147
qurt-qumursqalarga xos bo’lgan tovushlarga nisbatan xuddi shu turdagi
harakatlarga befarqlik bildirmagan, moboda tovushlar qattiq va tez sur'atda kechsa,
ularga hech qanday e'tibor bermagan. Ushbu
vazifani olim biologik
shartlanganlikdan kelib chiqqan tabiiy ehtiyoj, instinkt bilan uzviy bog’lagan.
S.V.Kravkov
(1893-1951) ma'lumotlariga ko’ra bir sezgi a'zolarining
faoliyati ikkinchisining ta'siri tufayli o’zgaradi, tovush asosan ko’rish sezgisi,
yorug’lik sezuvchanligini orttiradi, shunga o’xshash turli hidlar hamda yorug’lik
va hid bilishga nisbatan sezgirlikni oshirishi yoki kamaytirishi mumkin. Bunday
o’zaro ta'sir sababli miya ustuni yuqori qismi va ko’rish bo’rtiqlariga tegishli
o’simtalarning yaqin joylashganligi tufayli boshqasiga o’tishi
osonroq amalga
oshadi.
Bundan tashqari sezgilarning o’zaro qo’zg’alishi va tormozlanishini
o’rganish ham alohida ahamiyatga ega, chunki ayrim hollarda avtomatik
boshqarish tufayli unga uchishda sun'iy sezgirlikning pasayishi yoki ortishi zarurati
tug’iladi
. I.P.Pavlov
tomonidan analizatorlarning murakkab o’zaro ta'sir
shakllari
mavjud ekanligi qayd etilgandir. Ular bevosita bosh miya po’stida namoyon bo’lib,
bir vaqtning o’zida ko’rayotgan jismni, eshitilayotgan tovushni, kelayotgan hidni
sezishimizda o’z ifodasini topadi. Bu bosh miya po’stida kechadigan fiziologik
jarayonlarni bosib o’tishi zarur bo’lgan zonalar perekretik zonalar deb nomlanadi.
Sezgilarning klassifikasiyasi ularning turli spesifik tavsiflariga, ya'ni moddalligiga
qarab emas, balki tashkil etilishining har xil darajalariga qarab ham ajratiladi.
Sezgilarni ob'ektiv yo’nalishi bo’yicha
Dostları ilə paylaş: