145
sho’ng’iydi.
Masalan,
teri tuyish
sezgilari patologiyaga uchrasa, unda odam
(ko’pincha vaqtincha muvaqqat) ko’rish, eshitish, hid sezgisidan mahrum bo’lishi
mumkin. Mobodo axborotlarni kuzatish shaxobchasi ilk bolalik yoshi davrida
buzilsa, kar yoki ko’r bo’lib qolsa, u taqdirda uning
aqliy rivojlanishida keskin
to’xtalish, vaqtincha orqada qolish yuzaga keladi. Agar bola maxsus usul yoki
uslubga o’rgatilmasa, tabiiy ravishda mavjud kamchiliklarning o’rnini to’ldirib
bo’lmaydi.
Nemis faylasufi
Xristian Volf
"Rasional psixologiya" (1732 yil) va
"Empirik psixologiya" (1734 yil) kitoblarida
ongning ichki holati, aqliy fikr
yuritishga qobiliyatning tabiiy moddiy asosi zamiridan kelib chiqib,
tashqi
olamdan kelib tushadigan axborotlar shaxobchasiga, ya'ni sezgi kanaliga hech
qanday bog’liq emas, deb tushuntirishga harakat qildi.
Sezgilarga mana bunday
yondashish nazariyotchisi "fanga rasionalizm" tushunchasi bilan birga kirib keldi.
X.Volf va uning tarafdorlari psixologik jarayonlar (sezgi, idrok, xotira va
boshqalar) murakkab ijtimoiy tarixiy taraqqiyot mahsuli emas, degan g’oyani
ilgari surdilar.
Shuning bilan birga "Ong", "Aql" tarixiy evalyusiya natijasi emas, deb inson
psixikasiga o’zgacha
yondashib, uni izohlab berish mushkul bo’lgan "birlamchi"
xususiyat ekanligini tushuntirishga intiladilar. Mazkur nazariyaga asoslangan
psixologlar insonning sezgilari uni tashqi olam bilan bog’lab turuvchi birdan bir
shaxobcha ekanligini inkor qilishgacha borib yetdilar
va voqelikni mana bunday
tarzda izohlashga harakat qildilar; sezgilar insonni tashqi olamdan ajratib turadilar,
ular atrof-muhit o’rtasidagi bartaraf qilib bo’lmaydigan devor hisoblanadilar.
Dostları ilə paylaş: