Mavzu: Buyraklar va siydik chiqarish yo’llarining rivojlanish nuqsonlari va anomaliyalari. Embriologiya. Embrional rivojlanish davrida buyraklar uch bosqichli rivojlanish jarayonini o‘taydi: pronefroz (A), mezonefroz (B) (birlamchi buyrak) va metanefroz (doimiy buyrak - O). Buyraklar rivojlanishi bir-biri tomon intiluvchi-birikuvchi ikkita embrional to‘qima do‘mboqlaridan hosil bo‘ladi. Buyraklaming ekskretor qismi - siydik yo‘llari, kosachalar, jomcha, yig‘uvchi to‘g‘ri kanalcha-kalavachalar mezonefroz irmog‘idan (Volfov irmog‘i) hosil bo‘ladi. Buyraklaming sekretor qismi - kalavachalar, egri-bugri kalavachalar, metanefrogen doimiy buyrak to‘qimalaridan hosil bo‘ladi. Doimiy-so‘nggi buyraklar juft a’zo hisoblanib, promontorium joylashgan bo‘lib, keying rivojlanish jarayonida chanoq sohasidan kranial yo'nalishda o‘rmalab, ko‘krak bel sohasini egallaydi, sekretor va ekskretor qismlarining birlashuvi kuzatilib, piramidasimon tuzilish kasb etadi. Embrional rivojlanishning buzilishi natijasida turli shakldagi rivojlanish aplaziya, ageneziya, distopiya, birlashuv anomaliyalari kuzatiladi. Embrional rivojlanishning 4-haftasida nefrogen do‘mboqning pastki qismi dag‘allashib, 2-3 dumg‘aza sohasida metanefroz hosil bo‘ladi. 5-haftalarga kelib mezonefral irmoqning kloaka bilan birlashgan joyida birlamchi siydik yo‘llari rivojlana boshlaydi. Ushbu hosilalar kranial yo‘nalishda metanefroz tomonga harakatlanib, umurtqa pog‘onasining XII ko‘krak va IV bel sohasiga yetib boradi va buyrak usti bezlari bilan birlashadi. Buyraklaming kranial yo‘nalishdagi migratsiya vaqtida u yonbosh, dumg‘aza va aorta tomirlardan qon bilan ta’minlanadi, buyraklar aylanishi rotatsiyalanadi va buyrak darvozasi medial yo‘nalish kasb etadi.
Yuqori siydik chiqarish yo‘llarining tug‘ma nuqsonlari -bolalarda uchraydigan tug‘ma nuqsonlar orasida nisbatan ko‘p uchraydi. Statistika ma’lumotlariga qaraganda kasallik umumiy anomaliyalar orasida 37,0 % ni tashkil qiladi (N. A. Lopatkin, A. V. Lyulko, 1988). Ulaming kelib chiqishida siydik chiqarish yo‘llari sistemasi embriogenezining haddan tashqari murakkabligi asosiy rol o‘ynaydi. Ma’lumki, buyrak rivojlanish vaqtida ontofilogenetik nuqtayi nazardan uch davrdan o‘tadi:
- pronefroz-boshlang‘ich bosqich, ya’ni buyrak paydo bo‘lishidan oldingi davr;
- mezonefroz, ya’ni birlamchi buyrak davri;
- metanefroz-shakllanish davri.
Turli ekzo va endogen salbiy omillar ta’sirida o‘z me’yorida kechishi mumkin bo’lgan embriogenez buzilishi tufayli siydik chiqarish yo’llari tizimida tug‘ma nuqsonlar kuzatilishi mumkin.