153
v) agar ko‘chirma gapning uzilgan yeridan so‘roq yoki undov belgisi qo‘yilgan
bo‘lsa, muallif gapidan oldin tire, muallif gapidan keyin esa nuqta va tire qo‘yiladi.
Ko‘chirma gapning davomi bosh harf bilan yoziladi:
«Tavba! – dedi Avaz. – Ertalab
ayiqni alday olmagan odam endi meni aldamoqchi bo‘lasiz. (P.Q.) «Falanga shumi?
– deb so‘radi bir bola. – Juda xunuk bo‘lar ekan». (YO.SH.)
Ko‘chirma
gap muallif gapi orasida kelsa, muallif gapining uzilib qolgan
qismidan so‘ng ikki nuqta qo‘yiladi; ko‘chirma
gap bosh harf bilan yozilib,
qo‘shtirnoq ichiga olinadi. Ko‘chirma gapdan keyin vergul va tire qo‘yilib, muallif
gapining davomi yoziladi:
Qalandarov bosh silkib, «Zulfiqorov yaxshi boshliq», -
dedi.
Ko‘chirma va muallif gaplarning turlicha o‘rinlashishiga qarab, tinish
belgilarining ishlatilishini chizma bilan quyidagicha ko‘rsatish mumkin: (muallif gapi
Dostları ilə paylaş: