5. Absolyut sinonimlar . Har jihatdan bir-biriga teng bo‘lgan sinonimlarga
aytiladi. Masalan, surat
-rasm, so‘roq- savol, xabar-darak, agitatsiya-tashviqot, tema- mavzu. Bunday sinonimlar leksik
dubletlar deb ham yuritiladi.
Sinonimlar tilda ikki asosiy hodisa natijasida paydo bo‘ladi:
1.
Tilda yangi so‘zning paydo bo‘lishi natijasida.
2.
Tilda mavjud bo‘lgan so‘zning yangi ma’no kasb etishi natijasida.
1 . Tilda yangi so‘zlar ikki yo‘l bilan hosil bo‘ladi: 1) boshqa tillardan yangi
so‘z o‘zlashtirish asosida.Masalan,
sevgi (o‘zbekcha)-
muhabbat (arabcha),
ot (o‘zbekcha) –
ism (arabcha),
manglay (o‘zbekcha) –
peshona (tojikcha),
qo‘shin (o‘zbekcha) –
armiya (ruscha); 2) tilda bor so‘zlar asosida so‘z yasash orqali hosil
bo‘uladi. Masalan,
vazifa –
topshiriq, maosh –
oylik. 2 . So‘zlarning yangi ma’no kasb etishi ham sinonimlarni yuzaga keltiradi.
Masalan:
o‘rin – joy, o‘rin – lavozim.
Tilda sinonimlarning ahamiyati katta. Fikrni aniq, maqsadga muvofiq ifodalash
uchun xizmat qiladi. Bulardan tashqari, sinonim so‘zlardan juft so‘zlar ham tuziladi:
or-nomus, baxt-saodat kabi.
OMONIMIYA Til birliklarining ma’nolariga ko‘ra har xil bo‘lib, talaffuzida hamda yozilishida
teng kelib qolishiga
omonimiya deyiladi. Omonimiya so‘zi yunoncha bo‘lib, homos –
«birdek», «bir xil», onyma – «ism» demakdir.
Omonimiya hodisasi lug‘aviy birliklarda ham, grammatik birliklarda ham
mavjud. Shunga ko‘ra dastlab omonimiya 2 xil bo‘ladi:
1. Lu g‘