Mavzu: Buyraklar va siydik chiqarish yo’llarining rivojlanish nuqsonlari va anomaliyalari. Embriologiya


Buyrak soni patologiyasi. Buyrak aplaziya (ageneziya)si



Yüklə 35,57 Kb.
səhifə2/6
tarix02.12.2023
ölçüsü35,57 Kb.
#137420
1   2   3   4   5   6
buyrak tug\'ma anomaliyalari

Buyrak soni patologiyasi. Buyrak aplaziya (ageneziya)si. Odatda, hech qanday klinik belgilar namoyon bo’lmaydi. Ko‘pincha ikkinchi buyrak patologiyasi bilan tekshirish paytida yoki qandaydir boshqa kasallik natijasida tasviriy rentgen bajarilganida aniqlanadi. Aniq tashxis qo‘yish uchun esa xromosistoskopiya, ekskretor urografiya, retropnevmoperitoneum hamda ultratovush tekshirishlari o’lkaziladi. Odatda, buyrak aplaziyasida kontrlateral buyrak gipertrofiyasi kuzatiladi. Mana shu gipertrofiyali buyrak o‘z funksiyasini me’yorida bajarayotgan boTsa, buyrak yetishmovchiligi kuzatilmaydi. Agar u biron-bir kasallikka duchor bo‘lsa, tegishli simptomlar tezda namoyon bo’ladi. Bunda oligoanuriya o‘ziga xos belgilardan biri boTib hisoblanadi. Shuni hisobga olib, ikkinchi buyrak bor yoki yo’qligini bilmasdan turib, hech qachon nefrektomiya qilish mumkin emas. Ikki tomonlama buyrak aplaziyasi juda kamdan kam uchraydigan hoi bo’lib, odatda bola chala yoki o’lik tug‘iladi yoki bir necha kun yashaydi. Shuning uchun bu xildagi patologiyaning klinik jihatdan ahamiyati unchalik katta emas.
Buyrakning ikkilanishi eng ko‘p uchraydigan patologik holatdir. Bir va ikki tomonlama ikkilanish farq qilinadi. Buyrak ikkilanishida ikkala segment bitta fibroz kapsulaga ega bo’lib, buyrakda ikkita jom mavjud boiadi. Deyarli yuqori segment gipoplaziv holatda bo‘lib, unda bitta kosacha, ayrim hollarda esa ikkita kosacha bo‘lishi mumkin. Uning kosachasi kalta siydik nayi orqali yoki pastki buyrak jomiga yoki uning siydik nayiga tutashish hollari kuzatiladi. Yuqori segmentning siydik nayi pastki segment siydik nayiga tutashsa, buyrakning qisman ikkilanishi deyiladi. Agar segmentlaming siydik naylari qovuqqa mustaqil ochilsa, to‘liq buyrak ikkilanishi deb yuritiladi. Ayrim hollarda pastki segment gipoplaziya holatida bodishi mumkin. Umuman, gipoplaziv rivojlangan buyrak morfofunksional jihatdan nuqsonli bodganligidan urodinamik o‘zgarishlar ro‘y berib, surunkali yalligdanishga sabab bodadi. Bu ikkilangan buyrakka xos sifatlardir.
K l i n i k a s i va d i a g n o s t i k a s i . Ikkilangan buyrakka xos bodgan klinik simptomlar ilk bosqichlarda ro‘y-rost namoyon bodavermaydi. Maktab yoshidagi bolalar hech sababsiz tana haroratining kodarilishi (subfebril), keyinchalik esa bel sohasida sim-sim og‘riq bodayotganidan shikoyat qilishlari mumkin. Ayrim hollarda esa ulami biqin sohasida sanchiqli og‘riq ham bezovta qilib turadi.
Ikkilangan buyrakning gipoplaziv segmentida surunkali piyelonefritgauchragan hollarda uning o‘tkirlashuvida dizuriya, leykotsituriya, ba’zan mikro yoki makrogematuriya kuzatiladi. Proteinuriya bo‘lishi ham ehtimoldan xoli emas. Kasallikka tashxis qo‘shish uchun ekskretor va infuzion urografiya qo‘llanadi.
Da v o l a s h . Kasallikning klinik belgilari bo‘lmasa hech qanday muolaja talab qilinmaydi. Agar ikkilangan qismining birida gidronefroz, piyelonefrit, buyrak-tosh kasalligi qo‘shilgan bo‘Isa, shu kasalliklarga xos davo o‘tkaziladi. Agar ikkilangan buyrakni olib tashlash talab qilinadigan patologiya bo‘Isa, geminefroektomiya-patologik jarayonga uchragan va ikkilangan buyraklaming biri olib tashlanadi,
agar ikkalasi ham kuchli zararlangan bo‘Isa, u paytda nefroektomiya bajariladi.

Yüklə 35,57 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin