatadigan bir qator xatoliklar aniqlandi. Ommaviy 
axborot 
vositalari 
orqali 
berilayotgan 
reklamalarning 
axborot 
uchun 
qo‘llaniladigan matnlarini takomillashtirish uchun quyidagi tavsiyalarni berish 
mumkin: 
-fikrni soddalashtirish va charxlash. Sodda va aniq fikrni aytish. Kundalik 
turmush tarzida ishlatiladigan so‘zlardan foydalanish. Uning mazmunini har bir 
kishi anglab yetishi lozim. Texnik va boshqa istalgan jargonlardan foydalanish, 
-axborotni qizikarli va ehtiros bilan o‘qish. Berilgan matn o‘quvchi qiziqishini 
orttirsa yana ham yaxshi. Zerikarli ta'kidlardan qochish muhimdir. G‘ayri oddiy 
tushunchalarning qo‘llanilmagani maqsadga muvofiq,-qat'iy va ishonchli tarzda 
fikrni yetkazish kerak, Savol shaklida tuzilgan jumlani ishlatmagan ma'qul.
-haqiqatgo‘y va adolatli bo‘lish. Yolg‘on ma'lumotlar tezda bilinib qoladi va 
qayta buyurtma olish haqida gap ham bo‘lishi mumkun emas; 
-odob-axlok 
chegarasidan 
chiqmaslik. 
Kishi 
diqqatini 
hayosiz 
illyustratsiyalarga jalb etish yaxshi natija bermaydi. Chunki bunday holatda 
iste'molchida mahsulot yoki xizmat turi uchun shubha paydo bo‘lishi mumkin. 
Negaki u bu holat reklama beruvchining eng so‘nggi najoti bo‘lishi mumkin, deb 
o‘ylaydi;
-fikrlar obrazlarini yaratishga xizmat kiluvchi so‘z va jumlalardan foydalanish, 
-o‘quvchiga, tamoshibinga to‘g‘ridan-to‘g‘ri sotish holatida savdo- sotiqni 
qachon va qanday yakunlash to‘g‘risida nihoyatda ishochli ma'lumotlar berish 
zarur bo‘ladi. Ruhiyat nuqtai- nazaridan to‘g‘ridan-to‘g‘ri savdo-sotik holati juda 
nozik jihat hisoblanadi. Mijoz ikki o‘t orasida qolgan holatda uning mahsulotni 
sotib olishga bo‘lgan jur'atini tezlashtirish va yakuniga yetkazish uchun sotuvchida 
ta'sirli va kuchli vosita bo‘lgan mijozni oxirgi harakat sotib olishga undaydigan 
qat'iyatli undov bo‘lishi lozim.
Reklama matnini tayorlashga oid umumiy tavsiyalar Reklama matnini tuzish 
psixotexnologiyasi.
1-bosqich. Reklama matnini yaratishgacha ayni paytda qaysi axboratlar 
oqimini odamlarni yetkazishni tahlil qilish. Iste'molchilar tomonidan o‘ziga kulay 
qilishning qaysi yo‘llarini tanlashni tavsiya etish. 
Imkoniyati mavjud bo‘lgan iste'molchi reklama beruvchining qaysi jihatlaridan 
xhyratlanish mumkinlagini tushunish. Iste'molchida reklama xabarnomasining eng 
avvalo qanday jihatlari esda qolishini aniqlash. Reklama xabarnomasida qancha 
miqdorda emotsional xarakterdagi xususiyatlar bo‘lishini hisoblab ko‘rish, 


boshqacha kilib aytganda emotsional tuygularni qaysi o‘rinlarda qanday 
joylashtirilishi masalasini xal qilish.
Reklama kompozitsiyasini tanlashda iste'molchi ta'biga ta'sir qiluvchi 
omillardan foydalanish. Reklama berilishining davriyligi, qabul qilib olish tezligi, 
reklama xabarnomasini yetkazuvchi ob'ekt o‘rni to‘g‘ri tanlangani masalalarini 
tekshirish.
2-bosqich. Reklama matnini tuzish. Birinchi tavsiya-matnni yozishga 
shoshilmaslik. Tashqi hodisalarni o‘ziga qabul qilish va unga bo‘lgan 
munosabatlar dastlab, tanqidiy xarakterda buladi. Bundan tashkari, shunday ruhiy 
ta'sir ham ma'lumki, biror ishni amalga oshirib, deylik, matnni yozganimizdan 
keyin undan darhol voz kechish juda qiyin kechadi. Shuning uchun xam matnni 
yozish ishtiyoqi kuchayib borsa, ruhiy holatdan chiqish uchun o‘zingizda paydo 
bo‘lgan fikrni kichik bir varakda ifodalab, tezda uni uzoqroq bir joyga tashlab 
qo‘yish kerak. Shundan so‘ng varaqni vertikal holatda teng ikkiga bo‘lib, chap 
tarafiga reklama xabarnomasining barcha bo‘linmalarini, o‘ng tarafiga xabarnoma 
har bir bo‘limiga tegishli masalalar variantlarini yozib chiqish tavsiya etiladi.
3 bosqich . Reklama xabarnomasining birinchi variantini tuzgandan keyin u 
kuyidagi savollarga javob izlashi lozim: 
- jumla uzunligi qancha? 
- tanlangan jumlalarda ohang mavjudmi? 
- reklama axboroti iste'molchiga qanday ruhiy ta'sir eta oladi?
- qaysi haqiqiy yoki abstrakt tushunchalarni iste'molchi o‘zi qabul qiladigan 
boshqa tushunchalarga almashtirish kerak. 
Mahsulot mohiyati va uning shunday boshqa mahsulotlardan ustunligi bir 
qarashdayoq sezilib turishi kerak.
Iste'molchida tushuncha paydo bo‘lish holatini yaratish, hissiyoti va sezgisiga 
ta'sir kilish, qahrli va qora yumordan uzoqda bo‘lish, maqsadga qaratilgan 
mavzuning aniqligi va reklama matni, mazmuni muvofiqligini ta'sinlash talab 
etiladi. 

Yüklə 1,46 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   81




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin