Oyoq suyaklari Chanoq haqida umumiy



Yüklə 0,64 Mb.
səhifə1/20
tarix13.12.2023
ölçüsü0,64 Mb.
#140133
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
Chanoq va oyoq suyaklari ularning yoshga nisbatan hususiyatlari




Chanoq va oyoq suyaklari ularning yoshga nisbatan hususiyatlari

Reja:


  1. Oyoq suyaklari

  2. Chanoq haqida umumiy

ma’lumotlar

  1. Chanoq-son bo‘g‘imi



OYOQ SUYAKLARI
Chanoq suyaklari (63-64- lar). Ma’lumki, chanoq (pelvis) ni hosil qilishda uchta suyak (ikki yon va old tomondan chanoq suyaklari, orqa tomondan dumg‘aza va dum suyagi) qatnashadi. Bu suyaklar o‘zaro bo‘g‘imlar hosil qilib qo‘shiladi va bo‘g‘imlarga aloqador yoki aloqasi bo‘lmagan boylamlar vositasida mustahkamlanadi.
1. Dumg‘aza va chanoq suyaklaridagi quloqsimon yuzalarning bir-biri bilan qo‘shilishidan dumg‘aza-yonbosh bo‘g‘imi – articulatio sacroiliaca hosil bo‘ladi. Quloqsimon yassi yuzalar tolali tog‘ay bilan qoplangan bo‘lib, har jihatdan bir-biriga moslangan, shu sababli bu bo‘g‘im yassi bo‘g‘imlar deb ataladi. Bo‘g‘im xaltasi kalta va tarang tortilgan, bo‘g‘im bo‘shlig‘i esa juda tor oraliqdan iborat. Shuning uchun bo‘g‘im amfiartroz (chala bo‘g‘imlar) guruhiga kiradi va erkin harakat qila olmaydi.
Articulatio sacroilica old tomondan lig. sacroiliaca ventralia, orqa tomondan lig. sacroiliaca dorsalia dumg‘aza suyagining oldingi va tashqi qirrasidan boshlanib, yonbosh suyagining ustki va pastki o‘siqlariga yopishadi.
Bundan tashqari, dumg‘aza suyagi bilan yonbosh suyak quloqsimon yuzalarining orqasidan g‘adir-budur qismlari oralig‘idagi masofani suyaklararo boylam – lig. sacroiliaca interossea to‘ldiradi.
2. Old tomondan ham ikki qov suyaklari bir-biri bilan qo‘shilib, yarim (chala) bo‘g‘im hosil qiladi. Symphysis pubica deb ataladigan bu birlashma qov suyaklarining bo‘g‘im yuzalari – facies symphysialis o‘rtasida hosil bo‘ladi. Bu yuzalar bir-biriga taqalmaganidan, o‘rtadagi oraliqni tog‘ay plastinka – discus interpubicus to‘ldirib turadi. Demak, tog‘ay bu joyda ikkala suyakni birlashtiradigan vosita hisoblanadi. Ayollarda qalinroq, erkaklarda yuqaroq bo‘lgan bu tog‘ay plastinka orasida torgina bo‘shliq bor. Bundan tashqari, ustki qov boylami – lig. pubicum superius va pastki qov ravog‘ining boylami – lig. arcuatum bo‘g‘imini mustahkamlaydi.
Chanoqni hosil qiladigan suyaklar o‘rtasida bo‘g‘im yoki birlashmalarga aloqasi bo‘lmagan bir nechta boylam va pardalar bor.
Qov suyagi bilan quymich suyagining ustki va ostki shoxlari o‘rtasidagi yopiluvchi teshik (foramen obturatum) ni fibroz to‘qimasidan tuzilgan parda – membrana abturatoria berkitadi, bu parda yopiluvchi teshikning orqa va pastki qirg‘oqlaridan boshlanadi va qov suyagining ustki shoxi qirg‘og‘iga kelganda ikki varaqqa ajraladi va shu joyda yopiluvchi egat (sulcus orburatorius) ning ikki chetiga yopishadi. Natijada shu nomdagi kanal (canalis obturatorius) hosil bo‘ladi.
Beshinchi bel umurtqasining ko‘ndalang o‘sig‘idan boshlangan lig. iliolumbale yonbosh suyagi qirrasining orqa qismiga yopishadi. Quyidagi ikkita katta va pishiq boylamlar bo‘g‘imlardan uzoqda, chanoq suyagi bilan dumg‘aza suyagi o‘rtasida tortilgan. Bulardan biri ligamentum sacrotuberale dumg‘aza suyagi tashqi chetidan boshlanib, quymich do‘ngiga yopishadi. Natijada shu boylam bilan katta quymich kemtigi o‘rtasida teshik – foramen ischiadicum majus hosil bo‘ladi. Ikkinchi boylam dumg‘aza suyagidan boshlanib, chanoq suyagidagi quymich qirrasiga yopishadi va yo‘l-yo‘lakay lig. sacrotuberale bilan kesishib o‘tadi.
Dumg‘aza suyagi bilan dum suyagi lig. sacrococygeum ventrale va sacrococcygeum dorsale boylamlar vositasida o‘zaro birlashadi.

Chanoq suyakla-rining boylamlari va bo‘g‘imlari (old tomoni, chap yonbosh suyagi bir oz kesilgan).
1–lig. longitudinale anterius; 2–ligg. sacroiliaca interossea; 3–articulatio sacroiliaca (cavum articulare); 4–lig. sacrococcygeum ventrale; 5–discus inter-pubicus; 6–symphysis pubica; 7–lig. sacrotuberale; 8–foramen ischiadicum minus; 9–lig. sacrospinale; 10–foramen ischiadicum majus; 11–ligg. sacroiliaca ventralia; 12–lig. iliolumbale.



Chanoq suyaklarining boylamlari, chanoq-son bo‘g‘imi (orqa tomoni).
1–lig. lumbocostale; 2–lig. ilio-lumbale; 3–lig. sacroiliacum dorsale; 4–lig. iliofemorale; 5–lig. ischiofemorale; 6–capsula arti-cularis; 7–lig. sacrotuberale; 8–lig. sacrococcygeum laterale; 9–lig. sacrococcygeum dorsale profunda; 10–lig. sacrococcygeum laterale; 11–processus falciformis; 12–lig. sacrotuberale; 13–zona orbicularis; 14–labrum acetabulare; 15–membrana obturatoria; 16–lig. sacrospinale; 17–spina iliaca posterior superior.




Yüklə 0,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin