Bolalar kiymini konstruksiyalash va modellashtirish Fazliddinova Saidaxon Baxriddinovna
va ularning asosiy iste’molchilari albatta, yoshlar edi.
Yoshlar modada
faol ishtirok etganliklari bois, dizaynerlar o'zlarining eng original
g‘oyalarini aynan yoshlarga bag'ishladilar.
Bolalar uchun kiyim yaratish qo'shimcha bilim talab etadigan
amaliy- dekorativ
san’at sohasidir. Zamonaviy kostyumning asosiy
prinsiplariga oddiylik, qulaylik
va go'zallik kabi tushunchalar kiradi.
Bolalar kiyimini yaratishda ulaming yoshini
va psixologiyasini e’tiborga olgan holda qo‘shimcha qat’iy talablar qo'yiladi.
Shuningdek, kiyimni modellashda bolalar tana tuzilishini va psixologiyasini,
gigiyenik va pedagogik talablami ham yodda tutish lozim.
Bolalar dunyoning eng muhim asosiy qismini tashkil etganliklari
sabablari ularning kiyimlari ongiga juda katta ijobiy yoki salbiy ta’sir
ko‘rsatadi, bu bilan o‘sib borayotgan bolalarning tezkor, chaqqon, aqlli,
o‘ziga ishongan, fahm-farosatli bo‘lishlariga, shuningdek, kelajakda
mehnatsevar bo‘lishlariga ota-onalar ham katta ta’sir qiladilar. Yosh bolalar
kiyimi ayniqsa ob-havo sharoitidan kelib chiqib tikilishi kerak. Ob-
havoning birdan isib yoki sovub ketishi, bolalarning sog‘lig‘iga tez ta’sir
qiladiki, buni nazardan chetda qoldirmaslik kerak. Ustki kiyimlar bir necha
qavatdan tikilgan issiq matodan bo‘lib, uni taqilmasi va isituvchi qismlari
(pelerina, bosh keyimi sovuqdan saqlashi uchun) tikilgan bo‘lishi kerak.
Shuningdek, shaharda va qishloqda yashaydigan bolalarning kiyimlari ham
ob-havosi va ijtimoiy kelib chiqilishiga qarab tikilishi maqsadga
muvofiqdir
.
Bolalar kiyimi qulay va go‘zal, arzon va mustahkam, qalbga
quvonch bag'ishlaydigan, bola organizmini to‘g‘ri fiziologik rivojlanishiga imkon beradigan
bo'lishi va bolani estetik va etik tarbiyasiga ijobiy ta’sir ko'rsatishi kerak.
Chiroyli, qulay, mo'ljalga mos kiyim bolaning faqat badiiy didi rivojlanishiga
yordam bermasdan, balki ozodalilik, saranjom- sarishtalilik, tartiblilik, sipolik va
boshqa tomonlama tarbiyalashga ham imkon beradi. Bolalar kiyimi ularning
yoshiga binoan o'yinlariga. mashg'ulotlariga mos bo'lishi kerak.
Bolalar kiyimi quyidagi guruhlarga bo'linadi bir yoshgacha;
-yasli yoshidagi : 1-3 yoshgacha;
-maktabgacha yoshdagi guruh: 4-6 yoshgacha;
-boshlang'ich maktab yoshi guruhi: 7-12 yoshgacha;
-katta maktab yoshi guruhi: 12-15 yoshgacha;
-o'spirin yoshi guruhi: 15-17 yoshgacha;
-yoshlar guruhi: 17-20 yoshgacha.
1-jadval
Bolalar yosh davrga qarab razmerlarga bo'linishi