Tillar va adabiyot kafedrasi



Yüklə 2,17 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə184/206
tarix11.11.2023
ölçüsü2,17 Mb.
#132016
1   ...   180   181   182   183   184   185   186   187   ...   206
902a44cc-6c37-484c-93e1-fe2daa60b528

X. Qo‘shtirnoq
ko‘chirma gapni muallif gapidan ajratish uchun ishlatiladi: 
«O‘rtoq Tursunboy Oxunova shu kishi bo‘ladilar», - deb yosh juvonni bizga 
tanishtirdi 
(H.N.)
. U eshik oldida turgan soqchiga buyurdi: «Xotinlarni kiriting!»
Biror asardan aynan ko‘chirilgan nutq parchalari (tsitatalar) ajratib ko‘rsatilgan so‘z, 
terminlar, nomlar ko‘chma ma’noda ishlatilgan so‘z va birikmalar qo‘shtirnoq ichiga 
olinadi: 
«Xato qilmaydigan kishigina aqlli kishi bo‘lavermaydi». Ilmiy 
konferentsiyada «meva» tushunchasini ifodalovchi tarixiy nomlar haqidagi ma’ruza 
tinglandi. 1995 yili gazetada «saxiy» noshirlar to‘g‘risidagi tanqidiy maqola bosildi.

 
 
Mashq.
Gaplarni o‘qing, tinish belgilarining qo‘yilish sababini izohlang. 
1. Munofiqlik belgisi uchtadir: yolg‘on so‘zlash, va’daning ustidan chiqmaslik 
va omonatga xiyonat qilish. 2. To‘g‘ri, Olim – mashhur rais, deputat, hammamiz uni 


151 
hurmat qilamiz. 3. Adolatsizlik gardlarini kishi qalbidan yuvib tashlamoq - ulug‘ 
baxt! 
(SH.)
4. Uning nazarida, har bir chanoq - baxt tabassumi, har bir tola - qon 
tomiri; u paxta bilan tirik, paxta - uning hayoti, paxta - uning kasbi, quvonchi. 
(I.R)
5. 
«Aziz otamizning fikrini, yo‘lini himoya qilmoq uchun, - dedi Sultonmurod bo‘g‘iq 
ovoz bilan, - qilichingizni mahkam tuting, bahodir!». 
(O.)
6. SHu payt qabulxonaga 
Qalandarovning qalin oshnasi – Ummat Nazarov kirib keldi. 
(A.Q.)
7. Maktabni, 
maktabdoshlarimni har qancha qo‘msasam ham, otamning ra’yini qaytara olmadim. 
(P.Q.)
8. Ana, jadvallarning yonida, burchakdagi javonda, Mirzo Ulug‘bekning olti 
jildli tarixiy asarlari yonida, Ali Qushchining ham kitoblari turibdi! 
(O.YO.)
9. Bu – 
bizning chinakam mehnatimizning natijasi! 10. Erining xotirasi, bolalarining 
tarbiyasi, tinimsiz mehnati, yurt g‘amidan boshqa tashvishi yo‘q u muhtaramaning! 
(H.G‘)
11. YOmon, yaxshi ish yo‘q, hamma ish yaxshi! Bizda halol mehnat – 
odamning naqshi! 
(U.)
12. Anvarning hay-haylashiga qaramay, ko‘chaning o‘rtasiga 
tushib olib, qo‘l ko‘tardi, ammo mashinalar to‘xtamas, uni mayna qilganday, g‘izillab 
o‘tib ketardi. 
(O‘.H.)
13. Qodirjonning tinch uyqusidan (nisbatan tinch, chunki u 
uyquda ham fikr qilardi) mamnun ayol mehr to‘la ko‘zlarini undan uzib xona to‘riga 
o‘tadi-da, bahor va go‘zallik nishonalarini guldonga terish bilan band bo‘ladi. 14. Bu 
yerda, Potsdamdan, uncha uzoq bo‘lmagan Babelsbergda, o‘zining mo‘’jazgina 
kottejida yakka o‘zi turardi; uning xizmatchisi bir hafta oldin toqqa - jiyaninikiga 
jo‘nab ketgan edi. 15. E’tiqod va muhabbat yonma-yon bo‘lgani ma’qul, biri - qalb, 
biri - qanot. 
(Mirm.)
16. Qora bulutlar tarqala boshlaydi, osmon ko‘m-ko‘k 
charaqlaydi, maysa, o‘t-o‘lanlar qaddini rostlaydi, daraxt shoxlari ilk barglarini 
chiqara boshlaydi.

Yüklə 2,17 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   180   181   182   183   184   185   186   187   ...   206




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin