-
bir yoki ikki qo‘shni arqoq iplarning yo‘qligi (prometka yoki prolet);
-
ma’lum joyda tanda ip gazlama sirtida yotadi va arqoq ipi bilan
o‘rilishmaydi ( nepodrabotka osnovi);
ma’lum joyda arqoq ip gazlama sirtida yotadi va tanda ipi bilan o‘
rilishmaydi(podnirka);
-arqoq ip siyrak joylari (nedoseka);
-
arqoq ip zich joylari(zaboina);
-arqoq ip siyrak joylar bilan zich joylar galma-gal kelgan joylar (nerovniy
boy);
-
ikki tanda ip xuddi bittadek o‘rilishgan joy ( parochka);
-
arqoq ip qalinlashgan joy (sled utka). Bunday nuqson arqoq ipi kalava
oxiridan dastalanib kelsa va shu holda o‘rilib ketsa paydo bo‘ladi;
-
arqoq haltalari- arqoq ip uncha tarang bo‘lmaganda paydo bo‘ladi;
-
qo‘sh o‘rilish (podpletini). Uch yoki undan ko‘p tanda iplari uzulib, arqoq
ipiga noto‘g‘ri o‘rilishidan hosil bo‘ladi;
-
to‘quv dastgoxining qismlari gazlamani shikaslantirganda paydo
bo‘ladigan turli o‘lchamdagi teshiklar;
-
kir va moy dog‘lari- to‘quv dastgoxi ko‘proq moylab yuborilganda va
ehtiyot bulinmaganda paydo bo‘lishi mumkin;
-to‘quv naqshining buzilishi-gazlamaning ayrim joylarida to‘quv naqshining
belgilangan naqshiga to‘g‘ri kelmasligi.
Konstruktiv nuqsonla 6 guruhga bo‘linadi:
1.Gorizontal taxlamalar detalning gorizontal yo‘nalishda torligi yoki vertikal
yo‘nalishda uzunligi sababli paydo bo‘ladi.
2.Vertikal taxlamalar detalning gorizontal yo‘nalishda kengroqligi yoki vertikal
yo‘nalishda kaltaroqligi natijasida hosil bo‘ladi.
3.Qiya taxlamalar detalning diagonal yo‘nalishda kichikroqligi natijasida, tor
joylarda har xil yo‘nalgan kuchlar ta’siri ostida hosil bo‘ladi.
4.Burchak g‘ijimlar shakl hosil qilishda biriktirilgan detallar konturining egirligi
bir-biriga nomosligi natijasida hosil bo‘ladi.
5.Balans buzilishi biriktiriladigan detallar uzunligi tengsizligidan yoki biriktirish
vaqtida bir-biriga nisbatan qiyshiq o‘rnatilishidan kelib chiqadi. Ushbu nuqsonlar
turikiyim muvozanatini buzib, uni spiralsimon aylantirib qo‘yadi.
6.Dinamik nosozlik nuqsonlari odam harakatida namoyon bo‘ladi.
Dostları ilə paylaş: