172
Kameralar koks bilan to‘lgandan keyin, kameraga xom-ashyo qabul
qilishi to‘xtatiladi va suv bug‘i yordamida qolgan suyuq mahsulotlar va neft
bug‘lari siqib chiqariladi. Dastlab siqib chiqarilayotgan mahsulotlar 9-
kolonnaga, qachonki koks harorati 400-405
0
S ga pasayganda bug‘lar oqimi 4-
yig‘gichda siqiladi. Koks harorati to 200
0
S gacha pasayguncha suv bug‘i berish
davom etadi. Keyinchalik kameraga suv bug‘i beriladi va berilayotgan suv
atmosferaga bug‘lanish davom etguncha, ya’ni 4- yig‘gichni quyish quvurida
paydo bo‘lguncha davom ettiriladi. Kameralardan koks gidravlik usulda
gidroburg‘i va gidrokeskichlar yordamida 10-15 MPa bosimda kesib
bo‘laklanadi va chiqariladi.
Jarayonni qiyinchiligi kameralardan koksni tushirish uchun qimmatbaho
jihozlar (burg‘ilash minorasi, yuqori bosimda ishlovchi suv nasoslari) talab
etilishidir. Jarayonning xom-ashyo tasnifi va moddiy balansi 13.1-jadvalda
keltirilgan.
Dostları ilə paylaş: