O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta'lim vazirligi f. I. Xaydarov n. I. Xalilova



Yüklə 3,09 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə165/379
tarix11.11.2023
ölçüsü3,09 Mb.
#132195
1   ...   161   162   163   164   165   166   167   168   ...   379
хайдаров, халилова 2009 умумий психол(1)

Berkli, Yung, Myuller, Gelmols
singari olimlar sezgi organlarining "Spesifik 
energiyasi" nazariyasini ishlab chiqdilar. Bu g’oyaning asoschisi sifatida Iogann 
Myuller qat'iy pozisiyada turib, uni butun vujudi bilan himoya qilishga intildi. 
Ushbu nazariyaga binoan har qaysi sezgi a'zosi hoh quloq, hoh til, hoh teri 
bo’lishidan qat'iy nazar tashqi dunyoning ta'sirini aks ettirmaydi, atrof-muhitda 
bo’lib turgan real, jarayonlar yuzasidan axborotlar berishga qobil emas, faqat u 
tashqi ta'sirdan shaxsiy jarayonlarning qo’zg’atuvchisidan turtki oladi, xolos. 
Mazkur nazariyaga ko’ra har bir sezgi a'zolari o’zining spesifik energiyasiga ega 
bo’lib, u har qanday ta'sirdan qo’zg’aladi. Masalan, ko’zni bosib, unga elektr toki 
bilan ta'sir qilib ko’rilsa, yorug’lik sezgisi hosil qilinadi. quloqqa elektr 
qo’zg’atuvchisi bilan ta'sir o’tkazilsa, u holda tovush sezgisi vujudga keladi. 
Binobarin, sezgi a'zolari tashqi ta'sirni aks ettirmaydi, balki ularning ta'siridan 
qo’zg’aladi. Inson hech qachon tashqi voqelikni, dunyoni ob'ektiv ta'sirlarini idrok 
qilmaydi, balki sezgi a'zolari faoliyatida o’zlarining shaxsiy sub'ektiv holatlarini 
aks ettiradi.
Sezgilarning reseptor nazariyasiga ko’ra reseptor sezgi a'zolari ularga ta'sir 
qiluvchi qo’zg’atuvchilarga nisbatan sust javob qaytaradi, sezgilar harakatga 
qarama-qarshi turuvchi sust jarayondir. harakatning o’zi esa aksincha faol 
(aktiv)dir.
Hozirgi 
davrda 
sezgilarning 
reseptor 
nazariyasi 
mutlaqo 
sezgi 
jarayonlarining fiziologik mexanizmini ochib berishga yaroqsiz ekanligi qator 
tadqiqotchilar tomonidan ishonchli omillarga suyangan holda ta'kidlab o’tilgandir. 


146 
Sezgi jarayonining faolligini tan oluvchi nazariya sezgilarning reflektor 
nazariyasi deb ataladi. hayvonlar va jonivorlarning sezgilari sust xususiyatga emas, 
balki tashqi olam ta'sirining biologik ahamiyatga molik jihatlarini faol ravishda 
ajratgan holda xatti-harakatni amalga oshiradilar. Masalan, asalari bir xil 
turkumdagi gullarga nisbatan aralash qollardagi gullarga faolroq javob reaksiyasini 
bildiradi. Mushuk sichqonning qimirlashiga e'tiborini kuchaytiradi, lekin xuddi 
shunga o’xshash kamerton tovushiga aslo parvo ham qilib qo’ymaydi. 
Bu omillar shuni ko’rsatib turibdiki, birinchidan, sezgilar faollik 
xususiyatiga ega, ikkinchidan ularning vujudga kelishida harakat tarkiblari ishtirok 
etadi.
AQSHlik psixolog 
Neffning
ta'kidlashicha, mikroskop ostiga olib teriga igna 
sanchilsa, xuddi shu uchastkada reflektor harakat reaksiyalari kuzatilgan: 
tomirning hisishi, teri galvanik refleks, goho ko’z harakati, bo’yin muskullarining, 
taranglashuvchi qo’lning harakat reaksiyasi sodir bo’lishi mumkin. 
Jahon psixologlari tomonidan narsalarning murakkab tomonlarini tanish, 
farqlash harakatning ishtirokisiz amalga oshmasligi ta'kidlab o’tilgan. Masalan, 
ko’zni yumib, jismni farqlash uchun qo’l bilan uni paypaslash kerak, aks holda 
uning holati, shakli, qattiq yoki yumshoqligi g’adir-budurligini bilib, sezib 
bo’lmaydi. 

Yüklə 3,09 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   161   162   163   164   165   166   167   168   ...   379




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin